11-sinflari uchun 2018-2019-o`quv yilida ona tili va adabiyot fanidan olingan I boshqich fan olimpiadasida olingan test savollari
1.Sarsar so‘zining ma’nosi nima?
A)janubdan esgan yel B)sovuq shamol
C) sharqdan esgan yel D)shiddatli shamol
2. “Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur…”
Berilgan fikrlar kimning qaysi asaridan olingan?
A)A.Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq” B)Y.X.Hojib. “Qutadg‘u bilig”
C)A.Hojiyev. “O‘zbek tili sinonimlari lug‘ati” D)M.Koshg‘ariy. “Devonu lug‘otit turk”
3.Nutqning madaniyligini ta’minlovchi kommunikativ sifatlarning asosiylari qaysi qatorda to‘liq ko‘rsatilgan?
A)to‘g‘rilik, aniqlik, soflik, ilmiylik, madaniylik, boylik
B)mantiqiylik, aniqlik, ifodalilik, boylik, g‘alizlik, soflik
C) to‘g‘rilik, ifodalilik, boylik, g‘alizlik, ilmiylik, madaniylik
D) to‘g‘rilik, aniqlik, soflik, ifodalilik, mantiqiylik, boylik
4.Barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini nima bajaradi?
A)nutqning aniqligi B)nutqning mantiqiyligi
C)nutqning to‘g‘riligi D)nutqning sofligi
5. … mutaxassislar tominidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an’analrga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadi. Nuqtalar o‘niga kerakli jumlani qo‘ying.
A)punktuatsion me’yorlar B)imlo me’yorlari
C)ilmiy me’yorlar D)nutq madaniyati
6.Muayyan estetik maqsad adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari qayerda uchraydi?
A)Og‘zaki so‘zlashuvda B)ilmiy uslubdagi adabiyotda
C)Badiiy adabiyotda D)Bunday holat uchramaydi.
7.”O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati” kitobining muallifi kim?
A)Azim Hojiyev B)Nizomiddin Mahmudov
C)Alibek Rustamov D)Shavkat Rahmatullayev
8.Nutq madaniyatining nechta bosqichi farqlanadi?
A)2 ta B)3 ta C)4 ta D) 1 ta
9.A.Rustamovning hayratomuz so‘ziga bergan ta’rifini toping.
A)aralashar, aralashtirar B)o‘rganar, o‘rgatar
C)hayrat o‘rgatar D)hayrat aralash
10.,, Devonu lug`at at- turk’’asarida keltirilgan rivoyatni belgilang
A),,Oltin qon’’ B),,Ajdar’’ C) ,,To`fon’’ D) ,,Ur, to`qmoq’’
11.,,Alp Er To`nga ‘’marsiyasi qaysi shaklda yozilgan?
A)muxammas B) masnaviy C)musaddas D) murabba
12.,,Qissasi Rabg`uziy ‘’asarida keltirilgan qarinja so`zining ma`nosi nima?
A)mehnat , B) kiyik C)ofat D) chumoli
13. Devonu lug`at at- turk’’asarida qo`llangan yir so`zining ma`nosi nima ?
A)Yugur B)baland C)Maqom D)Tepalik
14. .,,Qissasi Rabg`uziy ‘’asarida nechta hikoyat bor?
A)80 B)72 C)64 D)56
15.,,Go`ro`g`li’’dostonida qo`llangan qurandoz so`zining ma`nosi nima?
A)chopar B)lashkarboshi C)munajjim D)chavandoz
16.,,Qutadg`u bilig’’dostoni qahramoni Oyto`ldi nimani ko`r kishiga o`xshatadi?
A) nafs B) boylik C)makr D) davlat
17 .,,Qutadg`u bilig’’dostonining qaysi qahramoni taqvodor kishi bo`lib,u din va diyonatni hamma narsadan ustun ko`radi?
Kuntug`di B)O`gdulmish C)Oyto`ldi D) O`zg`urmish
18.Ipidan ignasigacha iborasining ma’nodoshlarini yozing.
19. “Bu xabarni eshituvchi – Kumushbibining qaro ko‘zlari jiq yoshga to‘lib, kipriklari yosh bilan belandilar” …Berilgan gapdagi grammatik me’yor buzilgan o‘rinni aniqlang.
20.O‘zbek adabiy tilidagi me’yorlarni sanang.
21. “Avlod” so‘zining ma’nosi nima?
22.darslikda berilgan ,,Go`ro`g`li ‘’dostoni kimda yozib olingan?
23.,,O`q va yoy’’munozarasining muallifi kim”?
24. .,,Qutadg`u bilig’’dostonida nima qafasda yotgan arslonga o`xshatilgan?
25.Mahmud Qoshg`ariy tilshunoslar ichida qaysi ishni 1-bo`lib boshlab bergan?
Qishloq haqida o`ylarim
Kelajak mening tasavvurimda
Ona tili, sen o`zbekning g`ururi
Til-ma`naviyat ko`zgusi
Mening sevimli qahramonim
G`azalxon yoshligim
MEHR-MURUVVAT –INSON BEZAGI
MEN YOQTIRGAN ADIB
YUKSAK MA`NAVIYAT EGALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |