Montessori pedagogikasi.
Italiyalik pedagog va shifokor Mariya
Montessori tomonidan XX-asrning birinchi yarmida taklif qilingan
pedagogik tizim va metodlar majmui bugungi kungacha o’z ahamiyatini
yo’qotmagan. Uning tizimi erkin tarbiya g’oyalariga asoslangan bo’lib,
insonparvarlik pedagogikasiga tegishlidir. Bunda didaktik mashg’ulotlar
va maxsus tashkillashtirilgan muhit yordamida bolaning sensor tarbiyasi
(sezgi a’zolarini rivojlantirish)ga muhim e’tibor beriladi.
Tizimning asosiy prinsiplari: bolaning mustaqilligi, individualligi,
belgilangan chegaralarda erkinlik, uning tabiiy psixologik, jismoniy
va ijtimoiy rivojlanishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |