2.3. O’qitish jarayonini tashkil qilishda pedagogik-psixologik
yondashuvlar
O’qitishjarayonida pedagogik-psixologik yondashuvlarning asosi
konstruktivizm nazariyasi (J.Dyui), bola intellektining rivojlanishi
nazariyasi (J.Piaje), eng yaqin rivojlanish sohasi nazariyasi (L.S.Vigotskiy),
intellekt
ko’pligi
nazariyasi
(G.Gardner)
hamda
o’quvmaqsadlari
taksonomiyasi (B.Blum) haqidagi ma’lumotlardan iborat bo’lib, ularni bilish
va amalda foydalanish har bir o’qituvchiga o’z pedagogik mahoratini
takomillashtirish uchun zarur.
Konstruktivizm nazariyasi.
K
onstruktivizm
nazariyasi amerikalik
pedagog Jon Dyui tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, psixolog Jan Piaje shu
yo’nalishdagi tadqiqotlarni davom ettirgan. Konstruktivizm so’nggi yillar
davomida pedagogikada nazariy hamda amaliy yo’nalish sifatida
ommalashdi. Unga ko’ra ta’lim o’quvchining fikrlash faoliyati yordamida
bilim yaratiladigan jarayon hisoblanib, hyech kim hech kimni hech narsaga
o’rgata olmaydi, o’quvchi o’zi o’rganishi kerak. Ta’lim odamlar o’z tajribasi
asosida bilimlarni yaratadigan faol jarayon. Odamlar g’oyalarni tayyor
holda olmaydilar, ularni yaratadilar. J.Piajening fikricha “bola o’z
intellektining me’mori” bo’lib, o’qituvchi o’quvchilarning o’qishiga
yordamlashuvchi rahbar sanaladi.
J.Dyui
nazariyasiga
ko’ra
esa,
bolaning
bilish
faolligi,
qiziquvchanligi uning to’liq aqliy rivojlanishi va ta’lim olishi uchun
batamom yetarli deb hisoblanadi. Ta’lim jarayoni, asosan, bolaning mustaqil
ta’lim olish va mustaqil takomillashuv ko’nikmalari rivojlanadigan mehnat
va o’yin faoliyati sifatida o’tishi kerak.
Bola tajriba va bilimni muammoli ta’lim muxitini tadqiq qilish, turli
maketlar, sxemalar tayyorlash, tajribalar o’tkazish, bahsli savollarga
javoblar topish va umuman, xususiydan umumiyga qarab chiqish, ya’ni
bilishning induktiv metodini qo’llash jarayonida “amalda bajarish” yo’li
bilan o’rganishi lozim. Bu pedagogik konsepsiya “instrumental pedagogika”
nomini olgan.
54
Bolaga stixiyali izlanishlar yo’li xos va bu uning uchun eng tabiiy
yo’l. Bola mustaqil tadqiqot jarayonida narsalar va hodisalarning
xususiyatlari va qadriyatlarni o’zi uchunkashf qilishi zarur, pedagog esa
faqat bolaning savollariga, agar savollar bo’lsa, javob berishi mumkin.
Bilimlarni ta’lim oluvchiga tayyor holda berib bo’lmaydi, har kim
o’z hayoti davomida o’zining atrof-muhitni tushunishini konstruksiyalaydi.
Aynan shuning uchun har kim o’z dunyoqarashi, e’tiqodlari bilan
betakrordir.
Konstruktivizm bola tomonidan yangi bilimlarni o’rganish bo’yichao’z
tajribasi, bilimlari bilan tashqi, noma’lum reallik orasidagi bilish ziddiyatini
yengib o’tish jarayonini ifodalaydi.
Konstruktivist o’qituvchi dars beruvchi o’qituvchi emas, u ta’lim
oluvchilarning muammoli yo’naltirilgan tadqiqot faoliyatiga konsultant,
tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi hisoblanadi. U o’quvchilarning mustaqil
aqliy faoliyati uchun sharoitlar yaratadi va ularning tashabbuslarini har
tomonlama qo’llab-quvvatlaydi. O’quvchilar esa o’z navbatida, ta’lim
jarayonining to’la xuquqli ishtirokchilari bo’lib qoladilar va ta’lim jarayoni
hamda natijalari uchun o’qituvchibilan birga javobgar bo’ladilar.
O’qituvchi dars maqsadlarini belgilashda tasniflang, asoslab bering,
tekshirib ko’ring, umumlashtiring, tahlil qiling, bashorat qiling, baholang,
modelini yasab ko’ring va shu kabi faoliyat atamalaridan foydalanadi.
Ta’lim maqsadlarini hamda o’quv muammolari va vazifalarini shunday
belgilash o’quvchilarning dars materiali bo’yicha chuqurroq fikrlashi, ularni
mazmunli
bahs-munozaraga
jalb
qilish,
o’z
nuqtai-nazarlarini,
mulohazalarini va taxminlarini aytish motivlarini shakllantiradi.
XX
asr oxirida ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishga mo’ljallangan faol muammoli va izlanishli ta’lim metodlari
va
shakllarining
ommaviy
rivojlanishi
munosabati
bilan
J.Dyui
rivojlantiruvchya tanqidiy fikrlashni shakllantirish tamoyillari va metodikasini
ishlab chiqdi. Ushbu tamoyillar quyidagilar:
—
ko’p ma’nolilikka ega bo’lish kerak, ya’ni tushunchalar,
nazariyalarni so’zlar, rasmlar, matematik ifodalar yordamida bera olish,
istalgan konsepsiyani o’z so’zlari yoki simvollar bilan aniq bera olish zarur;
55
—
axborotni zichlashtira olish va umumlashtira olish. Samarali
umumlashtirish 10 mingta so’z bilan ifodalash mumkin bo’lgan suratga
o’xshaydi. O’quvchilarni o’zlari uchun qulay va tejamli bo’lgan tuzilmalar,
konseptual karta va sxemalar yaratishga o’rgatish kerak;
—
abstrakt fikrlay olish, konkret fikrlashdan chetlashgan holda;
—
istalgan hodisaning bosh, yetakchi tamoyillarini topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |