Logistikani savdoda qo‘llashning samaradorligi
Jahon va mamlakat tajribasi shuni ko‘rsatadiki, logistikani qo‘llash savdoning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Samarani tarkib topishining asosiy tomonlarini ko‘rib chiqaylik.
Tovar harakati bo‘g‘inlaridagi zahiralarni quyidagilar hisobiga qisqartirish:
zahiralarni ulgurji va chakana savdolar o‘rtasida qayta taqsimlash va zahiralarni ulgurji bo‘g‘inlarda to‘plash;
zahira holatlarini nazorat qilishning zamonaviy texnologiyasini qo‘llash; ishtirokchilarning zahiralarni o‘z vaqtida to‘ldirib borish masalasida yuksak darajada muvofiqlashib borishi.
Joriy zahiralar ham, sug‘urta zahiralari ham qisqarib boradi.
Joriy zahiralar – qulay o‘lchamdagi to‘plamlarning belgilangan muddatida yetkazib berilishi hisobiga amalga oshiriladi.
Sug‘urta zahiralari – tovarlarning yagona taqsimot omborida to‘planishi hisobiga kamaytiriladi.
Masalan, agar 100 ta do‘konni bitta taqsimot ombori atrofida birlashtirilsa va bu yerda sug‘urta zahiralari to‘plansa, u holda kvadrat ildiz qonuniga ko‘ra, zahiralarning umumiy hajmi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barqarorlikka zarar yetkazmagani holda 10 marta kamayadi.
Ulgurji va chakana savdo korxonalarining maydonlari va hajmidan yuqori darajada foydalanish. Masalan, tovar o‘tkazish bo‘g‘inlarining logistik qulayligi do‘konlar maydonlarining tarkibini sezilarli darajada o‘zgartirib, savdo maydonchalari hisobiga ko‘paytiradi. Bularga ushbu hisoblarga ko‘ra erishiladi:
umumiy zahiralar miqdorining keskin qisqartirilishi va ularning kattagina qismi do‘konlardan ulgurji bo‘g‘inlarga ko‘chirish hisobiga;
tayyorlov jarayonlarining bir qismini – shularda qadoqlash, tamg‘alash, narxlarini qo‘yish va boshqalar tovar harakatini oldingi bosqichlariga ko‘chirish;
Sarmoyalarning aylanishini tezlashtirish. Bular talablarni bevosita joylashtirish va ularni bajarish jarayonlarini vaqti bo‘yicha nazorat qilish hisobiga erishiladi.
Transport harajatlarini qisqartirish, ishtirokchilarni yuqori darajada transportdan foydalanish masalasida muvofiqlashuvlari hisobiga erishiladi.
Yuklarni ishlash, shu jumladan qo‘l mehnati harajatlarini kamaytirish.
Logistikadan foydalanishdagi samaralar to‘plami, odatda, sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar samaralarining yig‘indisidan ortib tushadi. Bu shu bilan izohlanadiki, logistik tashkillashtirilgan tizimlarda vujudga kelgan bozor uchun kerakli bo‘lgan yukni yetkazib berishni ta’minlash qobiliyati, zarur sifatda, kerakli miqdorda, belgilangan muddatda, kerakli joyga, eng oz miqdordagi harajatlar bilan yetkazib berishning vujudga kelishi bilan tushuntiriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, savdodagi logistik qulaylik – bu tabiiy sohaning rivojlanishidagi muhim yo‘ldir.
Logistikani qo‘llash – bugungi kun savdo korxonasining raqobatbardoshlik garovidir.
Ertangi kunda – bu uning asosiy resurslaridan biri bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |