3.
Suhbat usuli
– material yig’ish va kuzatish davomida
to’plangan axborotlarga aniqlik kiritish, tekshirish maqsadida suhbat olib
boriladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash, yoki yaratilgan ilmiy
farazlarning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan
foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli o’qituvchilar va ta’lim oluvchilar
jamoasi bilan, ota-onalar va keng jamoatchilik
bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borganda qo’llaniladi. Bunda
suhbat usulini tatbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari
belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi.
Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish, savol- javob texnikasini
egallaganligi va uni kerakli tomonga yo’naltira olishni
bilishi,
suhbatdoshning ruhiy holatiga qarab suhbat ohangini moslashtirishi g’oyat
muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |