O’zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligininig 2020 yil______
dagi -sonli buyrug'ining ____ -ilovasi bilan fan dasturi ro'yxati tasdiqlangan.
Fan dasturi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi tibbiyot
oliy va o’rta maxsus kasb-hunar ta'lim muassasalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi
kengashning 2020 yil «______» dagi « -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Sog’liqni saqlash vazirligining Toshkеnt farmatsеvtika Institutida ishlab
chiqilgan
Tuzuvchilar:
Yo.S.
Kariyeva
N.M.Rizayeva
N.Sh.Radjapova
- Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri, f.f.d.,
professor
- Dori turlari texnologiyai kafedrasi dotsenti, f.f.n.,
- Dori turlari texnologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
M.A.Mamatxanova
V.R.
Xaydarov
- O`zR FA O’simlik moddalar kimyosi instituti
katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi.
- Toshfarmi,
“Dori
vositalarining
sanoat
texnologiyasi”
kafedrasi mudiri, f.f.n., professor
Fan dasturi Toshkent farmatsevtika Institut Kengashida ko’rib chiqilgan
va tavsiya qilingan (2020 yil “_____” ____ dagi -sonli bayonnoma)
I. O`quv fanining dolzarbligi va ahamiyati, oliy kasbiy ta'limdagi o`rni
Ushbu fan dasturi O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining asosiy
maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va
ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashdir. Oliy farmatsevtika ta’lim
tizimida “Farmatsevtik texnologiya” fani muhim o’rin egallaydi hamda
yuqori malakali kadrlarni
tayyorlashda asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Mazkur tayyorlangan dastur O`zR Prezidentining
“O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi
2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son farmoni va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim
vazirligining “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 fevraldagi 81-sonli buyrug`ida
belgilangan vazifalar hamda xorijiy adibiyotlardan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan.
Ushbu dasturda farmatsevtik texnologiya fanini ta’rifi, uning maqsadi va vazifalari, fan
bo‘yicha
talabalarning bilimiga, o‘quv ko‘nikmasiga qo‘yiladigan
talablar, ma’lum maqsadga
qaratilgan masalalari mutaxassislik fanlarning o‘zaro bog‘liqligi, hozirgi
zamon tibbiyotida dori
preparatlarining tutgan o‘rni, dori turlari texnologiyasida farmatsevtik texnologiya asoslarini
mukammallashtirish omillari, dorixonada dori tayyorlashda xom ashyoga bo‘lgan talablar, dori
tayyorlash xonalariga, ishlovchi mutaxassislarga dorixonada tayyorlanadigan dori turlarini sifatini
me’yorlashda alohida e’tibor berish ko‘rsatib o‘tilgan.
Dasturda dorixona sharoitida ishlab chiqariladigan dori turlarini
tayyorlash usullari asosiy
o‘rin tutadi. Dori ishlab chiqarishda dorixona sharoitlari va ularni tashkillashtirish belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: