PISA
(inglizcha - Programme for International Student Assessment)
– turli davlatlarda 15 yoshli
o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda
qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
-
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda
birinchi marta qo‘llanilgan. Bu dastur boʻyicha har uch yilda oʻquvchilarning bilimini baholash
maqsadida sinovlar oʻtkaziladi. Hozirgi kungacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012,
2015 va 2018-yillar) PISA dasturi boʻyicha testlar oʻtkazilgan boʻlib, keyingi sinovlar 2021-yilda
boʻlishi rejalashtirilgan. Mamlakatimiz ham 2021-yildan bu dasturga qoʻshilishga tayyorgarlik
koʻrmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy
Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich
tashkilotlari faoliyat samaradorligini oshirish va takomillashtirish to‘g‘risida” gi 2020 yil
16-sentabrda
38-66 QQ
sonli qo‘shma qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston yoshlar
ittifoqining umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari to‘g‘risidagi Nizomi
yangi tahriri tasdiqlandi. Nizom 7 bobdan iborat.
-
1-bob Umumiy qoidalar,
-
2-bob Boshlang‘ich tashkilotning maqsad va vazifalari,
-
3-bob Boshlang‘ich tashkilotning huquq va majburiyatlari,
-
4-bob Boshlang‘ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasi,
-
5-bob yoshlar yetakchisi faoliyatini tashkil etish tartibi hamda yoshlar yetakchisining vazifasi va
vakolatlari,
-
6-bob Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash,
-
7-bob Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini to‘xtatish.
Boshlang‘ich tashkilotlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad-vazifalarini ta’lim
muassasasi miqyosida ro‘yobga chiqaradigan, ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar va 31 yoshgacha
bo‘lgan yosh o‘qituvchilarni o‘z atrofida birlashtiradigan, ularning manfaatlari va huquqlarini
himoya qiladigan eng quyi tuzilma hisoblanadi.
Boshlang‘ich tashkilot xayrihoh bo‘lgan 5 nafar yoshlarning tashabbusi bilan tuziladi.
Boshlang‘ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasi:
-
Umumiy yig‘ilish
-
Hisobot-saylov yig‘ilish
-
Boshlang‘ich tashkilot Kengashi
-
Sardorlar Kengashi
-
Sinf sardorlari
-
Boshlang‘ich tashkilot qoshidagi klublar
Umumiy yig‘ilish boshlang‘ich tashkilotning rahbar organi hisoblanadi.
-
RAHBARLAR HAQIDA MA’LUMOT:
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti: Mirziyoyev Shavkat Miromonovich
-
Bosh Vazir Aripov Abdulla Nigmatovich
-
Oliy majlis Senat raisi Norboyeva Tanzila Kamolovna
Qo‘llanma muallifi: Andijon viloyati Buloqboshi tuman 6-umumta’lim maktabi yoshlar yetakchisi Komilova Barno Odiljonovna
-
Xalq ta’limi Vaziri: Shermatov Sherzod Xatamovich
-
Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Basitxonova Elmira Irkinovna
-
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi – Jumaboyev Akmal Murodovich
-
“Kamalak” bolalar tashkiloti Respublika raisi – Xoldarova Indira Abdukarimovna
-
Andion viloyat hokimi- Abduraxmonov Shuxratbek Qo’shaqboyevich
-
Viloyat yoshlar ittifoqi raisi – Karimov Rasuljon Rafiq o’g’li
-
Viloyat “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi – Pozilov Nozimjon Qosimjon o’g’li
-
Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i- Mirkamilov Azizbek Zaynitdinovich
-
Buloqboshi tuman hokimi – Mamurov O’tkirbek Komiljonovich
-
Tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Tumanov Ixtiyor Abdukarimovich
-
Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi- Qayumov Bobirmirzo Bahodir o’g’li
-
Tuman Xalq ta’limi mudiri – O‘rmonov Yaxyobiddin Ortiqaliyevich
-
Maktab direktori- Jumaqova Dilbarxon Abdumo‘minovna
-
Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari-Shoabdullayeva Lazokat Orifbekovna
-
O‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari- Isomova Buraxima, Boymatova Naziraxon
-
yoshlar yetakchisi – Komilova Barno Odiljonovna
tashkiliy-yuridik jihatdan yoshlarni birlashtiruvchi nodavlat, notijorat tashkilotdir.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga
14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ixtiyoriy
ravishda a’zo bo’lishi mumkin.
Maqsadi:
yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni
jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning
huquqlari, erkinliklar va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning
ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijobiy salohiyatinni ro’yobga
chiqarishga ko’maklashishdan iboratdir.
O‘zbekiton yoshlar ittifoqi Ustavi 10 bobdan iboratdir.
1-bob: Umumiy qoidalar,
2-bob Ittifoqning maqsad va vazifalari,
3-bob Ittifoqning huquq va majburiyatlari,
4-bob Ittifoqqa a’zolik,
5-bob Ittifoqning rahbar organlari va ularning vakolatlari,
6-bob Ittifoqning tuzilmasi,
7-bob Ittifoqning mulki va pul mablag‘lari, ularni shakllantirish tartibi,
8-bob Ittifoqda hisob va hisobot,
9-bob Ittifoq Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi,
10-bob Ittifoqni qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Ittifoq o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining
“Nodavlat-notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” gi, “Nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari
to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi, qonunlari va nodavlat-notijorat tashkilotlari
faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda mazkur Ustavga muvofiq yuritadi.
Ittifoqning doimiy faoliyat ko’rsatuvchi rahbar organi joylashgan joy Toshkent shahri, Shayxontohur
tumani, A.Navoiy ko’chasi, 11-uy.
Ittifoqning to’liq nomi:
davlat tilida-O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Qo‘llanma muallifi: Andijon viloyati Buloqboshi tuman 6-umumta’lim maktabi yoshlar yetakchisi Komilova Barno Odiljonovna
rus tilida-Сoюз молодёжи Узбекистана
ingliz tilida- Youth union of Usbekistan.
Ittifoqning rahbar organlari: Qurultoy, Markaziy Kengash, Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi, Markaziy
nazorat-taftish komissiyasi.
Sardorlar Kengashi:
Sardorlar Kengashi yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkilotining o‘zini-o‘zi boshqarish
organi hisoblanadi.
Boshlang‘ich tashkilotlarning Sardorlar Kengashi umumiy o‘rta ta’lim muassasasining
4-7 sinflardagi 10-14 yoshdagi hamda 8-11 sinflardagi 14-18 yoshdagi yoshlar ittifoqi boshlang‘ich
tashkiloti va “Kamalak” bolalar tashkiloti a’zolari bo‘lgan o‘quvchilari, sinf sardorlari orasidan ovoz berish
yo’li bilan Sardorlar Kengashi saylovida bir yil muddatga saylanadi.
Boshlang‘ich tashkilotlarning Sardorlar Kengashi 14 kishidan iborat tarkibda saylanadi, ya’ni
8-11 sinflarda taxsil olayotgan o‘quvchilardan iborat 7 nafar sardor hamda 4-7 sinflarda taxsil olayotgan
o‘quvchilardan iborat 7 nafar sardor.
Yoshlar ittifoqi sardori
– 8-11 sinflarda boshlang‘ich tashkilot faoliyatining samarali tashkil etilishini
muvofiqlashtirib, 8-11 sinflardagi yoshlar ittifoqi sardorlari faoliyatiga rahbarlik qilish, ularning taklif-
tashabbuslarini yoshlar yetakchisiga olib chiqish kabi vazifalarni bajarish va o‘z yo’nalish faoliyatiga
sardorlik qilish:
“Kamalak” sardori
– 4-7 sinflarda boshlang‘ich tashkilot faoliyati samarali tashkil etishini
muvofiqlashtirish, 4-7 sinflardagi “Kamalak” sardorlar faoliyatiga rahbarlik qilish, ularning taklif va
tashabbuslarini yoshlar yetakchisiga olib chiqish kabi vazifalarni bajarish va o‘z yo‘nalishi faoliyatiga
sardorlik qilish;
“Ta’lim” yo‘nalishi sardori
– o‘quvchilar o’rtasida mustaqil olimpiadalar tashkil etish, shuningdek, ta’lim
muassasasida tashkil etilayotgan an’anaviy fan olimpiadalarining targ‘ibotchisi bo‘lish, tengdosh-
tengdoshga tamoyili asosida tashviqot ishlarini tashkil etish;
“Madaniyat” yo‘nalishi sardori
– tengdoshlari o‘rtasida madaniy tadbir va tanlovlar tashkil etish, milliy urf-
odat, an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylashga qaratilgan targ‘ibotlarni amalga oshirish.
“Imkon” yo‘nalish sardori
– imkoniyati cheklangan tengdoshlari holidan habar olish, mehr-saxovatni
targ’ib etishga qaratilgan turli xil aksiya va loyihalar o’tkazish.
“Ekologiya” yo‘nalishi sardori
– ekologiyani asrash va salomatlikni targ’ib etishga qaratilgan aksiyalarni
tashkil etish, tengdoshlari o‘rtasida atrof-muhit va salomatlikni asrashga oid tanlov va loyihalar o’tkazish.
“
Sport” yo‘nalishi sardori
– turli sport o’yinlari va sport festivallari tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlik
qilish, milliy xalq o‘yinlarining targ‘iboti bilan shug‘ullanish, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilish.
“Matbuot va media”
yo‘nalishi sardori – umumiy o‘rta ta’lim muassasasi hayoti, boshlang‘ich tashkilot
hamda Sardorlar Kengashi faoliyatini yoritib borish, ta’lim muassasasi matbuot xizmati faoliyatini yo‘lga
qo‘yish hamda yuritish, bolalar jurnalistikasini ommalashtirish, gazeta, jurnal hamda saytlarda maqolalar
chop etish, ta’lim muassasasi burchaklarini tashkil etishda tashabbuslar ko‘rsatish.
Sinflarda 4-7 sinflarda “Kamalak” sardori
8-11 sinflarda yoshlar ittifoqi sardori saylanadi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga homiyligida
“Kamalak” bolalar tashkiloti bor.
“
Kamalak” bolalar tashkilotiga
10 yoshdan 14 yoshgacha bolalalar qabul qilinadi.
“Kamalak” bolalar tashkiloti 2001-yil 23-mayda tashkil topgan.
“Kamalak” bolalar tashkiloti maqsadi:
bolalarni milliy g‘oyaga sodiqlik, Vatanga sadoqat ruhida
tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh-avlod huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning qobiliyatlarini
rivojlantirishdan iboratdir.
Tashkilot o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, “Bola huquqlari
to‘g‘risida” gi Konvensiya, “Bola huquqlari to‘g‘risida” gi qonun, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Ustavi
va “Kamalak” bolalar tashkiloti Nizomi asosida amalga oshiradi.
Tashkilotning bosh shiori:
“Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun”
tashkilotning to‘liq nomi:
o‘zbek tilida – “Kamalak” bolalar tashkilot
rus tilida- Детская организация «Камалак»
ingliz tilida – Children’s organization “Kamalak”
Qo‘llanma muallifi: Andijon viloyati Buloqboshi tuman 6-umumta’lim maktabi yoshlar yetakchisi Komilova Barno Odiljonovna
A’zolik talablari
-
namunali xulq-atvor
-
besabab dars qoldirmaslik
-
jamoat ishlarida faol bo‘lishi lozim
30-iyun
Do'stlaringiz bilan baham: |