Umumiy qism
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sifatini baxolash
Mahsulotlarni yaratishda, ishlab chiqarish, qabul qilish va topshirishda, realizatsiya qilishda mukammal sinovdan o‘tkazish uning iste’molchiga sifatli tarzda yetkazib berilishiga xizmat qiladi. Mazkur jarayonda sifat nazoratini amalga oshiruvchi mas’ul tashkilotlar hamda sinov laboratoriyalarining o‘rni muhim.
Poytaxtimizda “O‘zstandart” agentligi tizimidagi “O‘zbekiston ilmiy-sinov sifat nazorati markazi” davlat unitar korxonasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mahsulotlarning sifat nazoratini amalga oshirish ishlari, sinov laboratoriyalari faoliyati, ularni yanada rivojlantirish istiqbollari xususida ma’lumotlar berildi. “UzTest” davlat unitar korxonasi o‘z faoliyati davomida laboratoriyalarnimodernizatsiya qilish, sinov bazasini doimiy yangilash, zamonaviy uskunalar yordamida xalqaro standartlar bo‘yicha sinov uslublarini o‘zlashtirish, mahsulotlar sifatini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlash kabi bir qator vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.
Ayni paytda respublikamizda “UzTest” DUK tarkibiga kiruvchi 16 ta hududiy filial, 32 ta sinov laboratoriyasi, 6 ta sertifikatlashtirish idorasi, mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurolari tadbirkorlarga muvofiqlikni baholash tizimining turli tarmoqlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelmoqda, – dedi matbuot anjumanida “O‘zbekiston ilmiy-sinov sifat nazorati markazi” davlat unitar korxonasi rahbari Jahongir Abduqodirov. – Korxona tizimidagi muvofiqlikni baholovchi idoralar oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish, mashinasozlik, yengil sanoat mahsulotlari, neft va kimyo, elektrotexnika va boshqa turdagi mahsulotlar bo‘yicha sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Korxona tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qator xorijiy kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Matbuot anjumanida sinov laboratoriyalarining ahamiyati, bugungi kundagi faoliyati, yo‘nalishlar bo‘yicha laboratoriyalar tashkil etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. bugungi kunda 300dan ortiq laboratoriya mavjud. Ta’kidlanganidek, sinov laboratoriyalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha xalqaro kreditlarni o‘zlashtirish uchun qator loyihalar ishlab chiqilgan. Jumladan, Jahon bankining 9,5 million dollarlik imtiyozli krediti hisobiga jami 8 ta qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizatsiya qilinadi. Chexiyaning “UniCreditbank”idan olingan 4,2 million dollar kredit evaziga texnik vositalarning elektromagnit moslashuvchanligini aniqlash laboratoriyasi tashkil etiladi. “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” va “O‘zmetkombinat” AJ mablag‘lari hisobiga 3 ta metallurgiya mahsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizatsiya qilinadi. Bundan tashqari, mahsulotlar sinovlarini amalga oshirish, viloyat markazlaridan olis tumanlarda mahsulotlar namunasini qabul qilish va laboratoriyalarga yetkazish yuzasidan logistika xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
bugungi kunda sinov laboratoriyalarida ekspress metodlar joriy etilgan. Bu esa tadbirkorlarning vaqti va mablag‘i tejalishiga, sinovlar ishonchliligi ortishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida sinash, dunyo bozoriga eksport qilish imkoniyatini yaratadi.
Matbuot anjumanida qayd etilganidek, bugungi kunda 78 ta sertifikatlashtirish markazi faoliyat olib bormoqda. O‘tgan 2020 yilda 140 mingta sertifikat berilgan. Sinov laboratoriyalari va sertifikatlashtirish markazlarining samarali faoliyati, sifat nazoratining oqilona yo‘lga qo‘yilishi mahsulotlar sifatini oshirishga, raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Qolaversa, mahsulotlarning eksport salohiyati ortadi, ichki bozor sifatsiz mahsulotlardan himoya qilinadi.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari ichki bozorda sifatsiz mahsulotlar aniqlanayotgani, bunday mahsulotlar iste’molchilarga yetib kelishining oldini olish borasida qanday choralar ko‘rilayotgani kabi qator savollar bilan murojaat qildi. Savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Sifatni nazorat qilish - har qanday bir majburiy qismni ishlab chiqarish jarayonida yoki nuqsonlarni aniqlash qaratilgan tayyor mahsulotlar va ularning ishlab chiqarishdagi sinov jarayoni. Sifatni nazorat qilish - har qanday bir majburiy qismni ishlab chiqarish jarayonida yoki nuqsonlarni aniqlash qaratilgan tayyor mahsulotlar va ularning ishlab chiqarishdagi sinov jarayoni. Sifat nazorati texnikasi test materiallari va xom ashyo bilan boshlangan va tayyor mahsulot xususiyatlari muvofiqligini nazorat bilan tugaydigan, ishlab chiqarish barcha bosqichlarida foydalaniladi. Bunday jarayon tayyor individual qismlari mahsulotni sinovdan o'z ichiga oladi.
Mahsulot sifat nazorati usullari:
1. Gistogramma usuli - axborot ishlab chiqarishda foydalanish uchun mo'ljallangan qayta ishlash, shuningdek, jarayonning imkoniyatlarni kashf qilish uchun ishonchli ma'lumotlarga asoslangan vositasi.
2. Delaminasyon usuli. Bu muayyan ma'lumotlar olish uchun va nedensel munosabatlarni o'rnatish uchun ishlatiladi.
3. nazorat chartlarining usuli. Bunday nazorat ro'yxatlari vaqt jarayonida ustidan ko'rsatkichlar o'zgarishlarni aks ettiradi. Ular quyi va yuqori chegarasi doirasida yotadi majburiy tarqatish turlarini, unutmang. Bu usul u jarayoni bilan alohida ko'rsatkich bo'yicha parametrlarini uzoqlasha boshladi juda tez kuzatib beradi. maqsadi - amalga oshiruvchi profilaktika chora-tadbirlarini va tayyor mahsulot nikohni oldini olish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |