100
Ko’l transporti
Bu ham ichki suv transportining bir turi. Yuk va yo’lovchilarni tabiiy
(ko’l) va sun’iy suv yo’llari bilan tashiydi. Daryo kemalariga nisbatan
to’lqinga chidamli kemalar ishlatiladi.
Jahonda ko’l transporti eng rivojlangan rayon AQSH va Kanada
xududida joylashgan Buyuk ko’llardir. Buyuk ko’llar Atlantika okeani
bilan chuqur Avliyo Lavrentiy daryosi orqali bog’langan. Afrikada ko’l
transporti Nyasa, Tanganika, Viktoriya va Albert ko’llarida, yevrosiyoda
Kaspiy, Balxash, Baykal, Onega, Ladoga ko’llarida rivojlangan. Orol
dengizining qurishi munosabati bilan u yerda hozir ko’l transporti yo’q.
Bundan tashqari, yirik suv omborlarida ham ko’l transporti rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: