Funksiya prototipi kuyidagicha:
string substr(unsigned int pos=0,
unsigned int n=npos)const;
Bu funksiya, uni chaqiruvchi satrning pos o‘rnidan boshlab n belgini natija sifatida qaytaradi. Agarda pos ko‘rsatilmasa, satr boshidan boshlab ajratib olinadi, agar n ko‘rsatilmasa, satr oxirigacha bo‘lgan belgilar natija sifatida qaytariladi:
string s1,s2,s3;
s1=”0123456789”;
s2=s1; s3=s1;
s2=s1.substr(4,5); // s2=”45678”
s3=s1.substr(3); // s3=”3456789”
// “30123456789” satr ekranga chiqadi
cout<
string turidagi satrni char turiga o‘tkazish
string turidagi satrni char turiga o‘tkazish uchun
const char * c_str()const;
funksiyani ishlatish kerak. Bu funksiya char turdagi ‘\0’ belgisi bilan tugaydigan satrga o‘zgarmas ko‘rsatkichni qaytaradi:
shar *s1; string s2=”0123456789”;
s1=s2.c_str();
Xuddi shu maqsadda
const char * data()const;
funksiyasidan ham foydalanish mumkin. Lekin bu funksiya satr oxiriga ‘\0’ belgisini qo‘shmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |