«sanoat marketingi» kafedrasi


  Angliya  va  Fransiyada  ilk  klassik  iqtisodiy  maktabning



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/63
Sana14.08.2021
Hajmi0,62 Mb.
#147978
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
Bog'liq
iqtisodiy bilimlar tarixi

2.  Angliya  va  Fransiyada  ilk  klassik  iqtisodiy  maktabning 

shakllanishi. 

A) V. Pettining iqtisodiy bilimlari; 

B) P.Buagilberning iqtisodiy g‘oyalari. 

XVII-XVIII  asrlarda  qulay  ijtimoy  iqtisodiy  sharoitlarda  dastlab 

Angliyada klassik  iqtisodiy  maktab kurtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu yangi 

iqtisodiy g‘oyalar V.Petti nomi bilan bog‘liq (burjua inqilobi, manufaktura va 

savdoning  rivojlanganligi,  agrar  isloxat,  dexqonlarning  chegaralanishi, 

mustamlakachilik  siyosati,  qulay  tarixiy-tabiiy  va  geografik  hamda  iqlimiy 

sharoitlar tufayli). 

Klassik  iqtisodiy  maktabning  shakllanishi  avvalgi  g‘oya  merkantilizdan 

prinsipial  farq  qiladi,  agar  merkantilizmda  boylikning  asosi  muomala  sohasi 

(javoxir,  oltin,  kumush,  pul,  savdosi)  da  vujudga  keladi  deb  qaralgan  bo‘lsa, 

endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga keladi deb isbotlab berildi. 

V.Petti  yangi  kapitalistik  jamiyatni,  erkin  tadbirkorlikni,  kapitalistlarni 

ximoya qildi. Xususiy mulkni "Mukaddas" va "Daxlsiz" deb  bildi. U iqtisodiy 

tadqiqotda  tabiiy  fanlarn  ya’ni  abstrakt  usullarni  qo‘llab,  xar  bir  masalaning 

ichki bog‘liqligiga asosiy e’tiborni qaratdi.  

Matematik va statistik usullardan keng foydalaniladi.  

V.Petti «Tabiiy baxo», «(qiymat)», «Siyosiy baxo» tushunchalarini kiritdi, 

tovar qiymatining unga sarflangan mexnat  miqdori bilan ulchanishi g‘oyasiga, 

ya’ni qiymatning mexnat nazariyasiga asos soldi. 

"Mexnat  boylikning  otasi,  yer  esa  uning  onasidir"  degan  fikrni  bildirdi. 

Qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushungan. 

Ish xaqini ishchilarga  tirikchilik uchun zarur bo‘lgan jismoniy  minimum, 

ya’ni "Yashash, mexnat qilish va ko‘paytirish" uchun kerakli darajada to‘lansa, 

bas, degan g‘oyani ilgari surdi. 

Kapitalistlarning  foydasini  imkoni  boricha  oshirishni,  ishchilarni  soliq 

to‘lashlarini zarur deb bildi. 

Pulning  roli  va  uning  mamlakatdagi  miqdori  masalalarini  asosan  to‘g‘ri 

xal  etdi,  ya’ni  pul  miqdori  ishlab  chiqarilgan  maxsulot  miqdoriga  to‘g‘ri, 

pulning  aylanish  aborotiga  esa  teskari  proporsionalligini  anikladi.  Pulning 

meyorida bo‘lishini qo‘llab quvvatladi. Yer va renta masalalarini ancha puxta 

ishlab chikdi. Ish xaqi va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (er 

baxosini to‘g‘ri xal etmadi). 




     

14 


Petti  "Siyosiy  arifmetika"  va  boshqa  asarlarida  statistika,  anikrogi 

demografik statistika faniga asos soldi (axoli boyligi asosiy masalasini to‘g‘ri 

kuydi). Milliy daromad masalasini kuydi va uni qisman xal etdi. 

Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vaqili p.buagilber ham 

muxim g‘oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat axvoli angliyanikidan ancha katta 

farq  qiladi.      Shu  sababli  iqtisodiy  qarashlarda  o‘ziga  xoslik  seziladi.    Agar  

V.Petti  ko‘proq  sanoat  va  savdoni  qullagan  bo‘lsa,  buagilber  asosan  qishloq 

xo‘jaligi sohasini tadqiq etdi va o‘zining muxim xulosalarini chiqardi.  

Qiymatni aynan iste’mol qiymati shaklida tushindi.  

"Proporsional  baxolar"  tarafdori  edi,  erkin  tadbirkorlik,  raqobat  va  erkin 

baxolarni qulladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inkrozini to‘g‘ri tushuntirib  berdi.  

Pulga  salbiy  munosabatda  bo‘ldi,  oltin  va  kumushlarni  yovyzlik  sababi  deb 

bildi. Noto‘g‘ri ravishda faqat qishloq xo‘jaligini qo‘llab quvvatladi, sanoat va 

savdoga  kam  e’tibor  berdi.  Buagilberning  iqtisodiy  isloxotlari  bo‘yicha 

takliflari o‘z davri uchun nixoyatda ahamiyatlidir.  


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish