* 2
897. Yerga botgan osmonlarni kuzatdim, Chopilgan oyog’im bilan chopdim men. Kesilgan qo’limni sizga uzatdim, Bu dunyo gullarga to’ldi. Qotdim men. Mustaqillik davrida yaratilgan ushbu misralar muallifi kim? * Rauf Parfi
898. Yeseninning "Dog’lar ketmish majruh ko’ngildan" she’ridakimga "mezbon" deb murojaat qilinadi? *choyxonachiga
899. Yetakchi morfema ham, ko’makchi morfema ham shakldoshlik hosil qila oladigan so’zlar qatorini belgilang. * terim, kechik, oqar
900. Yozma nutqda so’z asosida tovush tushish hodisasi qaysi qo’shimchalar qo’shilganda kuzatilishi mumkin? 1) fe’l yasovchi -ar; 2) sifat yasovchi -aki; 3) jo’nalish kelishigi -ga; 4) fe’l yasovchi -a; 5) fe’l nisbati qo’shimchasi -il; 6) fe’lning mayl shakli –ay *1, 2, 4, 5
901. Yulduzlarni xayolida har xil rangga bo’yab ko’rdi −yulduzlar o’z rangida xira miltillab turaverdi. Ushbu gapda sodda gaplar orasiga nima sababdan tire ishlatilgan? *qo’shma gap qismlari orasida zidlash munosabati ifodalanganligi uchun
902. Yuraklarda yurmagini, Oh, oldindan bilgan qush. Har o’zbekning yuragini O’ziniki qilgan qush. Halima Xudoyberdiyevaning ushbu misralari qaysi o’zbek shoiriga bag’ishlangan? *Muhammad Yusuf
903. Yurtimizning bu asl farzandlari o’z orzu-havaslari haqida emas, xalq hayoti uchun, uning ijtimoiy ahvoli uchun qayg’urdilar, ularga juda ko’p zug’um qilsalar ham, o’z dunyoqarashlarini o’zgartirmadilar, hatto bu yo’lda o’zlarini qurbon qildilar. Ushbu gapda qaratqich aniqlovchilar necha o’rinda qo’llangan? *5
904. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari haqida berilgan ma’lumotlarning qaysilari to’g’ri emas? 1. Qofiyalarda, asosan, turkiy so’zlar qo’llangan. 2. Asarda faqat to’q qofiyalar uchraydi. 3. Ba’zan shoir radifdan oldin qofiya keltirib o’tirmaydi. 4. Asarda misralarni o’zaro ohangdosh so’zlar bilan yakunlashga qat’iy amal qilingan. * 2, 4
905. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari haqidagi to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang.1. Qofiyalarda, asosan, turkiy so’zlar qo’llangan.2. Asarda faqat to’q qofiyalar uchraydi.3. Ba’zan shoir radifdan oldin qofiya keltirib o’tirmaydi.4. Asarda misralarni o’zaro ohangdosh so’zlar bilan yakunlashga qat’iy amal qilingan.* 1, 3
906. Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan,Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il.Ushbu baytda nechta istiora qo’llangan? *to’rtta
907. Zamon menga juda qimmat nasihat etdi(1). Agar bilsang, zamon to’la nasihat erur(2). Ajratib ko’rsatilgan so’zlar haqidagi to’g’ri fikrni belgilang. * 1-qo’shma fe’l, 2-bog’lamali ot kesim
908. Zavqiy "Ajab ermas" she’rida qaysi shahar kelajagini o’ylab "ziynatafzo", "jannatoso", "tufrog’i anbar, suvi gulob o’lsa, ajab ermas" deya niyat qiladi? * Farg’ona
909. Zavqiyning "Ajab ermas" she’ri qaysi janrda yozilgan? *muxammas
910. Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat ijodiy merosida to’rtta ilmiy asardan nechtasi etnografik xarakterga ega? * uchtasi
911. Zolimmi, ablahmi otasi Nasibaga har yili kiyim xarid qiladi, o’g’lim bo’lsa pochasi ilma-teshik shim kiyib yuribdi.Gapda ishtirok etgan yasama so’zlar soni va turkumi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *1 ta ravish, 1 ta sifat, 1 ta fe’l, 1 ta ot
912. А. Borovkovning e’tirof etishicha, qaysi asar eski o’zbek tilining eng yorqin namunasi hisoblanadi? * «Tafsir»
Do'stlaringiz bilan baham: |