Zamon bilan hamnafasligi — elektron kurs foydalanuvchilari, xususan, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini eng zamonaviy texnologiya va standartlarga muvofiq rivojlantirib boradi. Bunda elektron o‘quv kurslar materiallarini tezkorlik bilan o‘z vaqtida yangilab turish imkoniyati mavjud
. Ta’lim olishning tengligi — o‘qitish ma’lum bir ta’lim muassasasidagi o‘qitish sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bilimlarni baholashning obyektiv mezonini belgilash imkoniyati — o‘quv jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni baholashning aniq mezonlarini belgilab olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |