Idishdagi suyuqlik sathining berilgan H balandligida pyezometrik naychadan suyuqlik orqali chiqadigan havo pufakchalarining har sekundda bittadan chiqishi ta’minlangan boiishi kerak. Suyuqlik sathi ortsa, naychadagi bosim ortadi, undan chiqadigan pufakchalar soni kamayadi, suyuqlik sathi kamaysa, naychadan chiqadigan pufakchalar soni ortadi. Bosimning bunday o‘zgarishini manometr 4 o’lchaydi, manometr shkalasi suyuqlik sathiga muvofiq darajalangan boiadi.
Idishdagi suyuqlik sathining berilgan H balandligida pyezometrik naychadan suyuqlik orqali chiqadigan havo pufakchalarining har sekundda bittadan chiqishi ta’minlangan boiishi kerak. Suyuqlik sathi ortsa, naychadagi bosim ortadi, undan chiqadigan pufakchalar soni kamayadi, suyuqlik sathi kamaysa, naychadan chiqadigan pufakchalar soni ortadi. Bosimning bunday o‘zgarishini manometr 4 o’lchaydi, manometr shkalasi suyuqlik sathiga muvofiq darajalangan boiadi.
Suyuqlik sathi tizimda barqarorlangan bosim bo‘yicha topiladi: P - Px = H p g bu yerda:
Suyuqlik sathi tizimda barqarorlangan bosim bo‘yicha topiladi: P - Px = H p g bu yerda:
Px — idishdagi suyuqliklar ustidagi bosim,
P—Px bosim manometr 4 bilan topiladi. Suyuqlik sathini o’lchashda ma’lum sharoitlarda statik elektr toki paydo bolishi mumkin. Shuning uchun tez alangalanuvchi va portlash xavfi bor suyuqliklami nazorat qilishda inert gaz sifatida karbonat angidrid, azot, tutunli gazlar yoki maxsus pyezometrik sath o’lchagichlar ishlatiladi. Shu turdagi sathoichagichlar yer osti idishlarida, yonilgi ballast va boshqa sisternalarda, agressiv suyuqliklar va qator boshqa hollarda sathni o’lchash uchun keng qolaniladi. Bunday asboblar suyuqlikning doimiy zichligida ± 1,5 % aniqlik bilan o’lchaydi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlari
B u asboblar bilan idishdagi suyuqlik sathi o‘lchanadi. Asbobning sezgir elementi — qalqovich suyuqlik sirtida qalqib turadi (5.2-rasmda) va suyuqlik sathi balandligidagi o‘rni unga ta’sir qiladigan kuchlar muvozanatiga bog‘liq bo‘ladi. Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich og‘irligi uning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik og‘irligiga teng bo‘ladi. Undan tashqari, qalqovichni o‘rab olgan suyuqlik ustidagi muhit havo bo‘lmay, zichligi r0 ga teng bo‘lgan modda bo‘lsa, unda qalqovich hajmidagi bu modda og‘irligi ham qalqovichni pastga bosadi, uning suyuqlikka botishini oshiradi. Bu ikki kuchga qarshi yo‘nalgan, qalqovichni yuqoriga ko‘taradigan kuch G‘ ni quyidagicha hisoblash mumkin:
(5.1)
bu yerda, r0 — suyuqlik ustidagi muhit zichligi; g — og‘irlik kuchi tezlanishi; V — qalqovichning hajmi; r — qalqovich botib turgan suyuqlik zichligi; x — qalqovich botgan qismning balandligi; S — qalqovichning ko‘ndalang kesim yuzi.
Agar qalqovichning ko‘ndalang kesimi S balandligi h bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lsa,
(5.2)
Suyuqlik ustidagi muhit gaz yoki havo bo‘lsa. r0= 0, u holda
(5.3)
Qalqovichning ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas bo‘lsa
(5.4)
Qalqovichli sath o‘lchagichlarda doimiy va davriy cho‘kadigan (buykali) qalqovichlar ishlatiladi.
Doimiy cho‘kadigan qalqovichni sath o‘lchagichlarda qalqovichni yuqoriga ko‘taradigan muvozanatlovchi kuch qalqovich og‘irligiga teng va o‘zgarmas bo‘ladi;
F=G=Const (5.5)
B u yerda,n foydalanib, qalqovichning suyuqlikka botgan qismining balandligini topish mumkin
(5.6)
Bu holda kuchlar muvozanatini ta’minlaydigan qalqovich suyuqlik sathiga muvofiq siljiydi. 5.3 – rasmda shu prinsipga asosan ishlaydigan doimiy cho‘kadigan qalqovichli sath o‘lchagichning oddiy sxemasi ko‘rsatilgan. Sanoatda qo‘llaniladigan ko‘pchilik sath o‘lchagichlar shu sxema asosida ishlaydi. Qalqovich 1 roliklar 2 yordamida muvozanatlovchi yuk 3 bilan elastik tros (po‘lat sim) orqali bog‘langan. Yuk bilan biriktirilgan strelka shkala 4 ga muvofiq suyuqlik sathni ko‘rsatib turadi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlar uchun, 5.3. rasmda trosning taranglik kuchi va roliklardagi ishqalanishni hisobga olgan xolda, «qalqovich-tortuvchi (protivoves)» tizimning muvozanat holati quyidagi tenglama bilan yoziladi:
GG=GP –Sh1 c g, (5.7)
Do'stlaringiz bilan baham: |