Sarekeeva Ayimgul



Download 14,43 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi14,43 Kb.
#391646
Bog'liq
Balzak ijodi haqida



Sarekeeva Ayimgul
Fransuz jamiyati oʻz taqdirining yaratuvchisi boʻlib chiqdi. Men esa uning kotibiman, xolos. Ehtimol, men barcha tarixchilar nazaridan chetda qolgan tarix – axloq haqidagi tarixni yozishga musharraf boʻlarman. Men bor mahorat va matonatimni toʻplab, XIX asr Fransiyasi haqidagi kitobimni adogʻiga yetkazaman”, deya taʼkidlaydi Onore de Balzak oʻzining “Inson komediyasi” epopeyasiga yozgan soʻzboshida.
Buyuk fransuz yozuvchisi, inson ruhiy olamining zukko bilimdoni, jahon adabiyotidagi yangi sahifa – tanqidiy realizm asoschisi Onore de Balzak 1799 yilning 20 mayida Fransiyaning Tur shahrida sud amaldori oilasida dunyoga keldi. U dastlab Vendom diniy kongregatsiya aʼzolari maktabida tarbiyalandi, otasi Fransua Balsa xohishiga koʻra, huquq kollejiga oʻqishga kiradi. Biroq yosh Balzak falsafaga koʻngil qoʻyganligi va adabiyotga boʻlgan ishtiyoqi tufayli Sorbonna universitetiga borib, adabiyotdan maʼruzalar tingladi, u yerda adabiyotshunos va faylasuf olimlar bilan suhbatlar qurdi va oʻzini butunlay badiiy ijodga baxshida etdi. Oʻqishi tamom boʻlgach, otasi unga Turga qaytib sudda ish boshlashi lozimligini aytganida, boʻlajak adib otasidan Parijda qolishi uchun ikki yil muhlat soʻraydi. Ota-onasi ham uning qiziqishlariga qarshi chiqmadi, yosh Onoreni Digiyerlar koʻchasidagi bir uyning mansardasida[1] erkin ijod qilishi uchun ikki yilga qoldirib, oʻzlari esa moddiy yetishmovchilik sabab, Parij yaqinidagi Vilparizi shaharchasiga koʻchib ketadilar. Bu davr mobaynida yosh adib Pyer Kornel va Jan Rasin ijodidan ilhomlanib, oʻzi yashagan davrning tushkunlik, umidsizlik kayfiyati yaqqol ufurib turgan “Kromvell” sheʼriy tragediyasini yaratdi. Biroz vaqt oʻtib romanga qoʻl urdi. Ammo havaskor adibning ijodiga nisbatan ketma-ket bildirilgan tanqidlar sabab, sekin-astalik bilan oʻsha davr uslubiga moslashib, sarguzasht romanchilik namunalari hisoblangan asarlar yarata boshladi. Bundan tashqari, yashirin taxalluslar ostida qator qissa va novellalar eʼlon qildi. Biroq bu asarlar ham yozuvchi nomini adabiyot olamiga tanita olmadi. Oqibatda u shu paytgacha yozgan barcha asarlarini yozuvchilik yoʻlidagi mashq deb sanab (Balzak bu asarlarining bahridan oʻtadi), keyinchalik “faqat oʻzimning Balzak nomim ostida chiqqan asarlarimnigina oʻzimniki deb hisoblayman”, degan edi.1829 yilga kelib, Balzakning oʻz nomi ostida chop etilgan “Shuanlar” nomli birinchi romani muallifni adabiyot olamiga olib kirdi. Bu asar harbiy-siyosiy roman sifatida tan olindi, shuningdek, tarixiy roman sifatida ham ijobiy baholanadi. Uning bu yutugʻi muvaffaqiyatlar silsilasining ibtidosi boʻldi. Zero, Balzak fransuz adabiyotida oʻzining takrorlanmas oʻrniga ega boʻlgan eng sermahsul ijodkor hisoblanadi. Adibning muxlislari uchun uning oʻzigagina xos boʻlgan asar voqealaridagi iztirobli chizgilar kifoya qilardi. Aytish kerakki, bu chizgilar, shubhasiz, adibning uqubatga toʻla hayot yoʻlining inʼikosidir.
Ajib bir holat: Balzak yozishni toʻxtatgan hamono hayotida mudom falokatlar, omadsizliklar yuz berardi. Ayni shunday paytlarda uning bitmas jarohati – oila tashvishlari yana va yana koʻndalang turardi. Singlisi Servilaxonim betob, takasaltang ukasi Anri sariq chaqasiz, onasi esa asabiy… Va barcha muammolar Onorening zimmasida, barchasiga oʻzi qalqon.
Sarosima, ruhiy qiyinchiliklar va muammolar iskanjasida qolgan paytlarida Balzak mahbubasi de Berni xonim (oʻzidan yigirma yoshlar katta, onasi tengi ayol)dan yupanch topar edi. Yosh adib uni ham maʼshuqa, ham doʻst sifatida qadrlardi. Ayol unga ruhiy koʻmak, hayot va ijod borasida foydali maslahatlar berardi. Adib esa uning mehriga javoban, bor bisotini ayolning oyogʻi ostiga sochishga tayyor edi.
Dastlabki muvaffaqiyatlardan biroz boshi aylanib qolgan Balzak oʻzining ijodiy salohiyatiga ishonib, gazeta va nashriyotlar tahririyatlarini muayyan muddatda roman yozib berishga ishontiradi, oldindan boʻnak olishdek xatarli ishni odat qiladi. U yozishni rejalashtirgan asarining biror satri qogʻozga tushmasdanoq sotib yuborgan boʻlardi. Doʻstlari uni bu ishdan qaytarishga harchand urinmasin, Balzak oʻz bilganidan qolmasdi. Aksincha, bu ishi unga oʻzgacha huzur bagʻishlar edi. Ehtimol, u zugʻum ostida, boshi uzra qilich oʻynab turgandagina ishlashga odatlanib qolgandir…Balzakning qarzi borgan sari ortib borar, boz ustiga u deyarli ijod qilmay qoʻygandi. Endi nashriyotlar u bilan aloqani uzgan, ustiga-ustak unga qarshi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilishgan edi. Sudda “aybdor” Balzak… gʻalaba qozonadi! Sud qaroriga koʻra, agar yozuvchi vaʼda qilgan asarini yozib tugatish va muddatida topshirish imkoniyatiga ega boʻlmasa, bundan koʻrilgan zararni qoplashga majbur qilinmaydi va olgan boʻnagini nashriyotlarga qaytarib berishi kifoya, deb topiladi. Shu voqea sabab Balzak chinakam ijod sari yuzlandi va oʻzining turkum romanlarini ommaga taqdim eta boshladi.
1830-yillarning birinchi yarmida fransuz burjua jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini tasvirlovchi “Gobsek”, “Sagʻri teri tilsimi”, “Oʻttiz yoshli xonim” asarlarini yozib, qizgʻin kayfiyatda koʻplab ijodiy rejalar tuzdi va ularni parijliklar hayotining oʻsha davrga xos taʼsirchan sahnalari bilan boyitdi. Buning natijasi oʻlaroq adib ijodining yorqin namunalari hisoblanmish “Polkovnik Shaber”, “Tur ruhoniysi”, “Yevgeniya Grande”, “Qishloq tabibi” asarlarida zamondoshlarining hayotiy qarashlari, turmush tarzini yoritib berdi.
1830–40 yillarda adib oʻzining “Vodiydagi lola”, “Sezar Biroto”, “Nusingenlar uyi”, “Ushalmagan orzular”, “Satanglarning shavkatiyu qashshoqligi”, “Xolavachcha Bitta” kabi qator asarlarini yaratdi. Bu asarlarda XIX asr fransuz burjua jamiyatining turli illatlari qattiq qoralanadi, sudxoʻrlik, moliyaviy nayranglar va boylik uchun kurash yoʻlida tubanlik botqogʻiga botgan turli toifa kishilarining qiyofasi ochiq-oydin, shafqatsiz tasvirlanadi.
Shu tariqa jamiyat va insonlar qiyofasi Balzak ijodining asosiy mavzusiga aylanib bordi. U oʻzining barcha davrlarga xos boʻlgan qarashlarini singdirgan jamiki asarlarini yaxlit bir toʻplam holiga keltirib, unga “Inson komediyasi” deya umumiy nom berdi. Yaratilishi jihatidan Dantening “Ilohiy komediya”sini eslatadigan mazkur epopeyada oʻzi guvoh boʻlgan va bevosita yashagan davrning axloqiy muammolari va moddiy yetishmovchiliklar, ijtimoiy tengsizlik singari murakkabliklarini oshkora bayon qilgan. Adib “Inson komediyasi” epopeyasiga kiritgan asarlarini uch asosiy rukn: “Axloqiy etyud”, “Falsafiy etyud” va “Analitik etyud” ostida birlashtirdi. Epopeyaga kiritilishi maqsad qilingan 145 ga yaqin katta-kichik asarlardan 97 tasinigina yozishga ulgurdi.
Balzak asarlarining koʻlami ham, sifati ham borgan sari ortib bordi. Muallif asar qahramonlariga bevosita yaqin qarindoshlik munosabatlarining yorqin koʻrinishlarini oʻylab topar va voqelikni bayon etishda oʻtmish bilan bogʻliq rishtalardan foydalanardi. Yaʼni, oʻquvchilar uning bir asaridagi qahramonini keyingi ijodiy namunalarda yana qayta uchratishdan hecham ajablanmasdilar, aksincha, bu turkum asarlardagi yaxlitlik hamda voqealardagi davomiylikni taʼminlardi.Fransuz yozuvchisi Andre Morua bu roman xususida shunday fikr bildiradi: “Aynan “Gorio ota” romanida Balzak tomonidan yaratilgan dunyo shu qadar ishonchli sifatlar kasb etadiki, ularni haqiqiy hayotdan farqlash qiyin boʻlib qoladi”.
Balzak zamondosh adiblarga ehtirom koʻrsatishda ham eʼtiborli edi. “XIX asr fransuz yozuvchilariga maktub”ida davlatga hukmronlik qilishda quroldan koʻra gʻoyaning roli ustunligini taʼkidlaydi, shu bilan birga, Yevropa ustidan qurol bilan emas, balki soʻz qudrati bilan hukmronlik oʻrnatishga daʼvat etadi. Adibning fikriga koʻra, “ijodning shirin mevasi besamar gʻaflatga olib keladi va yozuvchi uchun bundan hech qanday naf yoʻq”. Binobarin, adib butun umri davomida oʻziga cheklovlar qoʻyib, ijod borasida qoniqmaslik hissi bilan yashagan.
Onore de Balzak atrof-jamiyatni sinchkovlik bilan kuzatar ekan, boylikkaxirs qoʻygan burjua sinfining jirkanch qiyofasini, buzuq axloqini xolis talqin qila oldi. U inson ruhiyatining chuqur bilimdoni ham edi. Buni adibning barcha asarlarida kuzatamiz. Shuning uchun ham “buyuk insonshunos”ning bu salohiyati jahon adabiyotida yangi ijodiy oqim – tanqidiy realizmning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Balzak oʻzining “Inson komediyasi” turkumini yaratish bilan zamonasining hushyor ziyolisi, qalami oʻtkir satirik yozuvchi, bilimdon faylasuf sifatida ham jahon adabiyotida oʻchmas iz qoldirdi.Balzakning hayoti va ijod yoʻli mushkulotlar bilan toʻlib-toshgan. Oilaviy tashvishlar, ruhiy iztiroblar va tinimsiz mehnat adib sogʻligining yomonlashuviga sabab boʻldi.
1850 yilning erta bahori… Onore uzoq yillardan buyon xat yozishib yurgan mehribon doʻsti Evelina Ganskayaga uylanish niyatida Ukrainaga keldi. 14 mart kuni ularning nikoh marosimi boʻlib oʻtdi. Bundan xursand boʻlib, Balzak parijlik sirdosh doʻsti Zyulma Karro xonimga maktub yoʻllab, shunday deb yozadi: “Hayotda na baxtli bolalikdan, na navqiron yoshlikdan toʻyib bahra olish nasib etgan edi menga. Aftidan, umrimning qolgan qismi endi totli oʻtadigan koʻrinadi”.
Afsuslar boʻlsinki, bu baxt ham unga nasib etmadi. Kasali kun sayin zoʻrayib borgan adib rafiqasi bilan Parijga qaytdi va avgustning oʻn sakkizida adabiyot ahli buyuk yozuvchisidan ajralib qoldi. “Bugun fransuz xalqi uchun juda ogʻir kun boʻldi. Janob Balzak barcha buyuklarning buyugi, ulugʻ insonlarning ulugʻi edi… U yozib qoldirgan asarlar zamonamizni toʻliq va yorqin kartinalarda aks ettiruvchi hayot sahifasini tashkil etadi”, degan edi dafn marosimida soʻz olgan yozuvchi Viktor Gyugo chuqur qaygʻu bilan…


Download 14,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish