SARIOSIYO TUMANI TARIXI
Sariosiyo tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan. 1962-yil 24-dekabrda bu tuman Denov tumaniga qoʻshib yuborilgan edi. 1964-yil 22-fevralda u qaytadan tuzildi. Umumiy yer maydoni 3,93 ming kv. km. Aholisi 180,5 ming kishi (1996). Tumanda 1 shahar shahar (Shargʻun), 1 shaharcha (Sariosiyo), 9 qishloq (Boʻston, Dashnabod, Navroʻz, Sangardak, Sariosiyo, Soʻfiyon, Toqchiyon, Xufar, Oʻzbekiston) bor. Tuman markazi — Sariosiyo shaharchasi Termizdan 180 km shimolda. Tuman xududidan Toshkent — Dushanbe, Uzun-Shargʻun poyezdlari oʻtadi. Sariosiyo shaharchasidan yaqin temir yoʻl bekatigacha (Uzun) 7 km. Sariosiyoda Surxondaryo viloyatida ikkinchi boʻlgan aerport bor. Sariosiyo tumanining shimolida Hisor togʻ tizmalari (eng baland nuqtasi — Xoʻjapiryax togʻi — 4303 m), janubi—gʻarbiy qismida Bobotogʻ va Boysuntogʻ tizmalari (eng baland nuqtasi — Zarkosa togʻi 2280 m.) boʻy choʻzgan. Ular orasida past — baland adirlar, daryo vodiylari bor. Oʻzbekistondagi eng baland toʻg (4688m) shu tuman xududida joylashgan. Sariosiyo tumanida jumhuriyatda yagona kokslanuvchi koʻmir chiqaradigan Shargʻun koni, Xonjiza polimetall koni, qurilish materiallari, neft, gaz, bor. Shargʻun koʻmir briketlash zavodi, tosh — shagʻal saralash zavodi, maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari va bosqalar ishlab turibdi. Ayniqsa parandachilik majmuoti mashhur. Bu erda tovuq — xoʻroz, oʻrdakdan tortib, tustovuq, qirgʻavul, kaklikgacha bor. Tuman xalq xoʻjaligi asosan pahtachilik, gʻallachilikdan iborat; chorvachilik keng rivojlangan. Tumanda oʻziga xos hurmolar, yirik vaznli hisor qoʻylari etishtiladi, Bobotogʻ pistasi va koʻpgina dorivor oʻsimliklar terib olinadi.
Sariosiyo tumani - Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1959 yildan Denov, 1962 yildan Uzun tumanlari tarkibida, 1964 y. 22 fevraldan Sariosiyo tumani nomi bilan qaytadan tuzilgan. Jan.sharqsan Uzun, janubi-gʻarbdan Boysun, jan.dan Denov, Qumqoʻrgʻon tumanlari, shimoliy va sharqdan Tojikiston Respublikasi, shim.gʻarb va gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 3,15 ming km². Aholisi 147,8 ming kishi (2003). Tumanda 1 shaharcha (Sariosiyo), 1 shahar (Shargʻun), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Dashnobod, Navroʻz, Sangardak, Sariosiyo, Soʻfiyon, Toqchiyon, Xufar, Oʻzbekiston) bor. Markazi — Sariosiyo shaharchasi.
Tabiati. Tuman viloyatning shimoliy qismida joylashgan. Relyefi xilmaxil. Shimoliy Hisor (eng baland joyi — Xoʻjapiryax togʻi — 4303 m) tog tizmalari va ular orasidagi Surxondaryo, Tupolondaryo va irmoklarining vodiylaridan iborat. Jan.gʻarbiy qismi Bobotogʻ va Boysuntogʻ tizmalari (eng baland joyi — Zarkosa togʻi, 2290 m) va ular orasidagi pastbaland adirlar bilan band. Xufor, Xondiza, Istoch, Vochax, Maland, Zoxona qishloqlari 2500–2800 m balandlikda joylashgan. Yer usti tuzilishining xilmaxilligi iqlim, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ham taʼsir etgan. Iqlimi quruq subtropik iqlimga xos, qishi qisqa, yozi esa davomli. Yillik oʻrtacha temperatura 15,6°. Tekislik qismida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,5, iyulniki 28°. Eng yuqori temperatura 44°. Vegetatsiya davri 270— 280 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 200–300 mm. Togʻlarda 790 mm. Jan.gʻarbdan esuvchi, quruq, changboʻronli afgʻon shamoli salbiy taʼsir koʻrsatadi. Tumanning hududidan oʻtuvchi eng uzun va sersuv Toʻpolondaryo Surxondaryoga quyiladi, shuningdek, Obizarang , Sangardakdaryolar ham bor. Yezda daryo va soylarda suv keskin kamayadi. Toʻpolon suv ombori Surxondaryo viloyatining 10 ta tumanini suv bilan taʼminlaydi.
Hisor togʻi etaklarida oddiy yoki tipik boʻz, qoʻngʻir boʻz tuproqlar, Bobotogʻ etaklarida och boʻz, shagʻalli boʻz, daryo vodiylarida esa allyuvial oʻtloqi, oʻtloqibotqoq, tekisliklarda och boʻz tuproklar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan: togʻlarda zarang , yongʻoq, archa, bodom, qatrangʻi; butalardan pista, doʻlana, itburun, chiya; kserofitlardan tikanli kavrak, betaga, chaytab, oqmomiq, toʻngʻizsirt, suvrang , choyoʻt, chalov, qiziltikan, astragal va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan: boʻri, sugʻur, tulki, qora va qoʻngʻir ayiq, qoplon, silovsin, qobon, jayran, jayra, kalamush, qoʻshoyoq, koʻrsichqon; oʻqilon, Oʻrta Osiyo kobrasi (koʻzoynakli ilon), boʻgʻma va qora ilonlar, gekkon kaltakesagi; qushlardan togʻ lochini, kopcha, kalxat, burgut, soʻfitoʻrgʻay, chil, xilol, kaklik, kaptar; baliklardan shohbaliq, ilonbaliq, laqqabaliq va boshqa bor. Oʻzbekistonda yagona kokslanuvchi koʻmir olinadigan Shargʻun koʻmir koni, Xondiza polimetall koni, kurilish materiallari, neft, gaz mavjud. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 47 kishi toʻgʻri keladi. Qishloq aholisi 115,3 ming kishi, shahar aholisi 32,5 ming kishi (2003).
Xoʻjaligi. Qishloq xoʻjaligi da paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik taraqqiy etgan. Sanoati ham salmoqli oʻrin tutadi. Shargʻun toshkoʻmir koni, marmar, fosfor konlari, rux foydali kazilmalari mavjud. 3 ta qoʻshma korxona, 34 kichik korxona, 2 temirbeton buyumlari, 2 shagʻalsaralash z-dlari, Sariosiyo parrandachilik korxonasi bor. Qoʻshma korxonalardan "Miftox" Oʻzbekiston—Rossiya, "Lajer" Oʻzbekiston—Tojikiston (pivo ishlab chiqaradigan) korxonalari ishlab turipti. Tuman hududidan Kalif — Termiz — Sariosiyo — Tojikiston "Doʻstlik" tabiiy gaz quvuri, temir yoʻl oʻtgan.
Tumanda 11 shirkat, 229 fermer dehqon xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Uzun oʻrmon xoʻjaligi, Hisor dorivor oʻsimliklar xoʻjaligi, asalchilikka ixtisoslashgan xoʻjalik bor. 5765 ga maydonga paxta, 3300 ga maydonga gʻalla, shuningdek, sabzavot, beda, yem-xashak ekinlari ekiladi (2003). Meva va uzum yetishtiruvchi xoʻjaliklar ham bor. Oʻrmon xoʻjaligida bobotogʻ pistasi va koʻpgina dorivor oʻsimliklar tayyorlanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 51 ming qoʻy va echki, 7 ming ot boqiladi, shuningdek, qoramol, parrandachilik fermalari ham bor. Yirik hisor qoʻylari yetishtiriladi. Ekinzorlar Hasanxon kanali, Katta va Kichik Damariq kanallaridan sugʻoriladi.
Tumanda 71 umumiy taʼlim maktabi (31 mingoʻquvchi), 2 ta gimnaziya, 3 ta maxsus internat maktab, 3 ta kasb-hunar kolleji (3 mingga yaqin oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi. Sariosiyo tumanida 41 ta kutubxona, 3 madaniyat uyi, 11 klub, xalq teatri, ashula va rake ansambli ishlab turibdi. Stadion va boshqa muassasalar mavjud. Kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, qishloq vrachlik punktlari, Xondiza dam olish majmui aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman xududi orkali Toshkent — Dushanba, Uzun — Shargʻun poyezdlari oʻtadi. "Sariosiyo" tuman, gaz. 1932 yildan chiqadi (adadi 2000).[2]
Sariosiyoning Qorovultepasidan topilgan buyumlar bu yerda milodning I-III-asrlarida ham madaniy hayot mavjud boʻlganidan guvohlik beradi. Ilk oʻrta asrda (5-8-asrlar) tuman xududida bir qancha qalʼa — shaharlar mavjud boʻlgan. Bulardan yiriklari: Kultepa, Nonvoytepa, Xumdontepa, Xoʻroztepa, Kofirqalʼa (Navandaqtepa), Qoʻrgʻontepa, Boburtepa, Beshkapa, Hisortepa va boshqalar. Tumanning togʻli qismida yuqori paliolit, mustʼe devoriga oid manzillar (Xushdara, Podaxona, Namozgoh, Qoʻrgʻonjuvoz, Darianhor va boshqalar) uchraydi. 10 — 12-asrlarda Xumdontepa juda rivojlangani haqida maʼlumotlar bor. Arab — fors manbalarida tilga olingan Xumdon qishlogʻi shu joy oʻrniga toʻgʻri keladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Telpakchinordagi X asr oxiri — XI asr boshlarida bunyod etilgan Oq Ostona bobo maqbarasi mashhur. Shagʻun shahri 1973-yil tshkil etilgan. Aholisi 12 mingdan ortiq (1996). Hisor togʻlarining yonbagʻridagi xushmanzara yerda joylashgan. Shargʻun koʻmir koni 1941-yilda oʻrta va yuqori yura davriga mansub koʻmir yotqiziqlari ichida topilgan. Shahardagi asosiy jamoat binolari shu konning faoliyati bilan bogʻliq. Shahardan Shargʻun koʻmir konigacga osma sim yoʻli oʻtkazilgan. Uylar asosan bir qavatli. Shaharning shimoliy qismida Shahtiyor koʻchasi boʻylab ikki qavatli uylar qurilgan. Shaharda bir necha bilim yurtlari, musiqa maktabi, kinoteatr, savdo rastalari, istirohat bogʻi bor. Tumanda koʻplab yirik inshootlar korhonalar, kichik korhonalar qurilishi jadal davom etmoqda. Keyingi vaqtda neft mahsulotlari bazasi, un zavodi majmuotini oʻz ichiga olgan yirik tayorlov korhonasi, yangi paxta zavod, maktablar, agrobank, xalq banki binolari qurildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |