Sanoat mahsulotlarining material va energiya sarfini kamaytirish yo‘nalishlari reja: Kirish


Respublikada tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash



Download 262 Kb.
bet5/6
Sana30.03.2023
Hajmi262 Kb.
#923184
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SANOAT MAHSULOTLARINING MATERIAL VA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH

Respublikada tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash.

Gaz sanoati-mamlakat yoqilg`i-energetika sanoatining eng rivojlangan va iqtisodiyotda salmoqli tarmog`idir. Uni qazib olish va ishlatish miqdori katta tezlik bilan o`sib bormoqda. Masalan, 1990 yilda mamlakatda 40,7 mlrd. m³ gaz qazib olingan bo`lsa, 1995 yilda 48,6 mlrd. m³, 2004 yilga kelib uning hajmi 60 mlrd. m³ ga yaqinlashdi. Endilikda O`zbekiston gaz zahiralari va qazib chiqarishda dunyoning birinchi 10 mamlakati safiga kiradi. MDH mamlakatlarida esa Rossiya va Turkmanistondan keyin 3-o`rinda turadi. Gaz Respublika yoqilg`i balansining 2/3 qismiga teng.

Mamlakatimizda neft bilan yo`ldosh tarzda uchraydigan tabiiy gazni qazib olish urushdan oldin boshlangan. Neft gazidan sanoat maqsadlarida foydalanish uchun birinchi gazoprovod (15 km.) "Andijonsanoat - Andijon shahri o`rtasida 1944 yilda qurilgan. Biroq, tabiiy gazdan sanoat maqsadlarida foydalanish 1950-1960 yillarda boshlangan. Yilma-yil mamlakat gaz sanoatining geografiyasi kengayib bordi. Dastlab Farg`ona vodiysida, keyinroq Surxondaryoda, 1960 yillarda Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 1970 yillardan boshlab Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog`iston hududlaridan gazning g`oyat katta zahiralari topildi.

Ayniqsa, respublika gaz sanoatining rivojlananishi XX asrning o`rtalarida ochilgan Jarqoq va Gazli konlari katta rol o`ynadi. 1958-1960 yillarda Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent gaz quvuri qurildi. Ushbu gaz magistralining qurilishi bilan respublikamizning mazkur zonadagi sanoat markazlari, shaharlar va ko`pgina qishloqlarni gazlashirish boshlandi. 1962 yilda katta zahiraga ega bo`lgan Gazli koni ishga tushirildi. Natijada, O`zbekiston gazi shavqatsizlarcha tashib ketila boshladi. Juda qisqa muddatlada qurib bitkazilgan "Gazli-Sverdlovskiy" (Buxoro-Ural), "O`rta Osiyo-Markaz" va "Buxoro-Toshkent-Bishkek-Olmaota" gaz quvurlari orqali sobiq Ittifoqning Yevropa qismiga, Ural, Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikistonga, shuningdek, Boltiqbiyi respublikalariga har yili 50 mlrd. kubometr gaz jo`natilgan.

Mamlakatda gaz sanoati uni qazib olish hajmining o`sishi bilan rivojlanib ketdi. 1960-1970 yillarda O`zbekiston gaz sanoatida keskin o`zgarish yuz berdi. Shu yillar ichida mamlakatda gaz qazib olish 71,79 marta o`sdi (ya`ni 447 mln. kubometrdan 32 mlrd. kubometrga yetdi). Mamlakat gaz sanoati faqatgina yangi gaz konlarini topish va ishga tushirish evaziga rivojlanib bordi. 1971 yilda Ustyurtda Shaxpaxti gaz koni ishga tushirildi. 1970 yildan boshlab respublikadagi (Andijon, Farg`ona, Angren IES laridan tashqari) barcha yirik issiqlik elektr stansiyalari gaz yoqilg`isiga o`tkazildi.

1972 yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushirilib, gazni magistral gaz quvurlariga uzatishdan oldin aralashmalardan tozalash imkoniyati yaratildi. Mazkur zavod kengaytirilib, ishlab chiqarish (gazni qayta ishlash) quvvati ortib bordi. 1994 yilda uning to`rtinchi navbati ishga tushirildi. Endilikda respublika gaz qazib chiqarish sanoatini hamda tabiiy gazni va gaz kondensatini qayta ishlash bilan bog`liq ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.

Eng yirik gaz va neft konlari Janubiy-G`arbiy Hisor va Buxoro-Xiva, Ustyurt, Surxondaryo va Farg`ona mintaqalarida joylashgan. Eng yirik gaz, neft, gaz kondensat konlaridan Gazli, Muborak, Sho`rtan, Ko`kdumaloq, Qorovulbozor, Mingbuloq hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining janubi-g`arbiy qismida Sho`rtan gaz-kimyo majmuasi qurib bitkazildi. Mazkur kombinatdan oltingugurti kamroq bo`lgan tabiiy gazni energetika ehtiyojlari uchun mintaqalarga uzatish maqsadida Sho`rtan-Sirdaryo-Toshkent gaz quvuri ishga tushirilgan. Sho`rtan gaz majmuida jahonda birinchi bo`lib molekulyar elak ( g`alvir)lar qo`llanilmoqda.

Mamlakatning ko`pgina gaz konlari (98 %) oltingugurtli gazdir. Shuning uchun ham gaz kondensatini qayta ishlash bo`yicha ishlab turgan va loyihalashtirilayotgan ob`yektlarning hammasida oltingugurtli birikmalardan foydalanish nazarda tutilgan. Endilikda mamlakat yoqilg`i-energetika sanoatining gigantlariga aylangan Farg`ona neftni qayta ishlash, Muborak gazni qayta ishlash zavodlari hamda Sho`rtan gaz-kimyo majmuida yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqarilmoqda.

Shaharlar va qishloqlarni gazlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Respublikamizdagi jami xonadonlarning 70 foizdan ortig`i gazlashtirilgan. Gaz sanoatini rivojlantirishda chet el investitsiyalari jalb etilmoqda. Birgina Xo`jaobod yer osti gaz omborini qurishga 70 mln. AQSH dollari sarflandi.

Shunday qilib, mamlakatning neft va gaz mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini o`z resurslari hisobiga qondirish dolzarb masalaga aylangan va u yangi-yangi konlarni topish va ishga tushirish natijasida o`zining ijobiy yechimini topmoqda. Respublika hududida yirik holda ish olib borgan ilmiy va ishlab chiqarish tarmoqlari birlashtirilib O`zbekiston neft gaz sanoati milliy korporatsiyasi ("O`zbekneftgaz") tuzilgan. Respublikamizning bir qator viloyatlarida gaz konlari bo`lishiga qaramasdan hozirgi vaqtda tabiiy gazni qazib chiqarishda asosiy o`rinni Qashqadaryo (88 %) viloyati egallaydi. Oz miqdorda tabiiy gaz Buxoro (2 %), Farg`ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida ham qazib chiqariladi.





  1. Download 262 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish