Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Dispersion usulda suspenziyalar tayyorlash



Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/444
Sana05.04.2023
Hajmi7,28 Mb.
#925309
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   444
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya (1)

Dispersion usulda suspenziyalar tayyorlash 
Gidrofil bukmaydigan moddalardan suspenziya tayyorlash
Gidrofil bukmaydigan moddalardan (vismut nitrat asosi, rux oksidi, magniy oksidi, magniy 
karbonat, ok gil, kraxmal, talk) suspenziyalar tayyorlashda ularni professor B.V. Deryagin 
koidasiga kura maydalanadi. Bunda 1 g modda 0,4—0,6 ml suyuqlik bilan dispergirlanadi. Hosil 
bo‘lgan butkaga 10—20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shib yaxshilab hovoncha dastasi bilan 
aralashtiriladi. Aralashma 2—3 daqiqa tindiriladi. Ustki qismi idishga solinadi, chukmasi esa 
yana maydalanib ustiga yana 10—20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shiladi va yuqoridagi jarayon 
takrorlanadi.
Rp.: Bismuthi subnitratis 4,0
Aq. Menthae piperitae 200 ml
M.D.S. Ichish uchun.
Vismut nitrat asosi 1,5—2 ml yalpiz suvi bilan hovonchada maydalanadi. Hosil bo‘lgan 
pulpa 40 ml yalpiz suvi bilan suyultiriladi (aralashtirib turgan holda). 2—3 minutga qoldiriladi. 
So‘ng ustki qismi shisha idishga solinadi. Tagidagi chukma yana 40 ml yalpiz suvi bilan 
aralashtiriladi. Bu jarayon chukma tugaguncha davom ettiriladi. «Ishlatishdan oldin 
chayqatilsin» deb ezilgan yorliq
21
yopishtiriladi.
Rp.: Zinci oxydi 1,5
Hexamethylentetramini 1,0
Aquae purificatae 120 ml
M.D.S. Sirtga qo‘llash uchun.
Rux oksidi miqdori 3% dan kam bo‘lgani uchun suspenziya og‘irlik — hajm usulida 
tayyorlanadi. Dastlab yordamchi idishga 110 ml tozalangan suv 10 ml geksametilentetramin 
eritmasi (1:10) solib eritma tayyorlanadi. Hovonchaga 1,5 g rux oksidi solib 0,75 ml eritma bilan 
aralashtirib maydalanadi (Deryagin qoidasiga ko‘ra). So‘ngra 15 ml (10 barobar ko‘p) eritma 
qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. 2—3 daqiqa tindirilib, ustki qismi idishga solinadi. CHukma 
yana maydalanib, ustiga 15 ml eritma qo‘shib aralashtiriladi. Yana 2—3 minutga qoldirilib, ustki 
qismi idishga solinadi. Bu jarayon rux oksidi qolmaguncha takrorlanadi. Suspenziyaga 
«Ishlatishdan oldin chayqatilsin», «Sirtga qo‘llash uchun» deb ezilgan yorliq epishtiriladi.
Rp.: Extracti Belladonnae 0,1
Bismuthi subnitratis 2,0
Aq. purif.100 ml
M.D.S. 1 desert qoshiqdan 3 mahal
Dastlab quyuq ekstraktning suvli eritmasi tayyorlab olinadi. So‘ngra yuqoridagi retsept 
texnologiyasi buyicha suspenziya tayyorlanadi.
Rp.: Zinci oxydi 20,0
Talci 20,0
Glycerini 30,0
Aq. purif. 100 ml
M.D.S. Sirtga.
Bu retseptda quruq modda miqdori 3% dan ko‘p bo‘lgani uchun suspenziya og‘irlik 
usulida tayyorlanadi.
Hovonchada rux oksidi, talk aralashtiriladi va 20 g glitserin bilan dispergirlanadi. So‘ng 
qolgan glitserin solinadi va oz-ozdan suv qo‘shib shisha idishga yana chayib solinadi.
21
Allen L., Ansel H. Pharmaceutical Dosage Forms and Drug Dilevery Systems he 10th ed. Philadelphia-
Baltimore-NY, 2014.(365 р)


Rp.: Magnesii trisilicati 5,0
Magnesii carbonatis light 5,0
Natrii bicarbonatii 5,0
Peppermint aqua 2,5 ml
Aq. purif. ad. 180 ml
M.D.S. Ichish uchun.
Pasporti: Magniy trisilikat-5 g
Magniy karbonat-5 g
Natriya gidrokarbonat-5 g
Yalpizli suv 2,5 ml
Tozalangan suv 100-5-5-5-2,5=82,5ml
M um=100 g
Havonchada quruq moddalar yaxshilab eziladi, so‘ngra 7,5 ml tozalangan suvi bilan 
hovonchada yaxshilab bo‘tqasimon massa xosil bo‘lguncha maydalanadi. Hosil bo‘lgan pulpa 
tozalangan suv bilan suyultiriladi (aralashtirib turgan holda). 2—3 minutga qoldiriladi. So‘ng 
ustki qismi shisha idishga solinadi. Havonchadagi cho‘kma yana tozalangan suv bilan 
aralashtiriladi. Bu jarayon cho‘kma tugaguncha davom ettiriladi. Eng oxirida yalpizli suv 
qo‘shib, «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb ezilgan yorliq yopishtiriladi.
22
Bu gidrofil xususiyatli moddalar bilan suspenziyalar tayyorlashga misol bo‘ladi.
Gidrofil bo‘kuvchi moddalarga tanalbin, tealbin, sanalbinlar kiradi. Bunday moddalardan 
suspenziya tayyorlashda ularni quruq holda maydalab olish zarur.

Download 7,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish