jadval.
Mamlakat sanoatida faoliyat ko`rsatayotgan xo`jalik yurituvchi sub`yektlar tarkibi (2002 yil, foizda).
|
Davlat
|
Nodavlat
|
Mahsulot va xizmatlar hajmi
|
28,6
|
71,4
|
Sanoat ishlab chiqarish xodimlar soni
|
20,5
|
79,5
|
Islohotlarni chuqurlashtirish, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturiga muvofiq 1912 ob`yektlar mulkchilikning yangi shakllariga aylantirildi, juda ko`p qo`shma korxonalar qurildi. 2000-2002 yillar o`rtasida sanoat tarmoqlarida hisobga olingan kichik va mikrofirmalar soni 194,4 mingdan 231,9 mingga yetdi.
jadval.
Respublika sanoat tarmoqlarida asosiy mahsulot ishlab chiqarish nisbatining o`zgarishi (foizda)
Tarmoqlar
|
1994
|
1995
|
2001
|
2002
|
2004
|
Butun sanoat
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Yoqilg`i-energetika majmui
|
18,3
|
18,3
|
21,3
|
21,4
|
24,1
|
Metallurgiya
|
14,1
|
13,9
|
12,3
|
15,1
|
17,9
|
Kimyo va neft sanoati
|
4,6
|
5,2
|
6,0
|
5,7
|
5,6
|
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash
|
7,3
|
,8
|
11,2
|
9,9
|
12,0
|
Yog`ochsozlik
|
0,9
|
1,0
|
1,3
|
1,2
|
1,0
|
Qurilish materiallari sanoati
|
5,0
|
4,5
|
5,2
|
4,8
|
4,1
|
Yengil sanoat
|
19,0
|
18,6
|
20,0
|
19,8
|
19,4
|
Oziq-ovqat sanoati
|
9,7
|
9,8
|
12,6
|
14,2
|
9,6
|
Boshqa sanoat tarmoqlari
|
11,2
|
10,9
|
10,1
|
7,9
|
6,3
|
Mustaqillik yillarida sanoatning yangi, yuqori texnologiyaga ega bo`lgan tarmoqlari (avtomobilsozlik, radiotexnika, malakali kadrtalab, mashinasozlik va h.k.) vujudga keldi. Hozirgi vaqtda respublika sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq va tarmoqchalar mavjud bo`lib, ular bir necha majmualarni tashkil etadi.
Umuman, respublika sanoat tarmoqlarining hozirgi tarkibida eng katta ulushni yoqilg`i-energetika majmui (24,1 %) egallaydi (10-jadval). Undan keyin yengil sanoat 19,4, metallurgiya - 17,9, mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati 12,0 foizga teng.
2 –chizma.
O`zbekiston Respublikasi sanoatining marmoqlar tuzilishi.
1996
2004
Yoqilg`i-energetika majmui. Mamlakat yoqilg`i-energetika majmuiga-gaz, neft, ko`mir va energetika sanoatlari kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 24,1 foizga teng. O`zbekistonning g`arbiy va O`zbekiston O`rta Osiyoda samolyotlar, avtomobillar, paxta terish, ip yigiruv, to`quv mashinalari, traktorlar, ekskovatorlar, yuk ko`taruvchi kranlar, liftlar, qorametall, prokat kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yagona mamlakatdir.
janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko`mir konlarining katta zahiralariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko`mir zahiralari esa 2 milliard tonnadan ortiq. Respublikamiz neft zahiralariga ham boy. Neft, gaz va elektr energiya o`z ehtiyojlarimizni to`la ta`minlabgina qolmay, ko`p miqdorda eksport ham qilinadi. Hozir bu majmua kapital mablag` sarflash hamda chet el investitsiyalarini jalb etishning eng foydali sohalaridan biri bo`lib qoldi. Mazkur sanoat majmui ikki guruhga: yoqilg`i va elektr energetika sanoatiga bo`linadi.
Yoqilg`i sanoati - O`zbekiston og`ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, u tabiiy gaz, neft, ko`mir qazib chiqarishni va ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotni iste`molchilarga yetkazib berishni o`z ichiga oladi. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg`ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud. O`zbekiston yoqilg`i-energetika sanoatining yirik-yirik konlari va ularning zahiralari chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda o`rganilib, iqtisodiy jihatdan baholanmoqda hamda qazib olinib, qayta ishlanmoqda. Mutaxassislar baholashicha, O`zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo`lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko`rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G`arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg`ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |