2.2 Sanoat maxsulotlarini sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish
Putur yetkazmasdan tekshirish va sinash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qarori asosida tashkil qilingan. Hozirda bo‘lim Respublikadagi sanoat korxona va tashkilotlariga Putur yetkazmasdan tekshirish va sinash sohasi bo‘yicha ilmiy metodik ko‘maklashib kelmoqda. Bo‘lim ilmiy metodik ko‘maklashishda maxsulotlarni sinash usuliyatlarini ishlab chiqish, metrologik ekspertizadan o‘tkazish va attestatlash ishlarini O‛z DSt 20.501:2008 “Mahsulotni sinash tizimi. Mahsulotni sinash usuliyatlari. Ishlab chiqish, attestatlash, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi” to‘g‘risidagi davlat standartiga muvofiq amalga oshirib kelmoqda.
(1-rasm) nazorat qilish jarayoni
Oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining xavfsizligiga, bugungi kunda, butun dunyoda katta ahamiyat berilmoqda. Oziq-ovqat, shu jumladan o‘simlik va hayvonlardan olinadigan mahsulotlar iste’molga ruxsat beradigan, belgilangan qoida va me’yorlarga javob berishi lozim.
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti – mahsulot sifatlarini belgilangan texnik va Davlat standartlari talablariga javob beradigan maxsus testlar orqali baholaydigan mutaxassis. Uning vazifasiga bioximik testlar o‘tkazish va qishloq–xo‘jalik mahsulotlarining sifatini bioximik ko‘rsatkichlarga asosan baholash; mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash usullarini aniqlash kiradi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi xomashyosi va mahsulotlarining xavfsizligi, sifatini baholoash hamda ularni saqlash, qayta ishlashning Davlat standartlari, texnik talablar, shuningdek, me’yoriy hujjatlarga to‘liq javob berishini ham boshqaradi. Bu hali hammasi emas, bu soha egalaridan o‘lchash va nazorat qilish vositalaridan foydalanish, o‘lchov-eksperimentlarni amalga oshirish, o‘lchov natijalarining aniqlik,darajasinibaholash ham talab etiladi. Eksperimentlarning natijalariga statistik ishlov berish, korxonadagi xizmat va mahsulot sifatiga qo‘yilgan talablarni nazorat qilish ham ularning zimmasida.
Sifat menejerlarining asosiy vazifalariga mahsulotning yaroqsizlik darajasini va uning sabablarini aniqlash, ularning oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha choralarni belgilay olish ham kiradi. Bu kasb egalarining xizmat vakolatlari juda keng, ya’ni ular sertifikatlangan mahsulotlar va jarayonlarni nazorat qilishga oid tekshirishlarda ham, o‘lchov vositalarini metrologik nazorat qilishda, attestatsiyadan o‘tkazishda, kalibrlash da, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda ham bevosita ishtirok etishadi. Va nihoyat, ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulotni sertifikatlash bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarini tekshirishadi va baholashadi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qayta ishlash va konservalashtirish – etakchi daromad manbalaridan biri. Bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Axir, meva sabzavot, poliz ekinlari diyorimizda to‘lib-toshib yotibdi. Ularni qayta ishlash, konservalash ham zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida amalga oshirilmoqda. Bunday texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish uchun, albatta, Davlat standarti talablarini yaxshi bilish kerak. Sizda insonlarni sifatli oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash istagi kuchli bo‘lsa hamda ushbu sohaning eng yaxshi mutaxassisi bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, birinchi navbatda, sohaga doir terminlarni; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslarini; qishloq xo‘jalik xomashyolari hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining asosiy ko‘rsatkichlarini; ularga qo‘yilgan sanitar-gigienik talablarni; ishlab chiqarish texnologiyasi asoslarini; qishloq xo‘jalik mahsulotlarining iste’mol talablari va sifat xarakteristikalarini; huquqiy-me’yoriy hujjatlar, Davlat va xalqaro standartlar talablarini; mahsulotdan sinash uchun namuna olish usullarini; o‘lchov va etalonlarning fizik asoslarini; sifatni boshqarish asoslarini; faoliyatga doir dasturiy ta’minotni puxta o‘zlashtirgan bo‘lishingiz shart.
Ha, bir qarashda ancha murakkab vazifalarni bajarishga to‘g‘ri keladi, lekin har bir xonadonga sifatli mahsulotlar kirib borishiga hissa qo‘shish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. SHunday ekan, ikkilanishga hojat yo‘q, bo‘lg‘usi sifat menejerlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |