Sanoat sohalari texnologiyasi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/160
Sana21.07.2022
Hajmi12,37 Mb.
#833707
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160
Bog'liq
Menejment-CCТ-мажмуа 2022

10.
 
Kiyim dеtallarini ip bilan biriktirishda qo’llanadigan asbob-uskunalarni aytib bering?
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


280 
15- amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Charm sanoati texnologiyasi
Reja 
1. Charm buyumlar xaqida tushuncha. 
2. Charm turlari va ularning topografik qisimlari. 
3. Poyabzal turlari. 
4. Charm buyumlar uchun ishlatiladigan mashinalar. 
 
Adabiyotlar
1. Мақсудова У.M. Пойабзал материалларини меъёрлаштириш. Т. 2004 й. 
2. Maqsudova U.M. Charm buyumlar texnologiyasi. T. 2015 y. 
6. Maqsudov S.S. Charm buyumlar texnologiyasi. I-jild T. 2004 y 
7. Maqsudov S.S. Charm buyumlar texnologiyasi. II-jild T. 2004 y. 
8. Гвоздев Ю.М. Химическая технология изделий из кожи. Учебное пособие. М. 
Академия. 2006 г. 
Charm buyumlari haqida tushuncha. 
Charm buyumlar deb, foydalanish uchun, tabiiy, suniy va sintetik charmlardan 
tayyorlangan poyabzal, va attorlik buyumlarini aytiladi. 
Poyabzal va attorlik buyumlarining tuzilishi har xil bo’lishiga qaramay, ularni tayyorlash 
jarayonida, umumiy o’xshashliklar mavjud. 
Bu o’xshashliklar, foydalanadigan buyumlar uchun ishlatiladigan xom ashyolar 
xususiyati bilan aniqlanadi. Ko’pchilik xom ashyolarni qirqish, cho’zish, shakllantirish, namlash, 
quritish, qalinliklarini barobarlash, bir-birlariga yopishtirish, tikish, va boshqa jarayonlarda bir 
turda bo’lgan mashinalar va asbob uskunalar qo’llaniladi. Bu umumiy xususiyat, taxminan bir 
chizma (bichish, qismlarni biriktirish, shakllantirish va x.k.) tarzda amalga oshiriladi. 
Tayyorlash jarayoni deb, buyumlarni tayyorlash uchun kerakli bo’lgan hamma 
muomalalar yig’indisini tushiniladi. 
Muomalalar yig’indisi natijasida material, qism va buyumlar holatini o’zgarishi 
texnologiya jarayoni deyiladi. 
Poyabzal tayyorlashning texnologiya jarayoni alohida muomalalar yig’indisidan vujudga 
keladi. Muomala deb texnologiya jarayoninig alohida ishchi o’rinda bir yoki birqancha ishchi bilan 
tugullangan qismini tushiniladi. 
Hammaga ayonki, charm buyumlarini tayyorlash qadimiy zamonlarda boshlangan. 
Shunday ma’lumotlar borki, poyabzal va charmdan tayyorlangan boshqa buyumlar, 
odamlar tarafidan qadimiy tosh davrida bunyod etilgan. 
Bronza va temir davrlariga kelib, poyabzalni tayyorlash asboblari va materiallari paydo 
bo’lib uni tuzilishi takomillashtiriladi. 
Asta-sekin poyabzalni tuzilishi bilan uni tayyorlash usullari, birgalikda murakkablasha 
boshlaydi. 
Qulchilik davrida, poyabzalga qarab kishilarni qaysi tabaqaga tegishli ekanliklarini bilish 
mumkin bo’lgan. 
Amaldorlar poyabzali, oddiy odamlar poyabzalidan jiddiy ravishda farq qilgan. Ular 
chiroyli, shinam ishlanib, narxi juda qimmat bo’lgan. Oddiy xalq uchun tayyorlangan poyabzal, 
sodda, qo’pol, ibtidoiy axvolda qolabergan. 
Кo’nchilik va kosibchilik O’rta-Osiyo xalqlarining, ayniqsa o’zbeklarning qadimiy odat 
va milliy kasblari hisoblangan. 
Uzoq o’tmishda kiyiladigan poyabzal, kiyim-kechak singori, boy, hukmdor va 
kambag’allar o’rtasida bir-biridan katta farqlangan. Boylar, amaldorlar chiroyli qilib, turli 
ko’rinishda tikilgan, tumshuq qismlari yuqoriga egilgan poyabzal kiyganlar. Kambag’allar esa, 
oddiy qilib tikilgan choriq, qisman mahsi va kavush kiyganlar. 


281 
Otmish tarixdan shular ayonki, bobokalonimiz Amir Temur podsholik qilgan davrda 
uning lachkarlarini kiyinishiga katta etibor qaratilgan. Kiyimlar, ayniqsa oyoq kiyimi yengil,
puxta va ixcham bo’lishi talab qilingan. 
Buyuk Ipak yo’li, yani Xitoy-O’rta Osiya va Yaqin Sharq mamlakatlari o’rtasidagi 
qadimgi savdo-sotiq, tijorat, diplomatiya va madaniy-ilmiy aloqalar yo’li orqali savdo-sotiq 
qiladigan savdogarlar turli-tuman jixoz va buyumlarni olib borganlarida Movorounnaxr ustalari 
tomonidan tayyorlangan turli gullik ipak to’qima matolar, ayallar va erkaklar uchun 
tayyorlangan shoxona poyabzallar jahonning boshqa qismlaridan keltirilgan shunga o’xshash 
mollarga qaraganda oldinda bo’lib, barchani lol qoldirar ekan. Mutaxassislarning yozishicha 
Movorounnaxrda tayyorlangan ipak to’qima mato o’rami o’tgan zamonlarda, hali metall pul 
birligi qaror topmagan davrda, pul vazifasini ham bajargan. 
Yaqin tarixdan shular ayonki, Chor hukumati podisholariga va boshqa dovlatlarga 
Buxoro va Xiva shaharlaridan yuboriladigan sovg’alar qatorida, podisholar xonadoniga tegishli 
erkaklar va ayollar uchun maxsus ravishda tikilgan juda go’zal qilib tayyorlangan tuflilar, etiklar 
va boshqa turdagi poyabzallar ham bo’lgan. 
Yuqorida bayon etilganlar shuni ko’rsatadiki, mamlakatimizning hozirgi zaminida 
yashagan ilgarigi xalqlar o’rtasida, xom teriga ishlov berib charm oluvchi ko’nchilik va poyabzal 
tayyorlovchi kosibchilik kasblari rivojlangan holatda bo’lgan. 
Ko’nchilar tomonidan uy sharoitida qo’y, qora mol, ot, tuya terilaridan ishlab chiqarilgan 
charmlardan, qorako’l va mo’yna terilaridan po’stinlar, turli-tuman telpaklar, harxil qilib 
tayyorlangan poyabzallar yaratilgan. 
Bu poyabzallar turli korinishdagi tuflilar, tufli-kavuchlar, paytava va paypoq bilan 
kiyiladigan mahsi-kavushlar, baland va past qo’njlik etiklar, ag’darma mahsi va etiklar, qattiq tag 
charmli, poshnali tuflilar, etiklar, yumshoq poshnasiz ag’darma-baxtarma etiklar, cho’pon va 
dehqonlar uchun hom teridan tayyorlangan choriq-etiklar, badavlat va amaldor kishilar uchun
tayyorlangan etik va tuflilar, lak charmdan tayyorlangan ayollar va erkaklar mahsi-kavushlari va 
boshqalar hisoblangan. 
Bulardan tashqari, kosiblar, yumshoq qilib oshlangan mol terisidan chokoy deb atalgan 
etikga o’xshash poyabzalni ham tayyorlaganlar. Chokoy uchun ishlatiladigan terilar sarig’ yoki 
to’q sarig’ rangida bo’lib, baxtarma tarafi ustida bo’lgan.
Chokoy uch qismda bichilgan. Bir qismi tag charmni tashkil etib, yoniga, tumshuq 
tarafiga qayrilib o’tgan, ikkinchi qismi boshliq, uchinchisi dastak hisoblangan. Yonlariga teri 
halqalar tikilib, poyabzalni bog’ich bilan oyoqga bog’lab qo’yilgan. 
Uy sharoitida dastaksiz, baland poshnali tufli yani, kavush kiyilgan. Odatda bu 
kavushlar erkak va ayallar uchun birxil ko’rinishda bo’lgan.
Bundan tashqari, kаvushlarni past dastaklik qilib ham tayyorlangan. 
Badavlat kishilar qish mаvsimida va yo’lga charmdan tayyorlangan baland qo’njili etik 
kiyganlar. 
Amaldor va badovlat kishilarning ayollari baland poshnali sarig’, to’q sarig’ va qizil 
rangdagi charmdan tayyorlangan uzun, bezatilgan qo’njli etikni yil bo’yi, issiq-sovuqga qaramay 
kiyganlar. 

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish