I-84 guruh talabasi
Norqo’ziyev Ulug’bek.
Savol:
Aholi tadbirkorligi va bandligini taminlash yo’llari.
Javob:
“Oilaviy tadbirkorlik toʼgʼrisida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq oilaviy tadbirkorlik oila aʼzolari tomonidan tavakkal qilib va oʼz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyat boʼlib, oʼz ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun ixtiyoriy asosda, ishtirokchilarning ulushli yoki umumiy mol-mulk, shuningdek ishtirokchilardan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subʼektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs sifatida faoliyat koʼrsatadi.
Ushbu korxona ishtirokchilari va yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik subʼektlari xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan oʼrtacha yillik sonidan koʼp boʼlishi umkin emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz boʼlmasligi kerak.
Oilaviy korxonaning ustav fondi pul mablagʼlari, qimmatli qogʼozlar, boshqa mol-mulk, jumladan pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki oʼzga shaxsga oʼtkaziladigan boshqa huquqlar hisobidan shakllantiriladi. Yagona uy (kvartira) oilaviy korxonaning ustav fondiga kiritilishi mumkin emas. Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning ustav fondiga korxona taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda oʼzlari kiritadigan mol-mulkni mustaqil ravishda belgilaydi.
Oilaviy korxonaning ustav fondi korxonani davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun hujjatlar taqdim etiladigan sanadagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining oʼn baravari miqdoridan kam boʼlmasligi kerak. Oilaviy korxonaning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oilaviy korxona qonun hujjatlariga muvofiq har qanday faoliyat turi bilan shugʼullanishi mumkin hamda bitimlar tuzishda erkindir. Texnologiyalarni, ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimentini tanlashda, mahsulot narxini hamda uni realizatsiya qilish yoʼnalishlarini belgilashda davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʼl qoʼyilmaydi.
Oilaviy korxonaning moliya-xoʼjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʼpi bilan toʼrt yilda bir marta amalga oshiriladi.Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonaning moliya-xoʼjalik faoliyati u davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshiruvlardan oʼtkazilmaydi, bundan byudjet mablagʼlaridan va markazlashtirilgan mablagʼlardan hamda resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʼliq tekshirishlar mustasno.
Oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat koʼrsatish) uchun foydalangan taqdirda, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv taʼminoti, kanalizatsiya, gaz taʼminoti va issiqlik taʼminoti) haqini aholi uchun belgilangan tariflar boʼyicha va shartlar asosida toʼlaydi.
Kommunal xizmat koʼrsatish, elektr va gaz taʼminoti korxonalari zarur kommunikatsiya tarmoqlarining oilaviy korxona faoliyati amalga oshirilayotgan joygacha yetkazilishini hamda ulanishini aholi uchun belgilangan tariflar boʼyicha va shartlar asosida taʼminlaydi. Oilaviy korxonaning mol-mulki oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan uning ustav fondiga kiritiladigan mol-mulkdan, qarz mablagʼlari va kreditlar hisobiga olingan mol-mulkdan, tovarlarni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarishdan, xizmatlar koʼrsatishdan olingan va oilaviy korxonani rivojlantirishga yoʼnaltirilgan daromadlardan, shuningdek bu daromadlar hisobiga olingan mol-mulkdan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʼlardan tarkib topadi. Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud boʼlganda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona aktsiz soligʼi toʼlanadigan mahsulotni ishlab chiqarishni va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalar kavlab olishni, shuningdek yuridik shaxslar uchun qatʼiy belgilangan soliq yoki yagona yer soligʼi toʼlash nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirishi mumkin emas.
Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tugʼdiradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yoʼl qoʼyilmaydi. Oilaviy korxona foydalanishi mumkin boʼlmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning roʼyxati Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Shuningdek, oilaviy korxona tomonidan sanoat tusidagi faoliyatni koʼp kvartirali uyning turar joylarida amalga oshirishga yoʼl qoʼyilmaydi.
2020 yil 1 iyuldan boshlab O'zbekistonda fuqarolarning o'zini o'zi band qilish bo'yicha faoliyat turlarining 67 tagacha kengaytirilishi asosida ro'yxatga olish tartibi joriy etildi.
O'zini o'zi band qilganlar – bu xizmatlar ko'rsatishda mustaqil ravishda shaxsiy mehnati bilan ishtirok etadigan, mehnat daromadini olish uchun ish olib boruvchi shaxslar. Bunda ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatga olinmaydi va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydi. Bu haqda Davlat soliq qo'mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
O'zini o'zi band qiladiganlar rasman ro'yxatdan o'tgandan so'ng, qonuniy ravishda ishlashlari, shuningdek, mijozlardan qabul qilingan barcha buyurtmalarni rasmiylashtirish va saqlashi mumkin. Ma'lumotlar bazasida har bir buyurtma uchun ishlarning soni va qiymati, shuningdek, mijozning telefon raqami to'g'risidagi ma'lumotlar saqlanadi. Buyurtma asosida chek shakllantirish va uni mijozga yuborish imkoniyati mavjud.
O'zini o'zi band qilganlar har oy yakuni bo'yicha buyurtma asosida olingan daromadlari va xarajatlari hisobini yuritishi va ijtimoiy solig'ini hisoblashi mumkin. Istalgan vaqt oralig'i uchun daromadlar va xarajatlar haqidagi to'liq ma'lumotlar birgina tugmani bosish orqali shakllantiriladi.
O'zbekiston Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining 3 bandiga asosan o'zini o'zi band qilgan shaxslar 2020 yil uchun ijtimoiy soliqni bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida to'laydi. Ushbu summa to'liqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga yo'naltiriladi. Soliqlarni to'lash masofadan turib, mobil ilova yoki har qanday elektron to'lov tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu jismoniy shaxslar uchun soliq to'lash jarayoniga o'xshaydi. Endi soliq majburiyatlarini soliq organlariga tashrif buyurmasdan bajarish mumkin.
Hozirgi vaqtda o'zini o'zi band qilgan fuqarolar uchun xizmat turlari va imkoniyatlar kengaymoqda. Bir qator muhim funktsiyalar va qulayliklar ishlab chiqilmoqda. Misol uchun, xizmatlarni mashhur elektron maydonchalar da reklama qilish, ko'rsatilgan xizmat uchun to'lovlarni qabul qilish (P2P) imkoniyatlari yaratilmoqda. Mijozlar bazasi bilan aloqa o'rnatish ise'molchilar tomonidan berilgan baho va fikr mulohazalarni ko'rish imkonini beradi. Mobil ilovaning Android versiyasi bilan bir qatorda iOS versiyasi ham yaratilmoqda.
O'zini o'zi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soli to'lovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda ro'yxatdan o'tishi mumkin. Ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tishi talab etilmaydi.
O'zini o'zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro'yxatiga Nomoddiy madaniy meros ob'ektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazi tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno) faoliyat turi kiritildi.
Nizomga ko'ra, o'zini o'zi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda ro'yxatdan o'tishi mumkin.
O'zini o'zi band qilgan shaxs to'g'risida ma'lumotlar bazasi (registr) davlat soliq xizmati organlari tomonidan yaratiladi va parallel ravishda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida shakllantiriladigan jismoniy shaxsning shaxsiy ishga joylashishi tarixiga integratsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |