«sanoat marketingi» kafedrasi


  Keynsning iqtisodiy qarashlari, keynschilik, yangi keynschilik



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/63
Sana14.08.2021
Hajmi0,62 Mb.
#147978
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
Bog'liq
iqtisodiy bilimlar tarixi

1.  Keynsning iqtisodiy qarashlari, keynschilik, yangi keynschilik.  

J.M.Keyns  (1884-1946)  "Kapitplizmni  tartibga  solish"ga  oid  g‘oya 

tadqiqotchilaridan biri bo‘lib klassik maktabga qarshi davlatning iqtisodiyotga 

faol  aralashuvi  tarafdoridir.  U  qiymatning  mexnat  nazariyasini,  qo‘shimcha 

qiymatni  inkor  etadi.  Ularni  ishlab  chiqarish  omillari  konsepsiyasi  bilan 

almashtiradi. A. Marshallning, kembridj maktabining davomchidir. Uning bosh 

asari    “Bandlik,  foiz  va  pulning  umumiy  nazariyasi»(1936)dir  (kiskacha  

“Umumiy nazariya» deb ataladi). 

 Keyns ta’limotining xususiyatlari: 

1.  Bozor  munosabatlarining  mavjud  tizimi  o‘z-o‘zini  avtomatik  tarzda 

tartibga sola olmasligi asos qilinib olinganligi. 

2.  Iqtisodiyotning  o‘sishi  va  eng  yukori  ish  bilan  bandlikni  ta’minlash 

davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi zarurligi («Aralash iqtisodiyot» otasi). 

3.  Iqtisodiy  xodisalar  taxlilini  makroiqtisodiy  jixatdan  (xususiy  milliy 

daromad va jamgarish o‘rtasida bog‘liqlik va nisbatlarni) tadqiq etish zarurligi. 

4.  Bandlik  nazariyasi  kuyidagilarga  asoslanadi:  bandlik  ortishi  tufayli, 

milliy  daromad,  ayni  paytda  istemol  ham  ortadi,  ammo  daromad  istemolga 

nisbatan  sekinrok  ortadi,  odatda  insonlarning  psixologik  «qonuni»dan  kelib 

chikib, ularda jamgarishga moillik kuchayadi. Investitsiyaga imkon tugiladi va 



     

64 


yangi  korxona,ish  joylari  paydo  bo‘ladi,bu  esa  iqtisodiyotni  yanada 

rivojlantiradi.  Oqibatda  "Samarali  talab"  kamayadi.  Bu  ishlab  chiqarish 

xajmiga va bandlikka ta’sir etadi. 

5.  Foiz  pul  karzi  (kredit)uchun  beriladigan  qonuniy  xak  deb  xisoblanadi. 

Foizning  miqdori  "Likvidlik  afzalligi"  (likvidlik  -  pulga  tez  aylana  olish, 

kadrlilik)ga  to‘g‘ri  va  muomiladagi  pul  miqdoriga  teskari  proporsionaldir. 

Investitsiyalarning  umumiy  xajmi  bandlik  xajmini  belgilashda  xal  qiluvchi 

rolni  uynaydi.  Yangi  investitsiyalar  tufayli  bandlikning  usuvchi  qo‘shimcha 

bandlikni  vujudga  keltiradi.  Qo‘shimcha  bandlikning  o‘sish  koeffitsienti 

multipliqator  deb  ataladi.  U  bir  tomondan  investitsiya  o‘sishini,  ikkinchi 

tomondan    bandlik  va  daromadlarning  o‘sishi  o‘rtasidagi  nisbatni  ko‘rsatadi. 

Multipliqator  kuyilgan  investitsiya  qancha  foyda  berish  koeffitsientidir.  Usha 

davrdagi  AQSh  multiplikatori  2,5ga  teng  bo‘lgan,  ya’ni  1dollar  investitsiya 

2,5dollar foyda keltirgan. 

Keyns  g‘oyalarning  davomchilarini,  ya’ni  keynschilarni  uch  oqimga 

ajratish  mumkin.  1.  Ung  va  uta  reaksion  oqim,  agressiv  monopolistlarning 

manfaatini  ximoya  qilgan.  Qurollanish  iqtisodiyotini  fashistik  yo‘l  bilan 

tartibga solishni qo‘llaydi. Keyns kitoblari nemis tiliga darxol tarjima qilindi va 

Germaniya  fashistlari  tomonidan  foydalanilgan.  Fransiyada  ham  tartibga 

solinadigan  kapitalizm  tarafdorlari  bo‘lib,  ular  o‘z  nazariyalarini  "Dirijizm" 

deb ataganlar. 

2. Liberal oqim tarafdorlari monopoliya manfaatlarini ximoya etadi, ammo 

kurollanishni inkor etadi. 

3. So‘l keynschilik oqimi tarafdorlari milliy daromadni to‘g‘ri taksimlash 

g‘oyasi bilan talab darajasiga samarali ta’sir etishga intiladi. Ingliz iqtisodchisi 

J.Robinson xonim kapital jamgarilishi (1956) kitobida bu g‘oya ifoda etilgan. 

Uningcha mexnat unumdorligining o‘sishi bilan ish xaqining oshuvi yaratilgan 

maxsulotlarni  realizatsiya  qilishga  yordam  beradi  va  texnika  tarakkiyoyati 

ragbatlantiradi. Bunda kasaba uyushmalarining roli katta bo‘lishi kerak. 

Keyns  g‘oyalarining  xozirgi  davrda  rivojlantirilishi  yangicha  keynschilik 

deb ataladi.  Yangi keynschilik  ikki oqimga bo‘linadi: 

1. Amerikaliklar oqimi (A.X.Xansen (1887-1975) va Xarris); 

2. Yevropaliklar oqimi (F.Perru, G.Ardon, P.Mendes - Frans). 

Birinchi  oqim  tarafdorlari  ortodaksol  keynschilik  deb  ham  ataladi.  Keyns 

koidalari  to‘laligicha  qabul  qilinib,  xansen  tomonidan  stagnatsiya  nazariyasi 

bilan tuldirildi. 

Xansen  kapitalizm  qiyinchiliklari  uning  ichki  qarama-qarshiliklaridan 

emas,  balki  "Tashki  impuls"larning  susayganligidan  deb  biladi.  Davlat 

xarajatlarini o‘stirish va kondirish uchun ish xaqidan olinadigan soliqlarni 25-

30% emas balki 60% gacha oshirish taklif etiladi. Ular multipliqator prinsipini 




     

65 


akseleratsiya  prinsipi  bilan  tuldirdilar.  Akselator  investitsiya  o‘sishining 

daromad  o‘sishiga,  ya’ni  investitsiyadan  keyingi  va  undan  oldingi 

daromadlarning  farqlari  nisbati  bilan  aniklanadi.  Multipliqator  va  akselerator  

g‘oyalariga asoslanib, iqtisodiyotning o‘zluksiz o‘sish sxemasi ishlab chiqildi. 

Uning  asosida  davlat  kapitali  kuyilmalari  yotadi.  Iqtisodiyot  o‘sishi  davrida 

davlat xarajatlarini cheklash(kamaytirish), inkrozlar davrida esa uni oshirish va 

shu yo‘l bilan xususiy xarajatlarni kompensatsiyalash taklif etiladi.  

Evropacha oqim Fransiyada shuxrat kozondi. Keyns g‘oyalarini G.Ardon, 

P. Mendes - Frans kabilar to‘laligicha qabul qilsa, F.Perru osuda fazoni tartibga 

solishni samarasiz deb xisobladi. 

Bu oqim tarafdorlari iqtisodiyotni rejalashtirishni taklif etadilar. Imperativ 

(direktiv  xarakterda  Sobik  SSSRdagi  kabi)  va  indikativ  (xozir  ko‘p  davlatlar 

qo‘llaydigan)    rejalashtirish  ajratiladi.  Keyns  uslubi  iqtisodiy  inkrozlarning 

(1948-49,  1953-54,  1960-61,  1967-68,  1969-71,1974-75,  1981-82)  oldini  ola 

bilmadi. 

Yangi keynschilik urniga postkeynschilik keldi, bo‘lar: ingliz iqtisodchilari 

J.  Robinson,  N.Koldor,  P.Sraffa,  Amerikalik  olimlar  A.Eyxner,  S.  Vayntraub. 

Ular kapitalistik  tizimning ichki turgunlik konsepsiyasini taklif qildilar.  

Ular  keyns  ta’limotini  dinamik,  xarakatchan  nazariya  deb  qaraydilar. 

"Yukori  naf",  ishlab  chiqarish  omillarining  eng  yukori  unumi  nazariyalarini 

tankid  qilish  xarakterlidir.  Ijtimoiy  institutlar  roli  ham  kiritilgan.  Bu  ta’limda 

o‘sish va taksimot muammolari markaziy o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarish va 

o‘sish  sur’atlari  milliy  daromadning  taksimotiga  bog‘liq,  daromad  va  uning 

o‘sishi  esa,  jamgarma,  umumiy  jamgarma  esa,  ish  xaqi  va  foydadan 

jamgarilgan jami summaga teng bo‘ladi. 

Postkeynschilar  kapitalistik  iqtisodiyotni  tartibga  solish  mexanizmini 

yanada takomillashtirish tarafdorlari bo‘lganlar. 

4.Yangi klassik (neoklassik) yo‘nalish. 

Marjinalizm  iqtisodiy  ta’limotning  navbatdagi  boskichi  yangi  klassik 

yo‘nalish  bo‘lib,  uning  shakllanishi  ingliz  alfred  Marshall  nomi  bilan  bog‘liq 

(yukorida  berilgan),  shu  yo‘nalish  tarafdorlari  ichida  Amerikalik  J.B.Klark, 

Italiyalik  V.Pareto  g‘oyalarini  ko‘rsatish  mumkin.  Bu  olimlarda  ekonometrik 

usullar yetakchidir. Yukorida dastlabki ikki olim xaqida fikr bildirgan bo‘lsak, 

bu  yerda  Vilfredo  Pareto(1848-1923)ning  iqtisodiy  g‘oyalarini  taxlil  etamiz. 

Uning  asosiy  asoslari:  «Siyosiy  iqtisod  kursi»  (1898),  «Siyosiy  iqtisod 

ta’limoti»  (1906)  va  «Umumiy  sotsialogiya  bo‘yicha  traktat»  (1916).U 

L.Valras bilan (1982 yildan) birga Lozane universitetida ishlay boshladi. Uning 

asosiy xizmati shuki, u asosiy marjinalistik tushuncha «Foydalilik» («naf») ni 

miqdoriy ulchashniig yangi usulini taklif etdi, u «Ijtimoiy maksimal foydalilik» 

yoki «Pareto optimumi»ni muomalaga kiritdi. Bu tushuncha xatto bu odamning 




     

66 


turmush darajasi yaxshilanishi barchaning turmush darajasi ortishi uchun yoki 

jilla  bo‘lmasa  yomonlashmasligi  mumkinligini  xisoblash  imkonini  beradi.  Bu 

konsepsiya  foyda  (foydalilik)  ni  maksimum  qilish  uchun  optimal  qaror  qabul 

qilish yo‘lini yaratadi. 

 Neoliberal  yo‘nalish  tarafdori  M.Fridmenning  monetar  konsepsiyasida 

«Ishsizlikning tabiiy normasi» sharoitida pul miqdorini 3-4% oshirish iqtisodiy 

o‘sishga olib kelishi taxlil etildi. Keynschilik urniga (1970) kelgan bu yo‘nalish 

Buyuk  Britaniya  (Tebcher),  AQSh  (Reygan),  Chili  va  boshqa  mamlakatlar 

rivojiga ijobiy ta’sir etdi. Xozirgi davrda jaxonda neoklassik yo‘nalish iqtisodiy 

fikrlashda yetakchi, ammo davlat roli ham tan oladi. 

Keyingi davrlarda  «Neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, uning 

muallifi P.Ssamuelson(1915) jaxonga «Ekonomika» darsligi bilan mashxur. Bu 

kitob  1948y.  Yozildi  va  15  martda  qayta  nashr  etilgan.  Bu  asar  uchun  unga 

1970y.  Nobel  mukofoti  laureati  unvoni  berilgan.  Bu  asarda  asosiy  e’tibor 

ommaviy  ishsizlik  va  inflyasiyani  yengish  masalalariga  qaratilgan.  Bu 

qarashlarda  xozirgi  yangi  keynschilik  va  neoliberal  g‘oyalarning  bir-biriga 

ta’siri  (sintezi)  ni  ko‘rish  mumkin.  Umuman,  xozirgi  davrda  barcha  iqtisodiy 

g‘oyalar  o‘rtasida  (toboro  yaqinlashuv  va  bir-biriga  ta’siri)  aralash  g‘oyalar 

kuzatilmoqda.     


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish