Kapsul-detonator
|
Gilza materiali
|
Tarkibi, g
|
Blandligi, mm
|
Ichki diametri, mm
|
Kafolatlangan saqlash muddati, yil
|
SHaqildoq simob
|
Qo‘ rg‘ oshin azidi
|
TNRS
|
Tetril
|
№ 8M SHaqildoq simob tetrilli
|
Mis, latun, qog‘oz
|
0,5
|
-
|
-
|
1,0
|
50
|
6,3-6,5
|
10
|
№8B SHaqildoq simob tetrilli
|
0,5
|
-
|
-
|
1,0
|
50
|
6,3-6,5
|
2
|
№8S SHaqildoq simob tetrilli
|
Bimetal, po‘lat, alyuminiy
|
0,5
|
-
|
-
|
1,0
|
50
|
6,3-6,5
|
2
|
№8A Azid-tetrilli
|
-
|
0,2
|
0,1
|
1,0
|
50
|
6,3-6,5
|
10
|
OLOV O‘TKAZUVCHI SHNUR
Olov o‘tkazuvchi shnur KD ichidagi initsiyalovchi PM yoki poroxli zaryadlarga olov etkazib berish uchun xizmat qiladi. OSH markazi zichlangan tutovchi poroxdan (78% kaliyli selitra, 12% ko‘mir kukuni va 10% oltingugurt) tayyorlangan yo‘naltiruvchi iplar va gidro izolyasiyalovchi qatlamlar bilan o‘ralgan ko‘rinishda bo‘ladi. Gidroizolyasiya turiga bog‘liq holda Osh lar asfaltlangan, ikki marta asfaltlangan va plastik shnurlarga bo‘linadi.
SHnurning tashqi diametri 5-6 mm, o‘ramlar soni 3 ta, yonish tezligi 1-1.18 sm/sek ga teng.
Markasi
|
OSH
|
Diametri, mm
|
Tashqi qoplama materiali
|
Qanday muhitda qo‘llani-
lishi
|
Kafolat- langan saqlash
muddati, yil
|
OSHA
|
Asfaltlangan
|
4,8-5,8
|
Gidro izolyasiyasi pudra ko‘rinishida
|
Suvli va quruq
|
5
|
OSHDA
|
Ikki marta asfaltlangan
|
5-6
|
Bu ham
|
Suvli, nam va quruq
|
1
|
OSHP
|
Plastik
|
5-6
|
Plastik material
|
Bu ham
|
5
|
1-yo‘naltiruvchi iplar; 2-porox sepmasi; 3-ikki qavat lnyanli o‘ram; 4-smola; 5- asfalt; 6-o‘ram; 7-smola; 8-tashqi qobiq.
OSHA va OSHDA markali olov o‘tkazuvchi shnurlar +45 S dan -25 S gacha, OSHP markalisi esa +50 S dan -35 s gacha haroratda qo‘llanishi mumkin.
OSHlarni saqlashda buxta (g‘altak)larga o‘ralgan holda saqlanadi. Bunda OSH tashqi qobig‘i ochilib ketmasligi uchun omborxonada saqlash harorati +30 S dan oshmasligi lozim.
Sanoatda OSHlar uzunligi 10 m dan qilib tayyorlanadi. Har 25 ta Osh 1 ta buxtaga o‘ralib, ustidan qog‘oz bilan qadoqlanadi. Har 8-12 ta buxta 1 ta yog‘och qutiga solib qadoqlanadi.SHundan qilib, 1 ta yashikda 2000 m dan 3000 m gacha OSH bo‘ladi.
Xavfsizlik qoidalariga ko‘ra uzunlig 60 sm bo‘lgan olov o‘tkazuvchi shnur 60 sek dan kam bo‘lmagan va 70 sek dan ko‘p bo‘lmagan vaqt oralig‘ida yonib tugashi kerak. Ushbu talabga javob bermaydigan shnurlar sanoatda qo‘llashga yaroqsiz hisoblanadi.
OSH na yoqish vositalari
Portlatish ishlarida OSHni yoqish elektr yondirgich, elektr yondiruvchi patron, yondiruvchi patron, alangalantiruvchi fitil, va alohida qirqib olingan OSH bo‘lagi yordamida amalga oshirilishi mumkin. Agar bitta zaryad alohida yondiruvchi trubka bilan portlatiladigan bo‘lsa uni gururt yordamida yondirish mumkin.
Alangalantiruvchi fitil kaliyli selitra eritmasiga to‘yintirilgan paxta-qog‘ozli shnur ko‘rinishida bo‘lib, uning yordamida OSH ni yoqish uchun gugurt yordamida alangalantiruvchi fitil yondirilib, OSH ning uchiga tekkizish orqali amalga oshiriladi. YOndiruvchi patronlar 10 dan 40 tagacha bo‘lgan OSHlarni birgalikda yondirish uchun xizmat qilib, u qog‘oz gilzadan iborat bo‘ladi, gilzaning ichi engil alangalanuvchi tarkib (85-86% tutovchi porox, 9-9,5% kanifol va 4,5-5% parafin) dan iborat bo‘ladi.
Birgalikda yondirilishi lozim bo‘lgan OSHlar patronga shpagat yordamida mahkamlanadi. Bunda patronga uzunligi 15-30 sm bo‘lgan OSH bo‘lagi ham ulanib, dastlab ushbu OSH bo‘lagi yondiriladi va patron yonishi natijasida patronga ulangan OSH lar guruhi yondiriladi.
Bitta kavjoy (zaboy) da bir vaqtda yondirishda yondiruvchi patronlar soni 10 tadan oshmasligi kerak.
Elektr yondirgichli patron qog‘oz gilzadan iborat bo‘lib, bunda yonuvchi tarkib elektr alangalantirgich yordamida amalga oshiriladi. Elektr alangalantirgich o‘zgarmas tokda 1A va o‘zgaruvchan tokda 2,5A tok kuchi ta’sirida alangalanadi. OSH ulangan KD yondiruvchi trubka deb nomlanadi.
YOndiruvchi trubka ulangan PM patroni jangovor patron deb nomlanadi. Jangovor patron PM zaryadiga detonatsiyani uzatish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |