Tozalangan suv 100 ml x 1,3 - 130 ml
Dorixatda ko‘rsatilgan Gulxayri ildizidan 100,0 shilimshi- tayyorlash uchun (dorixatda
shilimshi-, kaynatma deb yozilgan bo‘lsa ham, baribir shilimshi- tayyolab beriladi ) IX DF da
ko‘rsatilganidek , idishga 6,5 g maydalangan ildizdan solib , ustiga 130 ml uy xaroratidagi suv
kuyiladi va uy xaroratidagi joyga 30 minut kuyib ko‘yiladi , xamda vaqti – vaqti
bilan
aralashtirib turiladi. So‘ngra tayyor damlamani suzib, -oldi-ni si-masdan 100 ml gacha suv
ko‘shiladi.
Gulxayri ildizidan olinadigan ajratmani konsentratsiyasiga qarab Ksarf o‘zgaradi. Har
birini aloxida tajriba yo‘li bilan topilib, jadvalda ko‘rsatilgan.
Konsentratsiya 1: 100 Ksarf - 1,05
100 - 1,1
100 - 1,15
100 - 1,2
100 - 1,3
Tabobatda gulxayri ildizi ajratmasini sil, bronxial astma, yo‘tal va kukrak ogrigida o‘rab
oluvchi, yumshatuvchi, balg‘am kuchiruvchi sifatida ishlatiladi.
Gulxayri ildizidan tashqari uni ekstrakti va kukunidan foydalaniladi, bu holda Ksarf dan
foydalaniladi.
Rp: Infusi radicis Althaeae 100, 0
D.S
Pasport: Gulxayri ildizi ekstrakti 1:20 -5g
Tozalangan suv 100ml
Gulxayri ildizi kukuni miqdor iga nisbatan 4 marta ko‘p suv bilan bir xil bo‘t-asimon
massa xosil bo‘lguncha aralashtiriladi va qolgan suvni oz - ozdan qo‘shiladi va tindirish uchun
qoldiriladi . Bunda kraxmal bo‘kib, cho‘kmaga tushadi, shilimshiq
moddalar esa ajratmada
qoladi. Tindirish vaqti ajratmani konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan: 1% shilimshiq uchun -30 min.
2% shilimshiq uchun - 70 min.
3% shilimshiq uchun - 250 min.
4% shilimshiq uchun - 260 min. va x.k
Zigir urug‘i shilimshigi.
Rp.: Mucilagenis semenis Lini 90,0
D.S
Zigir urug‘i shilimshig‘i konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, VIII DF buyicha 1:30
nisbatda tayyorlanadi. Zig‘ir urug‘i tarkibida 6% shilimshiq , 35% gacha moy saqlaydi (kraxmal
saklaydi). SHilimshiq moddalar urug‘ining yuz qavatida joylashgan, shuning uchun zig‘ir urug‘i
maydalanmaydi. Agar maydalab tayyorlasak, u holda ajratmaga bo‘yovchi moddalar, oqsil va
moy kislotalarni o‘tishi hisobiga yoqimsiz maza hosil bo‘ladi.
3 gr zig‘ir urug‘ini sovuq suv bilan yuvib, shisha idishga 90
ml qaynoq suvda, og‘zini
berkitib 15 min. davomida chayqatiladi, so‘ng ikki qavat doka orqali suziladi, jihozlanadi.
Salep tuganagi shilimshig‘i.
Rp.: Mucilaginis Salep 100,0
D.S.
Salep tuganagi shilimshig‘ini 1:100 nisbatda tayyorlanadi. Salep tuganagi tarkibida 50%
gacha shilimshiq , 25% kraxmal va dekstrin saqlaydi. SHilimshiq moddasi asosan YUMB
kleaksan degan uglevoddan iborat.
Abu Rayxon Beruniyning «Saydana» asarida bu o‘simlikni
kam quvvatli va mijoz
sustligi, sil davosi, keksalarni quvvatga kiritish, shuningdek qon oqishini to‘xtatish, qoni
tozalashda foydalanishni tavsiya etgan. Salep shilimshig‘i zararli moddalarni me‘da ichak
yo‘lida surilib o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Uni uzoq vaqt kasallikdan turgan bemorlarga,
ularni
quvvatga kirgizish uchun beriladi.
Pasport: Salep tuganagi kukuni – 1g
Etil spirti 90% – 1ml
Sovu- suv - 10 ml
Kayno- suv - 88 ml
1g Salep tugunagi kukunini 1 ml etil spirti bilan aralashtiriladi, bu kukun xujayralar
orasidagi xavoni si-ib chikarib, ularni bir biriga yopishib kolishini oldini oladi, so‘ng 10 ml
sovuq suvni YUMB ni bo‘kishi uchun qo‘shib aralashtiramiz va oxirida 88
ml qaynagan suv
qo‘shib aralashtiriladi va sovishini sekinlashtirish uchun biror mato bilan o‘rab, soviguncha
ajratmani aralashtiriladi va dokadan suzib o‘tkaziladi. Bunda shilimshiq bilan birga kraxmal ham
ajralib chi-adi va kerakli yorlik bilan jihozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: