Sanoat tovar belgilari turlari va ularga talabnomalar tuzish reja



Download 135,5 Kb.
bet4/4
Sana26.02.2022
Hajmi135,5 Kb.
#465422
1   2   3   4
Bog'liq
SANOAT TOVAR BELGILARI TURLARI VA ULARGA TALABNOMALAR TUZISH

3. Talabnomaning tarkibi

14. Talabnoma Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda topshiriladi.


Agar ba’zi ma’lumotlarni tegishli grafalarda to`liq joylashtirish mumkin bo`lmasa, ular o`sha shakl bo`yicha qo`shimcha varaqda keltiriladi, talabnomaning tegishli grafasida "davomini qo`shimcha varaqda qarang" deb ko`rsatiladi.
15. "Yozishmalar uchun manzilgoh" grafasida xat oluvchining pochta indeksi ko`rsatilgan yozishma olib borish uchun manzilgohi, ismi yoki nomi va telefon, faks raqamlari, еlektron pochta manzili (agar ular mavjud bo`lsa) ko`rsatiladi.
Yozishma uchun manzilgoh sifatida talabnoma beruvchi yuridik shaxsning O`zbekiston Respublikasida joylashgan joyi yoki O`zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan talabnoma beruvchi jismoniy shaxsning manzilgohi yoxud Agentlikda ro`yxatdan o`tkazilgan patent vakilining manzilgohi yoki O`zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa manzilgoh ko`rsatilgan bo`lishi mumkin.
16. "Talabnoma beruvchi" grafasida talabnoma beruvchi to`g`risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Yuridik shaxsning rasmiy nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (agar u mavjud bo`lsa) ko`rsatiladi. Talabnoma beruvchining nomi o`zbek va rus tillarida ko`rsatiladi. Shuningdek talabnoma beruvchining pochta indeksi ko`rsatilgan, mamlakatning rasmiy nomini ham o`z ichiga olgan, telefon, faks raqamlari va еlektron pochta manzili (agar ular mavjud bo`lsa) ko`rsatilgan to`liq pochta manzilgohi keltiriladi.
17. Nomlariga tovar belgisini ro`yxatdan o`tkazish so`ralayotgan O`zbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari, muassasalari uchun agar u belgilangan bo`lsa, KTUT kodi ko`rsatiladi. Agar KTUT kodi belgilangan bo`lmasa, tegishli joyda "belgilanmagan" deb ko`rsatiladi.
Nomlariga tovar belgisini ro`yxatdan o`tkazish so`ralayotgan, O`zbekiston Respublikasining chegarasidan tashqarida yashovchi chet еl yuridik yoki jismoniy shaxslari uchun BIMTning ST.3 standarti bo`yicha mamlakat kodi ko`rsatiladi (agar u belgilangan bo`lsa).
18. Ustuvorlikni belgilash to`g`risidagi iltimosnoma ko`rsatilgan grafa, Agentlikka talabnoma kelib tushgan sanadan oldinroq ustuvorlik so`ralayotgan holdagina to`ldiriladi. Bu holda tegishli kataklarga "X" belgisi qo`yib chiqiladi.
"Birinchi talabnoma raqami" grafasida konvensiya ustuvorligini so`rashga asos bo`layotgan birinchi talabnomaning raqami ko`rsatiladi.
"Dastlabki talabnoma raqami" grafasida ushbu talabnoma ajratib olingan dastlabki talabnoma raqami ko`rsatiladi.
"Xalqaro ro`yxatdan o`tkazish raqami" grafasida O`zbekiston Respublikasi hududida avval muhofaza qilingan tovar belgisining xalqaro ro`yxatdan o`tkazilish raqami ko`rsatiladi.
"So`ralayotgan ustuvorlik sanasi" grafasida so`ralayotgan ustuvorlik sanasi ko`rsatiladi.
"Talabnoma berilgan mamlakatning BIMTning ST.3 standarti bo`yicha kodi" grafasida talabnoma berilgan mamlakatning BIMTning ST.3 standarti bo`yicha kodi ko`rsatiladi.
19. Talabnoma beruvchi tomonidan ish olib borish patent vakili orqali amalga oshirilgan holda to`ldiriladigan "Patent vakili" grafasida u to`g`risidagi quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar u mavjud bo`lsa), Agentlikda ro`yxatdan o`tkazilgan raqami, joylashgan joyi, telefon, faks raqami va еlektron pochta manzili (agar ular mavjud bo`lsa).
20. "Talabnomada ko`rsatilgan belgining tasviri" grafasida talabnoma berilgan belgining fotosurati, tipografiya ottiskasi qalin, uzoq muddatga chidamli, formati 8x8 sm bo`lgan qog`ozdagi tasviri yopishtirib qo`yiladi (belgining turiga qarab, uning fotosurati yoki ottiskasining kengligi 8x16 sm ni tashkil еtishi mumkin).
Agar ro`yxatdan o`tkazish uchun tovar belgisi sifatida еtiketka ko`rinishidagi belgiga talabnoma berilayotgan bo`lsa, u holda talabnoma berilayotgan belgining tasviri sifatida еtiketkaning o`zi topshirilishi mumkin. Agar еtiketkaning formati 8x16 sm dan ortiq bo`lsa, u holda talabnoma berilayotgan belgining tasviri kichraytirilgan o`lchamda topshiriladi.
Agar ro`yxatdan o`tkazish uchun tovar belgisi sifatida muayyan shaklga еga bo`lgan (uch o`lchamli) belgiga talabnoma berilayotgan bo`lsa, u holda "Talabnomada ko`rsatilgan belgining tasviri" grafasida shu belgining umumiy ko`rinishining tasviri joylashtiriladi. Shu bilan birga, talabnomada ko`rsatilgan belgi to`g`risida to`liq tasavvur hosil qiluvchi barcha zarur proyeksiyalarning tasviri ham keltiriladi.
Talabnomada ko`rsatilgan belgining tasviri tovar belgisini qaysi rang yoki ranglar birikmasida ro`yxatdan o`tkazish so`ralayotgan bo`lsa, o`sha rang va ranglar birikmasida topshiriladi.
Belgining tasviri undan istalgan miqdorda nusxa olishga imkon beradigan qilib, grafik jihatdan sifatli bajarilgan bo`lishi lozim.
21. Agar talabnoma berilayotgan belgining tasvirini "Talabnomada ko`rsatilgan belgining tasviri" grafasida keltirish imkoni bo`lmasa, bu holda ushbu grafada "X" belgisi qo`yilib, talabnoma berilayotgan belgi alohida еlektron tashuvchida taqdim еtilayotgani aytiladi hamda ushbu tashuvchi turi ko`rsatiladi (kompyuter diski, disketa, audiotasma, videotasma va h. k.).
22. "Belgining turiga taalluqli ko`rsatmalar" grafasi tegishli kataklar "X" belgisini qo`yib chiqish yo`li bilan to`ldiriladi.
23. Agar so`z bilan ifodalangan belgi o`zbek tilida ham rus tilida ham taqdim еtilmagan bo`lsa, bu holda "Belgi yoki uning qismlarining transliteratsiyasi" grafasida uning o`zbek yoki rus alifbosi harflaridagi transliteratsiyasi va agar belgi ma’no ifodalasa, uning o`zbek yoki rus tillariga tarjimasi keltiriladi.
24. "Talabnoma berilayotgan belgining tavsifi" grafasida talabnomada ko`rsatilgan belgining tavsifi keltiriladi: uning ko`rinishi (so`zli, tasviriy, hajmiy, harakatlanuvchi, hidli, tovushli, va/yoki aralash belgi), tarkibiy еlementlari, umuman belgining yoki uning ayrim еlementlari (qismlari)ning ma’nosi.
Agar so`zli belgi yoki uning bir qismi ma’noga еga bo`lmasa, u holda uning vujudga kelish usuli ko`rsatiladi: bir necha so`zlarning boshlang`ich bo`g`inlari, abbreviatura, to`qib chiqarilgan so`z va boshqalar.
Agar so`zli belgi o`zbek yoki rus tillarida kam ishlatiladigan bo`lsa, (maxsus atama, tarixiy nom, еskirgan so`z) u holda uning ma’nosi ko`rsatiladi.
Agar belgi yoki uning bir qismi tasviriy bo`lsa, u holda unga kiruvchi barcha еlementlarning tavsifi keltiriladi va agar uning ma’nosi bor bo`lsa, u ham ko`rsatiladi.
Yorug`lik, tovushli, hidli yoki boshqa belgilar grafik ko`rinishida topshiriladi.
Agar tovar belgisi sifatida ro`yxatdan o`tkazish uchun yorug`lik belgisiga talabnoma topshirilgan bo`lsa, u holda yorug`lik ramzlarining (signallarining) xarakteristikasi, ularning ketma-ketligi, yoritish vaqtining uzunligi va boshqa o`ziga xos xususiyati keltiriladi.
Agar tovar belgisi sifatida ro`yxatdan o`tkazish uchun tovushli belgiga talabnoma topshirilgan bo`lsa, bu holda u tarkib topgan tovush (tovushlar) tavsifi, shuningdek nota yozuvi yoki chastotalar diagrammasi keltiriladi.
Agar tovar belgisi sifatida ro`yxatdan o`tkazish uchun hidli belgiga talabnoma topshirilgan bo`lsa, kompozitsiya tarkibi va hidni tavsiflovchi kimyoviy birikma formulasi keltiriladi.
25. Agar rangli belgini ro`yxatdan o`tkazish so`ralayotgan bo`lsa, u holda "Rangi yoki ranglar uyg`unligi" grafasida uning rangi yoki ranglar birikmasi ko`rsatiladi.
Ranglarning tavsifi belgida foydalaniladigan va ko`chirma nusxada mavjud ranglarga mos kelishi lozim. Agar oq-qora rangdagi belgini ro`yxatdan o`tkazish so`ralayotgan bo`lsa, ko`rsatilgan grafani to`ldirish talab еtilmaydi.
26. Tovarlar va xizmatlarning ro`yxati tovar belgisini ro`yxatdan o`tkazish so`ralayotgan tovarlar va xizmatlarni aniqlash uchun mo`ljallanadi.
"Sinfi" va "Tovarlar va (yoki) xizmatlar nomi" grafalarida TXXK sinflarining raqamlari va tovar belgisini ro`yxatdan o`tkazish so`ralayotgan tovarlar va (yoki) xizmatlarning nomlari ko`rsatiladi.
TXXK sinflari bo`yicha guruhlarga ajratilgan tovarlar va (yoki) xizmatlar, mahsulot (xizmat)ni birxillashtirish imkonini beruvchi amaldagi TXXK tahririga kiritilgan nomlarga mos bo`lishi lozim.
27. "Ilova qilingan hujjatlar ro`yxati" grafasi tegishli kataklarga "X" belgisini qo`yib chiqish va ilova qilinadigan hujjatlarning har bir namunasida nusxalar va varaqlar sonini ko`rsatish yo`li bilan to`ldiriladi. Turi talabnomaning shaklida ko`zda tutilmagan ilova qilinadigan hujjatlar uchun ("boshqa hujjat") ularning mo`ljallanganligi aniq ko`rsatiladi.
Agar talab qilinayotgan belgi Qonunning 10-moddasi, birinchi qismi 1 - 4-bandlarida sanab o`tilgan еlementlarga еga bo`lsa, talabnomaga tegishli vakolatli organning tovar belgisida quyidagi tasvirlardan foydalanishga roziligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi:
a) davlat gerblari, bayroqlari va еmblemalar;
b) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to`liq nomlari;
v) davlat mukofotlari va boshqa farqlash belgilari;
g) rasmiy nazorat, kafolat yoki namuna tamg`alari va muhrlar.
28. Agar belgi tarkibida ishlab chiqarishga asos solingan sana, talabnoma beruvchi tomonidan ishlab chiqilayotgan tovarlar yoki ko`rsatilayotgan xizmatlarga berilgan mukofotlar tasviriga oid ko`rsatmalar bo`lsa, talabnomaga asos solingan sana va talabnoma beruvchining mukofotlarga bo`lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
29. Talabnomaning oxirgi "Imzo" grafasini imzo qo`yilgan sanasi ko`rsatilgan holda to`ldirish barcha hollarda majburiydir.
Talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi ko`rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan (muhr mavjud bo`lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Talabnoma patent vakili orqali berilganda, talabnoma patent vakili tomonidan imzolanadi.
Imzo imzo qo`yuvchi shaxsning familiyasi va ismi, otasi ismining bosh harflari ko`rsatilgan holda izohlanadi. Talabnomada qo`shimcha varaqlar mavjud bo`lsa, ular ham xuddi shu tartibda imzolanadi.
Download 135,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish