DARSNING BLOK CHIZMASI:
№
|
DARS BOSQICHLARI:
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni va baholash
|
G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
|
2 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.
1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
“Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzu bo’yicha qisqacha ma’lumot berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
“Sariq devni minib”, “Sariq devni o`limi” romani kirmagan xonadon, uning qahramonlari bilan do`stlashmagan bolalar bo`lmasa kerak. Buning boisi, yozuvchi bolalar adabiyotiga hayotni haqqoniy tasvirlash bilan o`z o`quvchisini voqealarga ishontira olgani bilan boshqa ijodkorlar farq qiladi.
“Xudoyberdi akaning tabiatida o`zi qandaydir mo`jaz, yaxshi ma’noda bolalik bor” – deydi yozuvchi Shukur Xolmirzayev.
Ayni shu - yaxshi ma’nodagi bolalik, bolalarcha soddalik, samimiyat, kattalar tajribasi, bilimini ko`ngilga jo etgan holda hayot hodisalarini bolalarcha idrok etish tuyg`usi bo`lmaganida balkim X.To`xtaboyev bolalar qalbiga yo`l topa olmasdi.
1.Bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboyev haqida nimalarni bilasiz?
2.Yozuvchining qanday asarlarini o`qigansiz?
3.Bolalar hayotinin ularning sarguzashtlarini hikoya qiluvchi qanday asarlarni bilasiz?
Sarguzasht asarlarda qahramonlar tabiati kutilmagan sirli tasodifiy va qiziqarli voqealarning tasviri mobaynida aks ettiriladi. Sarguzasht asarda favqulodda qiziq va g`aroyib voqealar o`quvchini hayajonga soladigan tasvirlar kechinmalar ko`p bo`ladi.
Jonaton Sviftning “Gulliverning sayohatlari”, Daniel Defoning “Robinzon Kruzo”, Jyul Verning “O`n besh yoshli kapitan”, Servantesning “Don Kixot” kabi asarlari ana shunday asardandir. Bu asarlarda qahramonlar ko`z ko`rib, quloq eshitmagan voqealarni boshdan kechiradilar, dahshatli to`siqlarga duch keladilar. O`zbek adabiyotida ham qahramonlar hayoti sarguzashtli kechadiga asarlar anchagina. Jumladan, A.Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni sarguzasht asarning mukammal namunasi desa bo`ladi. Unda Farhodning Axraman devni yengishi bilan bog`liq voqealar,Yosuman kampir kirdikorlari haqiqiy sarguzasht asarga xos tarzda tasvirlangan.
Shu jumlardan yana samarali ijod qilgan yozuvchilardan G`.G`ulomning “Shum bola” qissasi. X.To`xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devni o`limi”, Yoqubjon Shukurovning “Qasos” va boshqa asarlarini tilga olishimiz mumkin.
X.To`xtaboyevnng “Sariq devni minib” asari ba’zi bir xususiyatlari bilan G`.G`ulomning “Shum bola” asarini eslatadi. X.To`xtaboyev-ning qahramoni zamonaviy “Shum bolalardan G`.G`ulomning shum bolasi esa, eski zamon zamirida harakat qiladi. Har ikkala asarda ham asar qahramonlari bo`lmish “shum bola”lar o`z uylaridan chiqib keladilar. Ularning uylaridan ketib qolish sabablarini har ikkala yozuvchi ham asosli, ayni paytdab kulgili qilib tasvirlaydi.
G`.G`ulomnign shum bolasi, X.To`xtabo-yevning Hoshimjoni nima sababdan uyidan chiqib ketishdi?
Sabablarini sanab bering.
Masalan: “Ko`chaga quvildim”, “Baxtim kulib boqqan edi”, “Hasharotni kaltaklashga buyurdim”, “Qofiya bozuri qaydadir”, “Qayerdasan maktabim?” va boshqalar.
Bu umumlashma matn tahlili jaroyoniya ochila boradi. Ya’ni Hoshimjonning jindak ayyor, jindak lofchi, jindak qo`rqoq, jindak quv bola ekanligini ko`zga tashlama boradi. Ammo u butun vujudi bilan haqqoniy, romantik. U qaysi ishga qo`l urmasin, sidqidildan ado etishga, el og`ziga tushish, maqtovlar eshitishga intiladi. Uning harakat maydoni keng, faoliyati ham rang-barangdir. U o`qishda ilg`or bolalardan emas.
Yaxshi o`qiyapman deb oyisini aldaydi. Ammo yozuvchi Hoshimjonni qilgan gunohlari uchun jazolashning boshqa yo`lini topadi. U yoshi ilm va tajriba imkoniyatiga to`g`ri kelmaydigan. Ko`pgina ishlarga qo`l urib ko`radi. Sehri qalpoqchani topib oladi, kasb-hunarga moslashgan maktab o`quvchilarini bilan tanishib, oxiri surbetligi ochilib, sehri qalpoqcha vositasida qutulib qoladi.
Mirzacho`lda agronomlik qilmoqchi bo`ladi, ammo u yerda ham ilmsizligi fosh bo`lib, qochib qoladi. Bir qarasangiz shoir bo`lmoqchi bo`ladi. Ammo biror narsaning uddasidan chiqmaydi. U qayerga bormasin, kimlar bilan uchrashmasin, biyron tili harakatga keladi. Uning o`ynoqi, xiyla, mug`ombir ko`zlari chaqnab turardi. U o`zining soddaliklari quvliklari, sho`xliklari, “kashfiyotchilik”lari bilan o`quvchilarning yuzlaridagi tabassumning so`nishiga yo`l qo`ymaydi. Bir qaraganda uning harakatlari qilmishlari tartibsiz, pala-partishday tuyuladi-yu, ammo asl g`oyani ochishga qaratilgan. Bu g`oya o`qimasdan, chuqur bilim olmasdan zamonning haqiqiy kishisi bo`lish mumkin emas, degan fikr juda ko`p misollar voqealar, sarguzashtlar orqali isbot etiladi.
“Voqeaning shu tarzda berilishining o`zida muhim bir haqiqat bor. Ba’zi bir yoshlarda kuch qobiliyatga ortiqcha baho berish, o`z imkoniyati bilan hisoblashmasdan manmanlik ko`chasiga kirib ketish, real hayot talablarini hisobga ola bilmaslik hollari uchrab turadi. X.To`xtaboyev shu xilda, “G`oz chiranish”larga munosib baho berdi.
Shuning uchun ham bu asardagi ko`tarilgan jiddiy masala muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Chunki, hayotda yaxshi kasb egasi bo`lish uchun, bilim olish, zahmat chekib kasb o`rganish lozimligini, mehnat qilmay, ilm o`rganmay turib, son-shuhratga ham, obro`-e’tiborga erishib bo`lmasligini o`quvchiga tushuntirish juda muhim.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Og’zaki savol-javob.
Yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.
V. Dars yakunlarini chiqarish
1. O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish;
2. Baholarni e'lon qilish.
3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi
VI. Uyga vazifa
M avzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |