Saqlash vazirligi


Dorixonada nazorat analitik xonalari hamda stollarning tartibi va uskunalari



Download 301,64 Kb.
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi301,64 Kb.
#233486
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
muslima

3.2. Dorixonada nazorat analitik xonalari hamda stollarning tartibi va uskunalari

0 ‘zbekiston Respubiikasi SogMiqni saqlash vazirligining 2002-

yil 29-dekabr 583-sonli buyrug‘i «Dorixona muassasalarida

tayyorlangan dori turlarining sifatini baholash b o ‘yicha qoMlan-

ma»ni tasdiqlash to ‘g‘risidadir. Ushbu qoMlanma dorixona muassa­

salarida tayyorlanadigan, qadoqlanadigan dori turlarining sifatini

baholash va yo‘l qo‘yilishi mumkin boMgan og‘ish m e’yorlarini

belgilaydi hamda dorixona muassasalarida ko‘rsatma sifatida

foydalaniladi.

Dorixonalarda dori vositalarining sifatini nazorat qilish

ishlarini olib borish uchun nazorat-analitik xonalari tashkil etiladi.

Nazorat-analitik xonalarida analitik stollar boMib, ular kerakli

tartibda jihozlanishi shart. Stollar oldida aylanma vertushkalar

ularda esa shtanglaslar, shtanglaslarda kerakli reaktivlar boMadi.

Stollarda byuretkalar va zarur boMgan eritmalar turishi shart.

Bundan tashqari davlat farmakopeyasining oxirgi nashri va boshqa

m e’yoriy hujjatlari boMishi lozim.

Dorixonada tayyorlangan dori vositalarining sifatini nazorat

qiluvchi farmatsevt-analitik, farmatsevt-texnologlarning huquq

va burchlari:

— dorixonada tayyorlangan dorilaming sifatini nazorat qilish;

— dori vositalaridan b o ‘shagan shtanglaslarini o‘zi vaqtida

to ‘ldirib turish;

— assistentlar xonasida dori vositalarining amaldagi belgilan­

gan qoidalarga binoan to ‘g‘ri saqlanishini ta ’minlab turish;

— qadoqlovchilaming ish jarayonlariga rahbarlik qilish;

— qadoqlovchilaming o ‘rtalaridagi vazifalarini taqsimlab

berish.


Dorixonada tayyorlangan dorilar sifatini oshirishni ta’minlay-

digan quyidagi omillarga alohida e’tibor berish kerak:

— dori vositalarini qabul qilish jarayonida ularni diqqat bilan

tekshirib, sifat yuzasidan shubha tu g ‘ilsa, n azo rat-an alitik

laboratoriyasiga yuborish;

— amaldagi buyruqlar, talablarga muvofiq dorixonada sanitariya

va farmatsevtika tartiblariga rioya qilish;

— ishlab chiqarishda ishlatiladigan apparat, asbob-uskunalar-

ning aniq, to ‘g‘ri ishlashini ta ’minlash;

— dorixonada dori vositalarining fizik-kimyoviy xossalarini

yaroqlilik muddatini e ’tiborga olib, muayyan shart-sharoitlarda

saqlash ( 0 ‘zbekiston Respubiikasi Sogiiqni saqlash vazirligining

2000-yil 10-martdagi 109-sonli buyrug‘i «Dori vositalari tibbiyot

buyumlarining yaroqlilik muddati to ‘g‘risida»);

— dori moddalari bilan toMdirilgan shtanglaslardagi yorliqlarda

tegishli yozuvlarning bo'lishini nazorat qilish;

— dorixonada kelib tushgan retseptlarni yoki talabnomalami

to ‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirish va dorilami tayyorlash

texnologiyasi qoidalariga amal qilish kabilardir.

Yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalari, tez buziluvchi

va turg'un boMmagan preparatlar, konsentratlar, yarim fabrikatlar-

ning sifatini va miqdorini nazorat qilish 0 ‘zbekiston Respubiikasi

SogMiqni saqlash vazirligining 21-aprel 2000-yilda tasdiqlangan 195-

sonli (Dorixona sharoitlarida tayyorlanadigan dori yositalarining

sifatini yaxshilash haqida) buyrug’iga muvofiq dorixonalarda

tayyorlanadigan dori vositalarining sifatini nazorat qilishning

quyidagi turlari mavjud: yozma, orgonoleptik, og‘zaki, fizikaviy

va kimyoviy nazorat.

Bundan tashqari qabul qilish nazorati ham mavjud. Qabul

qilish nazoratida dorixonaga kelib tushgan dori vositalarining qadoq-

lanishi, markirovkasi va tashqi ko'rinishi tekshiriladi. Agar shubha

tug‘ilsa, bu dori vositasi nazorat tahlil laboratoriyasiga jo ‘natiladi.

Yozma nazorat. Farmatsevt tomonidan tayyorlangan dori

vositasi uchun alohida pasport toMdiriladi. Pasportda sana, retsept

yoki talabnomaning nomeri va har bir ingrediyentning nomi hamda

miqdori, olingan dozalarining soni yoziladi. Pasportda tayyorlagan,

qadoqlagan va tekshirgan shaxslaming imzosi boMishi shart.

Ushbu nazorat turidan dorixonada tayyorlanadigan barcha dori

shakllari o‘tishi lozim.

Agar d o ri vositasi y arim fab rik at yoki k o sen tratlard an

tayyorlansa, pasportda olingan miqdori va ulaming konsentrasiyasi

ko‘rsatiladi. Poroshoklar, shamchalar tayyorlanganda esa har bir

ingrediyentning massasi va ulaming miqdori qayd etiladi. Pasport

bir oy davomida saqlanadi.

Organoleptik nazorat. Bu nazoratda dori vositasining tashqi

ko‘rinishi, rangi, hidi, ta ’mi, bir xil aralashganligi mexanik

aralashmalaming yo‘qligi tekshiriladi.

Kattalarga tayyorlangan ichish uchun dori vositalarining b a’zi

birlari, bolalarga tayyorlangan ichish uchun dori vositalarining

hammasining ta ’mi tekshiriladi.

Og‘zaki nazorat. Bunda farmatsevt-texnolog dori vositasining

tarkibiga kiruvchi birinchi ingrediyentning nomini aytadi. Boshqa

murakkab dori aralashmalarida esa farmatsevt ingrediyentlarining

nomi va miqdorini esida qolgani bo‘yicha ko‘rsatadi. Ushbu nazorat

turi ayrim dori vositalarida o'tkaziladi. Og'zaki nazorat 5 ta dori

shakli tayyorlanib boMingach olib boriladi.

Fizikaviy nazorat. Bu nazoratda dori shaklining hajmi va

umumiy massasi tekshiriladi. Dorixonada tayyorlanadigan va

qadoqlanadigan dori vositasining har bir seriyasi, yakka tartibda

tayyorlanadigan dori vositalarining b a’zilari, sterilizatsiya talab

qiladigan dori shakllari, sterilizatsiyaga qadar qadoqlangandan

so‘ng fizikaviy nazoratdan o'tadi.

Kimyoviy nazorat. Bunda dori vositalarining (sifatining tahlili)

chinligi va miqdori tekshiriladi.

Dorixonada quyidagi dori vositalarining sifati tekshiriladi:

1) dorixonada qadoqlanadigan dori vositalarining har bir

seriyalari;

2) yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalarining ba’zi

birlari (0,1% farmatsevt analitik lavozimi boMsa, 0,3% farmatsevt

analitik lavozimi boMmasa);

3) barcha konsentratlar, yarimfabrikatlaming har bir seriyalari;

4) shtanglaslardagi va byuretka qurilmalaridagi dori vositalari;

5) omborxonadan dorixonaga keltirilgan dori vositalarining

ba’zilari;

6) tozalangan suv (xloridlar, sulfatlar, kalsiy tuzlarining yo'qligi).

Dorixonada quyidagi dori vositalarining sifati va miqdori

tekshiriladi:

1) barcha in’eksiya uchun tayyorlanadigan dori vositalari

(sterilizatsiyaga qadarva undan so‘ng);

2) tarkibida giyohvand va kuchli ta ’sir etuvchi moddalar

saqlagan hamda ko‘z kasalliklarida ishlatiladigan dori vositalari

(tomchilar, surtmalar);

3) atropin sulfat, kumush nitrat, xlorid kislotasi eritmalari

(ichish uchun);

4) barcha konsentrat va yarimfabrikatlar;

5) dorixonada tayyorlanadigan barcha dori vositalarining har

bir seriyalari;

6) stabilizatorlar;

7) etil spirtining konsentratsiyasi.

Dorixonada tayyorlangan dorilaming sifatini nazorat qilib

Bo’lingach, ularning natijalari tegishli hujjatlarda qayd etiladi


Download 301,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish