Savanna va siyrak o'rmonlar hamda dagal bargli doimiy yashil bargli o'rmonlar tuproqlari Reja



Download 1,63 Mb.
bet89/152
Sana29.05.2022
Hajmi1,63 Mb.
#615429
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   152
Bog'liq
Savanna va siyrak o\'rmonlar hamda dagal bargli doimiy yashil bargli o\'rmonlar tuproqlari

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Xodjimatov A.N., Xolmurodov Sh.A. Tuproqlar geografiyasi. -T.: Fan va texnologiyalar. 2018. (19-22 b).
2. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik.– T.: TDPU, 2000.
3. Toshxo‘jaev R. Tuproqshunoslik (laboratoriya mashg‘ulotlari). – T.: TDPU, 2008.
Axborot manbalari:
www. tdpu.uz
www. pedagog.uz
www. Ziyonet.uz
www. lex.uz
www. bilim.uz


Amaliy mashg‘ulot-14
Mavzu: Tuproq kartalari, yer kadastri va tuproq bonitrovkasi hamda yer resurslari.
Reja:
1. Tuproqni xaritalash va tuproq xaritalarini tahlil qilish.
2 Yer kadastri va tuproq bonitrovkasini tahlil qilish va dunyoning yer resurslarini xaritaga tushirish.


Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Tuproqni kartalash va tuproq kartalari. O’zbekiston tuproq kartasi. yer kadastri va tuproq bonitrovkasi. Dunyoning yer resurslarini o’rganish.
Amaliy mashg’ulotning jihozlanishi: Dunyoni va O’zbekistonning Tuproqlar kartasi, o’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish
Amaliy mashg’ulotda qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydlanish
Nazariy qism
Tuproq xaritalarini tuzishda mezorelyef bо‘yicha tuproqlarning joylashishi va tuproq qoplamining tuzilmalari muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shu bois ham tuproq xaritasini yaratish ancha murakkab.
Tuproqlarni xaritalashda kо‘proq: kartagrafik, distansion, ekspeditsiya, geokimyoviy, litologik – geomorfologik, paleogeografik (genetik), qiyoslash usullaridan foydalaniladi.
Ilk tuproq xaritalari sо‘rov ma’lumotlari asosida tuzilgan bо‘lsa, keyinchalik dala tadqiqotlari asosida va keyingi davrlarda koinotdan olingan fotosuratlarga tayangan holda ham tuzila boshlandi.
V.V.Dokuchayev о‘zining dala tadqiqotlari natijalaridan foydalanib tuproq xaritalarini tuzishda tuproq qoplami bilan relyef tuzilishi va joyning balandligi о‘rtasidagi ma’lum aloqadorlikga tayangan.
Birinchi tuproq tipologiyasini о‘zida namoyon etgan genetik – geografik tamoyil asosida tuzilgan tuproq xaritasi ham V.V.Dokuchayev tomonidan 1882 yilda tuziladi va bir yildan sо‘ng uni ,,Rus qora tuprog‘i” kitobida ilova tarzida beriladi. U tomonidan tuzilgan Shimoliy yarim sharning tuproq xaritasi 1900 yilda Parijda bо‘lib о‘tgan xalqaro kо‘rgazmada namoyish etiladi.
1901 yilda Dokuchayevning genetik – geografik tamoyili asosida V.V.Dokuchav boshchiligida N.M.Sibirsev, G.I.Tanfilyev va A.R.Ferxminlar tomonidan yaratilgan Rossiyaning Yevropa qismining tuproq xaritasi rus tuproq xaritashunosligining shakllanishida muhim bosqich bо‘ldi.
1930 yilda L.I.Prasolov (1:1000000), 1954 yilda N.N.Rozov (1:4000000), 1964 yilda I.P.Gerasimov (1:1000000), 1988 yilda V.M.Fridland (1:2500000), 1995 yilda M.A.Glazovkaya (1:4000000) kabilar tomonidan yaratilgan MDH va Rossiya Federatsiyasining tuproq xaritalarining ilmiy – amaliy ahamiyati katta.
Dunyo miqiyosida tuproq xaritalarining yaratilishida esa K.F.Glinka (1906, 1915, 1927), L.I.Prasolov (1937), D.G.Vilenskiy (1950), I.P.Gerasimov (1956, 1960, 1964), V.A.Kovda (1975) kabilarning xizmatlarini e’tirof etish lozim.
Kadastr (fransuzcha – reyestr, rо‘yxat) – obyekt yoki hodisa tо‘g‘risida jamlama sifatida va miqdoriy ma’lumotlarning tizimli majmuasi hisoblanadi, kо‘p hollarda ular iqtisodiy baholashni nazarda tutadi. Kadastrning turlari kо‘p. Yer kadastri quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: a) yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni rо‘yxatdan о‘tkazish; b) yerni miqdoriy hisobi; v) yerning sifati; g) tuproq bonitirovkasi; d) yerlarni iqtisodiy baholash.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish