I. Shartnoma predmeti
1.OMTT mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha huquqlarini taʼminlagan holda unga sifatli taʼlim–tarbiya berish, sogʼliqni muhofaza qilish va mustahkamlash, intellektual, ahloqiy, maʼnaviy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish majburiyatini, qonuniy vakil esa tarbiyalanuvchini OMTTdagi tegishli guruh tarbiyachisiga topshirish, tarbiyalanuvchini OMTTda saqlash uchun ota-onalarning toʼlovini oʼz vaqtida amalga oshirish va OMTTning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi. Tarbiyalanuvchini OMTTda saqlash vaqti soatini tashkil qildi.
2.OMTTda bolalarni saqlash uchun toʼlanadigan tushumlar boshqa byudjet mablagʼlari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan taʼminlash hamda OMTTning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, avvalambor, sanitariya-gigiena vositalari va boshqa inventarlar xarid qilishga yoʼnaltiriladi.
Bunda OMTTning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yoʼnaltiriladigan mablagʼlar miqdori jami yil davomida ota-onalar toʼlovidan tushgan mablagʼlarning 5 foizidan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |