Sanoat portlovchi moddalari tasnifi. Reja: Kirish. Sanoat portlovchi moddalari tasnifi



Download 73,68 Kb.
bet2/9
Sana28.05.2022
Hajmi73,68 Kb.
#612748
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ergash Mi BPI

Qo'llanish sharoiti bo'yicha
Sanoat portlovchi moddalar qo'llanish sharoiti bo'yicha saqlagichli va saqlagichsiz portlovchi moddalarga bo'linadi . Ular o' z navbatida 8 ta sinfga bo'linadi.
1-sinf: faqat ochiq kon ishlariga mo'ljallangan saqlagichsiz sanoat PM lari, ushbu portlovchi moddalar belgisi tashqi qadog'ida oq rangli chiziq tortilgan bo'ladi . Bu sinf 4 ta guruhga bo'linadi:
1 guruh: mustahkam va o'ta mustahkam suvli tog ' jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo'ljallangan suvga chidamli granulali portlovchi modddalar. Ushbu portlovchi moddalarga alyumatol, granulatol, grammonit 50/50B, grammanit 30/70B misol bo’ladi.
2 guruh: quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam va o' ta mustahkam tog' jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo'ljallangan, suvga to'yintirilgan PMlar. Ularga akvatol, ifzanit, karbatol, emulsiali portlovchi moddalar misol bo'ladi .
3 guruh: kar'yerlarda negabaritlarni ikkilamchi maydalash uchun qo'llaniladigan kumulyativ tashqi zaryadlar .Ularga ЗКН ЗКП turkumiga kiruvchi tashqi kumulyativ zaryadlar misol bo’ladi.
4 guruh: sezgirligi past bo`lgan portlovchi modda zaryadlarini initsiyalash uchun qo`llaniladigan oraliq detanatorlar. (Initsiyalash bu portlovchi moddaning zaryadiida detanatsiyani qo`zg`atish).
2- sinf: gaz va chang portlash havfi mavjud bo`lgan shaxtalardan tashqari ochiq va yer osti kon ishlarida qo`llaniladigan saqlagichsiz portlovhi moddalar, ularning alohida belgisi tashqi qadog’ida qizil rangli chizig’i bo’ladi. Ushbu sinf quyidagi 3 ta guruhga bo’linadi.
1 guruh: granulali portlovchi moddalar bo’lib o’z navbatida quyidagi kichik guruhlarga bo’linadi:

  1. Suvli sharoitda joylashgan o’rtacha mustahkam va mustahkam tog’ jinslarini portlatishga mo’ljallangan portlovchi moddalar. Ularga Granulit AC4B, AC8B lar misol bo’ladi.

  2. Nam sharoitda joylashgan o’rtacha mustahkam va mustahkam tog’ jinslarini portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan suvga chidamsiz portlovchi moddalar. Ularga: granulit AC4, granulit AC8, grammonit 79-21, grammonit 80-20, grammonit 82-18 portlovchi moddalari kiradi.

2 guruh: quruq va suvli sharoitlarda portlash ishlarini olib borishga mo’ljallangan patronlar ichiga joylashtirilgan suvga chidamli, yuqori quvvatli zichlashtirtilgan portlovchi moddalar.
3 guruh: suvga chidamli kukunsimon portlovchi moddalar bo’lib, ular o’z navbatida quyidagi 4 ta kichik guruhlarga bo’linadi

  1. Quruq yoki suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallagan standart diametrli patronlar ichiga joylashtirilgan suvga chidamli, yuqori quvvatli portlovchi moddalar. Ularga Ammonit skalniy №1 portlovchi moddasini misol qilish mumkin.

  2. Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan o’rtacha mustahkam tog’ jinslarida portlatish ishlariga mo’ljallangan standart diametrli patronlarga joylashtirilgan va qadoqlanmagan o’rtacha quvvatli, suvga chidamli portlovchi moddalar. Ularga Ammonit №6JV (etalon portlovchi modda) portlovchi moddasini misol qilish mumkin.

  3. Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan standart va kichik diametrli patronlar ichiga joylashtiriligan nitroglitserinli portlovchi moddalar. Ularga Detonit M Detonit 10A portlovchi moddalarini misol qilish mumkin.

  4. Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan plastik portlovchi moddalar. Ularga Akvanal №1, Akvanit portlovchi moddalarini misol qilish mumkin.


Download 73,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish