Bog'liq 13714 1 5503376EFCE8575E605B9B65ADF82BB787B9A90D
“DIGITAL TRANSFORMATION OF INDUSTRY AND SERVICES: TRENDS, MANAGEMENT, STRATEGIES” 450 -
korxona ta’minotining barcha bosqichlarini avtomatlashtirish va boshqarishni ta’minlash,
shuningdek, bu orqali logistika va xarid xarajatlarini qisqartirish;
-
innovatsion avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish
bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
-
boshqaruv ma’lumotlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimini, jumladan, real vaqt
rejimida biznes-tahlil tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish;
-
2025 yilda korxona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy qilgan yirik xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning ulushini 90 foizga еtkazish;
-
sanoat korxonalarida joriy etilayotgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini
avtomatlashtirish (ERP, MES, SCADA va boshqalar), robotlashtirish, “Internet buyumlar”,
“sun’iy intellekt” kabi texnologiyalarning dasturiy mahsulot qismini 2027 yilga kelib, apparat
qismini esa 2030 yilga kelib davlat-xususiy sheriklik asosida mahalliylashtirish;
1
Yuqorida
keltirilganlardan
kelib
chiqib
sanoat
korxonalari
boshqaruvida
raqamli
texnologiyalarni joriy etish orqali korxonalar iqtisodiy havfsizligini taminlash dolzar masala
hisoblanadi. SWOT – taxlili asosida yog‘-moy korxonalarining raqamli transformatsiyasi
jarayonlarida iqtisodiy xavfsizligi taxlili
tadqiqot ishi olib borildi va dastlabki ma’lumotlar
olindi.
Nazariy jihatidan korxonaning iqtisodiy xavfsizligi– quyidagilarni baholash orqali
aniqlanadi:
-
ichki va tashqi xarakterga ega bo‘lgan taxdidlar minimumni darajasiga muvofiqligini
baholash.
-
resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash.
-
korxonaning
ishlab
chiqargan maxsuloti yoki ko‘rsatayotgan xizmatining
raqobatbardoshligini baholash
Korxonalarda iqtisodiy xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘gan barcha ma’lumotlar va ularning
ishonchli himoyasini ta’minlash xo‘jalik yurituvchi subektlarning masuliyati hisoblanadi. Avvalo
korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirish uchun uning
xavfsizligiga tahdid soladigan xavf-xatarlarni bilish kerak. Buning uchun korxona iqtisodiy
xavfsizligini ifodalaydigan parametrlarni o‘rganish va ularni tahlil qilish kerak.
Raqamli transformatsiya jarayonida iqtisodiy xavfsizlikni taminlashda korxonaning hozirgi
ahvolini chuqur taxlil qilish lozim. Tahlil 2 bosqichdan iborat bo‘lib u o‘z ichiga quyidagilarni
oladi. Bular:
1.
Tashqi muhit tahlili – bunda korxona o‘zi bevosita tasir qila olmaydigan, lekin uning faoliyatiga
salbiy yoki ijobiy tasir ko‘rsatadigan faktorlarni aniqlash ularni oldini olish yoki ularga
moslashish imkoniyatlarini izlab toppish.
2.
Ichki muhit tahlili – bunda korxonaning faoliyati uchun tasir еtadigan ichki omillar tahlili amalga
oshiriladi.
Iqtisodiy xavfsizlik tizimining asosiy elementlaridan biri bu boshqaruvning raqamli
texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirilishi va real vaqt jarayonida qabul qilingan
qarorlarning bajarilishi samaradorligini aniqlab borishdan iboratdir.