Sanoat tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirishning obyektiv zaruruyati



Download 273,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.07.2022
Hajmi273,06 Kb.
#748100
1   2   3   4   5
Bog'liq
sanot pdf

 
 
 
 



 
1. Sanoat tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirishning obyektiv zaruruyati
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-mart kuni sanoat kooperatsiyasi 
va mahalliylashtirishni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor 
yig‘ilishi o‘tkazildi.Davalat rahbarining shu yil 24-yanvardagi qarori bilan 2022-
yilga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini 
kengaytirish dasturi qabul qilingan edi. Unga muvofiq, 2 ming 455 ta loyiha 
doirasida qariyb 37 trillion so‘mlik yangi mahsulotlar ishlab chiqarish 
rejalashtirilgan. 
Yig‘ilish avvalida ushbu loyihalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi. Farmatsevtika 
tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik 
jamiyati, «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyatida bu borada 
sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi. «Elektron kooperatsiya» portali 
orqali tuzilgan shartnomalar ayrim hududlarda bajarilmagan. Elektron savdolarda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Surxondaryo va Xorazmdagi 
korxonalar ulushi 1 foizga ham bormaydi. Kooperatsiya yetishmasligi sababli 
yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan ayrim tovarlar importi oshgan. 
Yig‘ilishda shu boradagi muhim chora-tadbirlar belgilandi. Yirik korxonalar bilan 
mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiyani mahsulotlar kesimida 
yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. 
Misol uchun, Navoiy kon metallurgiya kombinati xorijdan olayotgan 
mahsulotlar va ularga texnik talablar haqidagi ma’lumotlarni «kooperatsiya 
portali»ga joylashtirgandan so‘ng, ilgari import qilingan 600 milliard so‘mlik 
mahsulotlarni hozir 18 ta mahalliy korxona yetkazib bermoqda. 
Prezident bu tajribani barcha tarmoq va hududlarda yo‘lga qo‘yish, import 
qilinayotgan mahsulotlarni o‘zlashtirishga tadbirkorlarni jalb etish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar berdi.
Shu maqsadda sanoat yarmarkalari o‘tkazish tartibi ham o‘zgartiraladi. U yerda 
tayyor mahsulotga xaridor topish bilan birga, o‘zlashtirishga tavsiya qilinayotgan 



tovarlar bo‘yicha biznes rejalar ham ishlab chiqiladi. Loyihaga qiziqqan 
tadbirkorlar shu yerning o‘zida buyurtmachi bilan xarid shartnomalarini, banklar 
bilan moliyalashtirish masalasini kelishib oladi. 
Buning uchun «O‘zekspomarkaz»da doimiy ishlaydigan sanoat ko‘rgazmasi, 
viloyat markazlari va sanoat zonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning «shou-
rum»lari tashkil etiladi. 
Shu bilan birga, yangi loyihalarning marketing tadqiqotlari, mahsulotni xorijda 
sertifikatlash xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi aytildi. 
Yig‘ilishda jahon bozorida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar atroflicha tahlil qilindi. 
Xomashyo olib kelib, bojxona hududida qayta ishlab, eksport qiladigan 
korxonalarga, apreldan boshlab, qator imtiyoz va yengilliklar berilishi belgilandi. 
Jumladan, ularning loyihalari uchun texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati, 
bojxona to‘lovlari ta’minoti talab etilmaydi, ularga ruxsatnoma berish muddati 3 
barobar qisqaradi, olib kelingan dastgohlar uchun bojxona bojlari undirilmaydi. 
Yangi bozorlarga kirish uchun sanoatga xalqaro standartlarni keng joriy qilish 
ham zarur. Misol uchun, 2019-2021-yillarda to‘qimachilik yo‘nalishidagi 2 mingta 
korxona xalqaro sertifikat olgani hisobiga ularning eksporti 1,5 barobarga oshgan. 
Qolaversa, yaqinda «Cotton Campaign» xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga 
boykotni bekor qildi. Bu ham katta imkoniyat, yangi bozorlar, degani. 
«O‘zstandart» agentligiga xalqaro sertifikatga ega korxonalarni boshqa 
tarmoqlarda ham ko‘paytirish, hududlardagi «Loyiha ofislari» huzurida Xalqaro 
standartlarni o‘rgatish markazlarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi. 
Yurtimizda xomashyosi bo‘lgan yana bir sanoat tarmog‘i bu – qurilish materiallari. 
Bu boradagi geologiya zaxirasini kengaytirishga 100 milliard so‘m ajratilgan. Joriy 
yilda 1 milliard 800 million dollarlik 420 ta loyihani amalga oshirish 
rejalashtirilgan. Mutasaddilarga ushbu loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, 
qurilish materiallari eksporti hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Farmatsevtika tarmog‘ida mavjud quvvatlarni to‘liq safarbar etish va import 
o‘rnini to‘ldirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. 



Ma’lumki, sanoat korxonalari ilm va innovatsiyadan ajrab qolsa, yangi raqobat 
sharoitiga moslashishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun Innovatsion rivojlanish 
vazirligiga hududlardagi korxonalarni zamon talabiga uyg‘unlashtirish, mahsulot 
sifatini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha 
Real sektor tarmoqlari ichida sanoat milliy iqtisodiyotning yirik yetakchi 
sohasi bo’lib hisoblanadi. Mamlakatimizda sanoat korxonalarini modernizatsiya
va diversifikatsiya qilish, texnik-texnologik qayta jihozlash borasida amalga 
oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar, hududlarda ishlab chiqarish hajmi va
sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.Bugungi globallashuv hamda jahon bozori 
konyunkturasining keskin o’zgarib borishi natijasida sanoat tarmoqlarining 
raqobatbardoshligini oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. 
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi 
bosqichida iqtisodiyotning “lokomotiv” i hisoblangan sanoat tarmog’ini
yanada rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan
tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi uchinchi ustuvor
yo’nalishining “Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning
yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning 
raqobatbardoshligini oshirish”deb nomlangan bandida quyidagi vazifalar
belgilab berilgan: 
- yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy
xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha
qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan
sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya 
va diversifikatsiya qilish; 
- iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish
hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich 
kamaytirish va boshqalar. 



2018-yil 28-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning
Parlamentga yo’llagan Murojaatnomasida ham iqtisodiyotning barqaror o’sishi,
birinchi navbatda, yetakchi sohalar rivojiga bevosita bog’liqligi hamda
iqtisodiyot. Xorijlik yetakchi olimlarning ilmiy ishlarida, mamlakatimiz
iqtisodchi
olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida ham sanoat tarmoqlarida
raqobatbardoshlik va uni oshirish masalalari atroflicha yoritilgan, tahlil
qilingan hamda rivojlantirish yo’nalishlari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab 
chiqilgan. Jumladan, Kresl va B.Singx raqobatbardoshlikning sanoat va chakana 
savdoda yalpi qo’shimcha qiymat hamda biznes xizmatlarning yalpi qiymati
kabi jihatlariga e’tibor qaratganlarivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni 
rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozimligi 
ta’kidlangan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Iqtisodiy
rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-5621-sonli Farmoni imzolandi 
va ushbu Farmon bilan Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
etib qayta tashkil etildi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligining asosiy
vazifalaridan biri sifatida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini
joriy va iqtisodiyotning real sektori holati, tashqi bozorlari konyunkturasi hamda 
global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bog’liq holda
iqtisodiyot asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish etib 
belgilandi. Iqtisodchi-marketolog olim M.Porter “Raqobatbardoshlik – tovar,
xizmat va bozor munosabatlari subyektining bozorda mavjud bo’lgan o’xshash 
tovar, xizmatlar bilan va shuningdek bozor munosabatlarining raqobatlashuvchi
subyektlari bilan baravar bozorga chiqish xususiyatidir, bu xususiyatni baholash 
esa yuqori, o’rta va past darajadagi raqobatbardoshliklarni alohida-alohida
belgilab berish imkonini beradi”, - deb ta’rif bergan. 



O’zbekistonlik iqtisodchi olimlardan Ortiqov A., Maxmudov E. va boshqalar 
o’z ilmiy ishlarida sanoat tarmog’ining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni, 
sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning strategik yo’nalishlari haqida to’xtalib, ilmiy 
xulosalar hamda amaliy tavsiyalar keltirilgan. Mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, sanoat tarmog’ini diversifikatsiya va 
modernizatsiyalash bo’yicha amalga oshirilayotga chora tadbirlar natijasida sanoat 
tarmog’i yildan-yilga rivojlanib bormoqda. 

Download 273,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish