Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/444
Sana05.04.2023
Hajmi7,28 Mb.
#925309
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   444
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya (1)

Kombinirlangan tipdagi surtmalar.
Dori vositasining terapevtik ta’siriga tayyorlash texnologik jarayoni jiddiy ta’sir 
ko’rsatib, bunda dori moddasining eruvchanligi, kristall holati o’zgarishiga olib keladi. 
Dorixona retseptura sharoitida murakkab tarkibli surtmalar uchrab to’rib, tarkibda dori 
moddasi asosda erish xususiyatiga ega bo’lib, erituvchida esa erimaslik yoki aks holatlar 
uchrab to’radi. Bunday surtma dorilarni tayyorlashda suspenzion - emulsion aralash turdagi 
surtma dorilarni tayyoriash tavsiya etiladi. Aralash turdagi surtma dori turi bu ko’p fazali 
surtma bo’lib, uning tarkibida bir vaqtda dori moddalar erigan holda, suspenziya hamda 
emulsiya holida bo’lishi mumkin. Aralash turdagi surtma dorilarni tayyorlashda qatttiq fazani 
asosga kiritish bilan amalga oshirilib emulsiya surtmasi tayyoriash bilan davom ettiriladi. 
Bunda birinchidan qatttiq fazani moysimon surtma asosiga aralashtirilib, keyin emulsiyalash 


fazasida tarqaladi. Bundan tashqari qattiq faza gidrofil xossaga ega bo’lsa, oldin suvli 
suyuqlikda ho’llash bilan texnologik jarayonini qulaylashtirish mumkin. Bunda suvli 
suspenziyani surtma asosiga aralashtirib quyidagi sistemani, yani suvli emulsiya, yogli 
suspenziya holatida amalga oshirish mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aralash turdagi surtma dorilarni tayyorlash surtma 
tarkibiga kiruvchi dori moddasining fizik- kimyoviy hossalari hisobga olingan holda 
suspenzion hamda emulsion turdagi surtma dorilarni tayyorlash qoidalaridan foydalaniladi va 
quyidagi texnologik jarayonlar bajariladi:
1.
asosni tayyorlash;
2.
suvli faza -dori moddalarning suvli eritmasini tayyorlash;
3.
emulsiyalash;
4.
qattiq dori moddalarini kiritish;
5.
gomogenlashtirish;
Surtmalar magistral dorixati murakkab tarkiblardan tuzilgan bo’lib, ularda dori moddalar 
asosda eritilib, kukunsimon holda va dori moddalarning suvli eritmalari holida aralashib kelishi 
mumkin. Bunday murakkab tizimli tarkibni tayyorlash oddiy tizimdagi surtmalar texnologiyasi 
prinsipida olib boriladi.
Kombinirlangan surtmalar tayyorlashda, ko’p komponеntli surtmalar tеxnologiyasiga amal 
qilinadi, tayyor suspеnzion, emulsion yoki gomogеn surtmalar eng oxirida aralashtiriladi, bu o’z 
navbatida surtmaning turg’unligini ta'minlaydi. 
Rp.: Unq. Acidi borici 3% 25,0
Liq Burovi 5,0
M.f.unq.
D.S. Zamburug’li teri kasalliklarida
Yozilgan surtma suspenziya-emulsiya tipiga kiradi. 0,75 g borat kislota 0,5 g vazelin moyi 
bilan disperslanadi, shundan so’ng vazelin bilan eziladi. Tayyor surtmaga oz-ozdan Burov 
suyuqligi qo’shib aralashtiriladi, bunda dag’al emulsiya hosil bo’ladi. Shu sababli surtilganda 
antiseptik va sovituvchi ta’siri tezroq ro’yobga chiqadi.
Rp.: Mentholi
Cocaini hydrochloridi aa 0,1
Sol.Adrenalini hydrochloridi 1:1000 qtt XX
Zinci oxydi 0,5
Lanolini
Vaselini aa 10,0
Ol.vaselini 5,0
M.f.unq.
D.S.
Mentol yog’da eriydi, uni surtmaga eritma tipida kiritiladi. Kokain va adrenalin gidroxlorid 
suvda eriydi: Ularni emulsion surtma tayyorlash qoidasi bo’yicha kiritiladi. Rux oksid suvda ham, 
yog’da ham erimaydi, uni trituratsion surtmalar tayyorlash qoidasi bo’yicha qo’shiladi. Mentolni 
suyuq parafinda chinni kosachada sekin qizdirib eritiladi. Rux oksidini mayda kukun qilib bir 
necha tomchi mentolli eritma tomizilib eziladi va oldindan tayyorlangan surtma asosi aralashmasi 
(vazelin va lanolin aralashmasi) qo’shiladi. Oxirida suyuq parafindagi mentol eritmasini 
aralashtiriladi. Havonchaning dastasi bilan surtmada chuqurcha qilinib, unga adrenalin gidroxlorid 
eritmasi tomiziladi, so’ng unga kokain gidroxlorid qo’shiladi. U eriganidan so’ng surtma yaxshilab 
aralashtiriladi.

Download 7,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish