Saroyni yoritgan chiroq Ko’zni yumgin, ko’zga aylansin ko’ngil… Amir Temur



Download 16,96 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi16,96 Kb.
#281027
  1   2
Bog'liq
2 5282924600030661943


Samarqand davlat chet-tillar instituti

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining

2-bosqich talabasi Hasanova Rushana Zafarovna

Saroyni yoritgan chiroq

Ko’zni yumgin, ko’zga aylansin ko’ngil…



Amir Temur

Tarixning har ne jabhalari bilan qaralganda, undan izlangan asl ma’no komillik va qalbning ruhiyat kamolotiga ta’sirini sezishimiz mumkin. Komillik faqat ilmli, biroz sipo, yumshoq va boshqa mahzun sifatlardan iborat bo’libgina qolmay, aslida xalq himoyasini o’z zimmasiga olgan har qanday insonda jangovarlik qobilyatini va qo’rqmaslik, dovyuraklik kabi fazilatlarni ham qamrab oladi.

Ayni shu jihatdan olganda, Bibixonim( asl ismi Saroymulkxonim) (1341- 1408) – Amir Temurning suyukli xotini, Chig’atoy ulusi xoni – Qozonxonning qizi, o’z davrining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor, maslahatdon va yetuk aql-zakovat sohibasi, shuningdek, husn-latofat bobida ham benazir edi. Bibixonim insonparvar, vatanparvar, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo’lgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turgan ayol edi.

Ayniqsa, ilm-ma’rifatga aloxida e’tibor berar, tolibi ilmlarga homiylik qilardi. Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarida ko’pincha hamrohlik qilgan. Bibixonim saltanatni boshqarishda vujudga kelgan ayrim muammolarni hal qilishda o’zining oqilona maslahatlari bilan faol qatnashgan.

Bibixonim farzand ko’rmagan bo’lsada, sohibqiron o’z nabiralari — Muhammad Sulton, Xalil Sulton, Ulug’bek va boshqa mirzolarni bevosita zukko Bibixonim tarbiyasiga topshirgan edi.

Uning tarbiyasini olgan Shohruh Sulton, Xalil Sultonning san'at va adabiyotga, Mirzo Ulug'bekning ilm-u fan va adabiyot-u musiqaga mehr qo'yishidan yana shunday xulosaga kelish mumkinki, Saroymulkxonimning o'zi ham ma'rifatli va fozila ayol bo'lgan.

Bibixonim turkiy xalqlar va aynan sargasht moziy olamida chinakam poklik, nafislik, aql-u idrokda tengsizlik timsoli hisoblanadi.

Oqila malikaning saltanatni boshqaruv ishlarida, qurultoylar-u oliy majlislarda davlat ustunlari bo'lmish amirlar bilan teng qatnashish huquqiga ega bo'lganini Amir Temur saroyiga tashrif buyurgan Kastiliya elchisi Ryui Gonzales de Klavixo ham tasdiqlaydi.

Klavixo o'zining "Samarqanddagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi"da shunday yozadi: "Temurbek Samarqandga yurish qilib, uni zabt etadi, hokimiyatni qo'lga olib, shohning xotiniga uylanadi. Endilikda bu ayol Temurbekning bosh xotini hisoblanadi. Uni Kan'o, ya'ni ulug' malika deb ataydilar. Kan'o yoki Kan'on - Temurbekning katta xotini, xonim, ya'ni Malika Qozonxonning qizi, amir Musoning singlisi edi. Temurbek uni Husayn haramxonasida qo'lga oldi. Uning haqiqiy ismi Saroymulkxonim bo'lib, uni Mehribona deb ham ataydilar. Uning o'g'li Shohruh pirovardida Temurbek saltanatining vorisi bo'ldi".

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkini, Bibixonim har bir o’zbek ayoli uchun chinakam faxr -iftixor, sadoqat, komillik gulshani sari jadallagan malika, husnu jamolda tengsiz, aqlu –zakovatini dunyo tan olgan oqila ayol timsolidir.

Moziyga nigoh qadar ekanmiz, uning aqlu-zakovatiga qoyil qolmasdan iloj yuqdir. Hatto yillar to’zoni ham undagi hech bir sifatlarni inkor etmaydi. Bu esa har birimiz uchun oldimizda qo’yilgan maqsad sari hech bir to’xtalishsiz odimlashmiz kerakligini angladi. Zero, biz Bibixonim singari oqila ayol avlodlarimiz! Biz yurgan yo’llar hali uzun emasdir, lekin biz oldimizga qo’ygan maqsadlardan undanda olis.


Download 16,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish