Qish keldi.
Mana qish ham keldi.Ariqlarda suvlar muzladi. Hamma yoqni oppoq qor qopladi.
Uyning tomlari ham oppoq bo`ldi. Bolalar pal`to va ko`lpoq kiyib qorda o`ynaydilar. Abbos bilan Malikning yangi chanasi bor. Ular yalanglik chetidagi tepalikdan mazza qilib chana uchdilar.
Malik juda saxiy bola. U chanasini o`rtoqlari bilan birga uchadi (49 ta so`z.)
Diktant matnini o`qib, ayrim tushunarsiz so`zlarni yo`l - yo`lakay tushuntirib boriladi, O`quvchilar yozmay, faqat eshitib esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qilinadi. Matn diktovka bilan yozdiriladi. O`qituvchi matnni yana bir marta sekin o`qiydi, O`quvchilar yozganlarni tekshiradilar. O`qituvchi matnni adabiy til normalariga rioya qilib o`qib berishi zarur.
O`quvchilarni ishlari yig`ib olinib tekshiriladi.
Tekshirilishi lozim bo`lgan BKM elementlari nomi va soni:
1. Gapda bosh harflar bilan yoziladigan so`zlarni aniqlash.
2. Xat boshidan yozish.
3. Atoqli otlarni aniqlay olish va ularning imlosi.
4. Ko`plik qo`shimchalarini to`gri yozish.
5. Kema-ket kelgan bir xil undoshlarni yozish.
6. Chiroyli yozuv.
Diktant O`quvchilarni yozma nutqini o`stirishda katta ahamiyatga ega, diktant uchun matn tanlash muhim masaladir. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. U sintaktik va leksik jixatdan sodda va tushunarli bo`lishi zarur. Diktant uchun tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Birinchi sinfda diktant yozishda mo`ljallangan matn to`rt - besh gapli bo`ladi. O`qituvchi matnni bir marta sekin va ifodali o`qiydi. Har bir so`zni diktovka qilib yozdiradi. Xar bir gap tugagandan so`ng takrorlab o`qiydi. O`quvchilarga yangi gap bosh xarflar bilan boshlanishini va oxirida nuqta qo`yilishini ham o`rgatiladi.
O`qituvchi qaysi chorakda, nechta va qachon diktant yozdirilishini oldindan rejalashtirgan holda, oldindan tayyorlab boriladi va aytiladi.
O`quvchilarni diktant yozishga tayyorlash, ular yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarni oldini olish ustida muntazam ishlash odatlantirishning sharti hisoblanadi.
Xulosa.
Diktant teksti O`quvchilarning turli qoidalarga oid yo`l qo`ygan xatolarini aniqlash, taqqoslash imkoniyatini beradi. Tekstda ma`lum bir qoidaga oid nechta so`z bo`lishini bilgan O`qituvchiga O`quvchilar yo`l qo`ygan xatolar hisobini olish, ular urtasidagi farqni aniqlash oson bo`ladi. Diktant yozish davrida o`quvchidan avvalo diqqatlilik talab qilinadi. Va eshitilgan xabarini imlo qoidalariga amal qilgan holda ko`chirishi kerak boladi. Diktant O`quvchilarni yozma nutqini o`stirishda katta ahamiyatga ega, diktant uchun matn tanlash muhim masaladir. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. U sintaktik va leksik jixatdan sodda va tushunarli bo`lishi zarur. Diktant uchun tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Har bir dars, har bir O`quvchining javobi, har qaysi yozma ish O`quv predmetida berilgan bilimlarini o`zlashtirish darajasini ko`rsatib, O`qituvchi O`quvchilar duch keladigan qiyinchiliklar, keyingi darslarda nimaga ko`proq e`tibor berish kerakligi haqida ma`lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |