«sanoat marketingi» kafedrasi


Xalqaro valyuta munosabatlari taxlili



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/63
Sana14.08.2021
Hajmi0,62 Mb.
#147978
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63
Bog'liq
iqtisodiy bilimlar tarixi

3.Xalqaro valyuta munosabatlari taxlili. 

     Xalqaro  savdo    munosabatlari    milliy    valyuta  birliklarining  o‘zaro 

nisbiy  baxosi  asosida  ro‘y  beradi.    Ayni  paytda,  chet  el  valyutasi  birligini 

milliy  puldagi ifodasi valyuta (almashuv) kursi tushunchasini anglatadi. 

     Valyuta  kursiga  bo‘lgan  extiyoj,  talab  va  taklif  kuchlarining 

o‘zgaruvchanligini  turli  xil  mamlakatlar  valyutalar  almashinuvining  tashqil 

etuvchi bozorini- valyuta bozorini takozo etadi. 

     Chet  el  valyutasiga  talab  xorijiy    maxsulotni    xarid    qilish  paytida 

paydo bo‘ladi. 

     Talab va taklif muvozanati almashuv kursini belgilaydi. 

     Mamlakat  valyuta  kursi  boshqa  mamlakat  kursiga  nisbatan  tushsa,  

milliy  valyuta  kadrsizlangan  bo‘ladi.    Aksi  bo‘lsa,    milliy  valyutaning  kadri 

oshgan  bo‘ladi.  Agar  rasmiy  milliy  valyuta  kursi  pasaysa,  devolvatsiya  aksi 

bo‘lsa, revolvatsiya deyiladi. 

     Ayrim  xollarda,    kiska    muddatli  davrlarda,    bozor  -  valyuta  kursi  tez 

o‘zgarib  turadi.  Uzoq  muddatli davrlar uchun , iqtisodchilarning ko‘zatuviga 

ko‘ra,  valyuta  kursi  turli  mamlakatlardagi  tovarlarning  nisbiy  narxi  bilan 

aniklanadi. 

     Yagona  narx    qonuniga    ko‘ra,    turli  mamlakatlar  uchun  erkin  bozor 

munosabatlari sharoitida xar bir tovar mamlakat xududida  ham  xorijda  ham 

bir xil narxda sotiladi va sotib olinadi. 

     Bunday  xol,    xarid  imkoniyati  tengligiga  asoslangan    valyuta    kursi 

nazariyasi  (P.Samuelson)  bilan  izoxlanadi.  Misol:  ma’lum  tovarlar  majmuasi 

AQShda  1000  dollar,    Meksikada  10.000  peso  bo‘lsa,    valyuta  kursi  100 

pesoga 1 dollar bo‘lsa, meksikada mazkur tovarlar 100 dolllar bo‘ladi. 

     Bunday  xolda,    Amerikaliklar  arzon  tovarlar  xaridi    uchun    almashuv 

kursi bo‘yicha peso xaridini ko‘paytirib yuborgan bo‘lardi. 

     Bunday  jarayon  almashuv  kursining  1%    pesoga  1  dollarga 

keltirilganicha davom etadi. 

     Mazkur  nazariya,    milliy  pulning  kadrsizlanishi  yukori  bo‘lgan 

mamlakatlarda,  nibiy  narxlar  o‘zgarish  tendensiyasini  aniklashga  yordam 

beradi. 


     Valyuta kursi tizimlarining 3 turi mavjud. 

     1. Sof so‘zib yuruvchi valyuta kursi tizimi. 

     2. Fiksirlangan valyuta kursi tizimi. 

     3. "Boshqariladigan" valyuta kurslari gibrid tizimi. 

      Biror  mamlakatning  xorijiy  davlatlar  bilan  iqtisodiy    shartnoma  va 

bitimlarni  jamlashtirishda  to‘lov  balansi  qullaniladi.    Uning  tarkibida  joriy 

operatsiyalar  va  kapital  xarakati    balansi    moliyaviy    aktivlar  hamda 

maxsulotlar    (xizmatlar)    eksporti    va    importini  o‘z  ichiga  oladi.  Eksport  – 




     

72 


kredit,    import  esa  -  debet  xisoblanadi.  Birinchisida  chet  el  valyutasining  

mamlakatga  kirishini,  ikkinchisi - esa,  buning aksini ifodalaydi. 

     Tarixan,  mamlakatlarda    to‘lov  balansining  kuyidagi  darajalari 

ko‘zatilgan: 

     1."Yosh karzdor"; 

     2."Voyaga yetgan" karzdor; 

     3."Yosh kreditor"; 

     4."Voyaga yetgan" kreditor: 

      4.Jaxonshumul iqtisodiy muammolar

        Jaxon hamjamiyatida kambagallar va boylar  o‘rtasidagi  tafovutning 

kuchayishi eng muxim muammolardan biri xisoblanadi. 

     Bu ko‘rsatkich 1960 yildagi 13:1 dan 1990 yili 60:1 ga , xozir esa 75:1 

ga  yetdi.  Tengsizlik  muammosining  mohiyati  shundaki,  axoli  tez  usayotgan 

joylarda, iqtisodiyot o‘sishi sust  bormoqda. Rivojlanayotgan  mamlakatlarning 

ayrimlari  taraqqiyot  yo‘liga  kirishga  qaramay  ko‘pchiligi  qolokligicha 

qolmoqda. 

     "Noiloj  rivojlanish",  tashki  turtki  nazariyasiga  (R.Nurkse,  E.Xogen) 

ko‘ra,  og‘ir  axvoldan  chikish  yo‘li  investitsiyalar  xisobiga  rivojlanishga 

erishish  bo‘lib  xisoblanadi,  ya’ni  chetdan  karz  kiritish  yo‘lidir. 

"Industrlashtirish" nazariyasida  shaxsiy  iste’molni   kiskartirish, davlat soliq  

tizimi    orqali    iqtisodiyotni  moliyalashtirishna  kuchaytirish,  ayrim  xollarda 

me’yordagi inflyasiyadan foydalanish taklif etilgan. 

     Insoniy  rivojlanish    konsepsiyasi    BMT  tomonidan  1990  yili  ilgari 

surilgan.  Daromadlarning  ko‘payishi  va  insoniy  farovonlikning  yaxshilanishi  

orasidagi boglanishga qaratilgan. 

     Insoniy  rivojlanish    indeksi    ko‘rsatkichi      kiritilgan.      Umrbokiylik, 

ta’lim  va    yashash  darajalari  asosida  integral  ko‘rsatkich  ishlab  chiqilgan. 

Bunda iqtisodiy ko‘rsatkich asosiy o‘rinni egallaydi (soglik,ta’lim yetakchi). 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish