Satx, bosim va burchak tezligi datchiklari



Download 4,37 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi4,37 Kb.
#918113
Bog'liq
Satx datchiklari va ularning ish prinsiplari-fayllar.org


Satx datchiklari va ularning ish prinsiplari

Satx, bosim va burchak tezligi datchiklari 

Reja: 1. Satx datchiklari va ularning ish prinsiplari 2. Bosim datchiklari 3. Sarf datchiklari 4. Burchak tezligi datchiklari

Satx datchiklari va ularning ish prinsiplari Qalqovichli datchiklar suyuqlik satxi o’zgarishini qabul qiladigan qalqovichdan va chiqish elektr signaliga o’zgartiradigan elementdan tashkil topgan bo’ladi. O’zgartirgichlar sifatida aktiv yoki induktiv datchiklar ishlatiladi. 2.16, a - rasmda potensiometrik o’zgartirgichli qalqovichli satx datchigining sxemasi ko’rsatilgan. Yengil qalqovichli (1) bilan potensiometrik datchikning (3) bog’lanishi blok (4) orqali o’tkazilgan tros (2) yordamida amalga oshiriladi. Qalqovichning og’irligi yuk (5) bilan moslashtirib boriladi. Suyuqlik satxining xar qanday o’zgarishi satx o’lchov birligiga moslangan ikkilamchi o’lchov asbobidagi (UA) kuchlanish o’zgarishiga proporsional ravishda ta’sir qiladi

Gidrostatik datchiklarda suyuqlik satxini nazorat qilish maxsus silindrik idishdagi suyuqlikning gidrostatik og’irligi o’zgarishiga asoslangan bo’ladi (2.16, b-rasm). Suyuliq bosimi satxini (h) proporsional bo’lib, membranani (1) egilishga ta’sir qiladi va maxsus ko’mir ustun (2) yordamida elektr signalga o’zgartiriladi.Bu signalni satx birligiga mos ravishda o’lchov asbobi (P) yordamida o’lchab boriladi. Qalqovichli (poplovikli) va gidrostatik datchiklar suyuqlikning satxi bo’yicha emas, aslida uning massasi bo’yicha o’lchaydi, shuning uchun haroratning va suyuqlik tarkibining o’zgarishi natijasida o’lchov xatoliklari kelib chiqadi.

«RUS» sath o’lchagichi elektr o’tkazuvchan va elektr o’tkazmaydigan suyuqliklarning sathini uzluksiz ravishda uzoq masofadan o’lchash va uni chiqishda o’zgarmas tok signali ko’rinishiga keltirish uchun mo’ljallangan. Bu asbob agressiv va portlash hususiyatiga ega bo’lgan suyuqliklar muhitida ham ishlashi mumkin. «RUS» sath o’lchagichi gidromelioratsiya ob’ektlarida texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish, shuningdek, ochiq kanallarda sath o’lchash datchigi sifatida ham qo’llaniladi.

Qishloq va suv xo’jaligida qo’llaniladigan bosim datchiklarining turlari ko’p bo’lib, ular suyuqlik va gazlar bosimini o’lchash uchun xizmat qiladi. Ko’pchilik bosim datchiklarining ish prinsiplari bosim kuchini mexanik kuchlarga aylantirib berish prinsipiga asoslangan bo’ladi. Bunday datchiklarning qabul qiluvchi elementlari o’lchanayotgan bosim ta’sirida bo’ladiYuqori bosimlarni o’lchashda bosim ta’sirida o’tkazgichning elektr qarshiligi o’zgarishi xodisasiga asoslangandatchiklar qo’llaniladi. Gazlarning kichik bosimlarini nazorat qiladigan datchiklarda esa ularning issiqlik o’tkazuvchanligi, yumshoqligi, ionlanish darajasi kabilar xisobga olinadi.

Suyuqlikli bosim datchiklari aniq va bir me’yorda ishlashi bilan bir qatorda ularning ekspluatatsion noqulayliklari (kichik oraliqlarda o’lchash sharoitlari, faqatgina vertikal holatda ishlashi, katta o’lchamlarga ega bo’lganligi kabilar) sababli oxirgi paytlarda ularni o’rnini takomillashgan datchiklar egallamoqda. . 

Sarf datchiklarini qo’llashda turli xil fizikaviy prinsiplardan foydalaniladi.Uzluksiz oquvchan suyuqliklar va gazlarning sarfini aniqlashning eng ko’p tarqalgani drosselli qurilmalarda bosimning o’zgarishi bo’yicha o’lchash usuli bo`ldi. Sarfni o’lchovchi tezlik datchiklari suv, suyuq yoqilg’i, gaz va boshqa moddalarni aniqlash schyotchiklarida qo’llanilib kelinmoqda.

Burchak tezligi datchiklari asosan 3 guruhga bo’linadi: mexanik, gidravlik va elektrik. Хozirgi davrda elektrik datchiklarning qo’llanilishi keskin ravishda ko’payib bormoqda. Bunday datchiklar odatda o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tokli mikrogeneratorlar (taxogeneratorlar) shaklida bajarilgan bo’ladi. Xulosa:Men bu mustaqil ishimdan bosim monometrlari bosimlar farqi va ularni ishlatilish joylarini bilib oldi.



http://fayllar.org
Download 4,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish