Mustaqil fikrlash –
shaxsning shunday qobiliyatiki, u tufayli odam
narsa va hodisalar xususida o’z qarashi va nostandart yechimlarga
ega bo’ladi. Masalan: aniq predmet ruchkaning nima ekanligini va
nima maqsadda undan foydalanish mumkinligini ko’pchilik biladi.
Bu – yozuv quroli. Lekin, mustaqil nostandart tafakkurga erk berilsa,
uning ko’rsatkich sifati, yoki sanoq tayoqchasi sifati yoki g’altakka
o’xshatib ip o’rash mumkinligi kabi o’nlab funksiyalarini sanab
berish mumkin. Demak, mustaqil fikr insonning narsa va hodisalar,
jamiyatda ro’y berayotgan voqyealarning mohiyati xususida o’z
qarashlari bo’lishini taqozo etadi, uning bilish va anglash imkoniyatlari
chegarasini kengaytiradi.
O’qitishning hozirgi jarayoni tahlili psixolog va pedagoglarning
fikrlash muammoli vaziyat, kutilmagan xayrat va mahliyo bo’lish
(kognitiv dissonans)dan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin
ekanligini ko’rsatadi. O’qitish sharoitida insonning o’sha psixik,
emotsional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun
o’ziga xos turtki vazifasini bajaradi. Muammoli vaziyat muayyan
pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o’ziga xos
o’qitishsharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o’rganilgan mavzular
xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning
maxsus usullarini ishlab chiqish zarur.
Shunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki “fikr
yo’lidagi kutilmagan to’siq” bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati
emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik
holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o’zlashtirilgan bilim izlari va
yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat
usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan
bog’liqbo’la bermasligini ta’kidlash o’rinli bo’ladi. Yangi bilimlar
avvalgi bilimlar bilan bog’lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli
bo’lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi.
195
Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib,
unda talaba mashaqqat talab qilgan obyekt (tushuncha, fakt)ning
unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo’lgan vazifa, masala
bo’yichaichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi.
Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo’lgan
ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar o’rtasidagi ziddiyatdir,
bunda, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik
qiladi. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o’zlashtirishni harakatlantiruvchi
kuchdir.
Muammoli vaziyatlar kiritilgan holda an’anaviy bayon etish
o’quvmaterialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog
muammoli vaziyat yaratadi (3.3-rasm), ta’lim oluvchini uni hal
etishga yo’naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli
o’qitishni boshqarishda pedagogik mahorat muhim ahamiyatga ega,
chunki muammoli vaziyatning paydo bo’lishi individual holat bo’lib,
tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli o’qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-
o’quvmasalalarni yangicha usullar bilan yechishni taqozo etadi.
Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar olingan bilimlarni
mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa,
muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi.
O’quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati
shundaki, unda o’qituvchibilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan,
ta’lim oluvchilar oldiga muammoli masalalar qo’yadi, ularni yechim
yo’llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va
harakat usullar sari, o’zi yo’lga boshlaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bu yerda yangi bilimlar ma’lumot uchun
emas, balki muammo yoki muammolarni yechimi uchun beriladi.
An’anaviy pedagogik usul ta’lim oluvchilarda mustaqil ilmiy
izlanish ko’nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga
o’zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning
yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. O’zlashtirilgan bilimlar
shablonlarini takrorlash bilan bog’liqbo’lgan reproduktiv psixik
jarayonlar muammoli vaziyatlarda hyech qanday samara bermaydi.
196
Do'stlaringiz bilan baham: |