Xulosalar
―O‘sish‖ – korxona o‘lchamining oshishi va ishlab chiqarish hajmining
kengayishini ifodalaydi. Xususan, ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, sotuv
hajmining o‘zgarishi.
Rivojlanish esa birinchi navbatda xo‘jalik tizimining sifat jihatidan o‘zgarish
va yangilanishi, barcha bo‘limlarda texnika, texnologiyalarni, ishlab chiqarish va
mehnatni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishni ko‘zda
tutadi.
Mazmuniga ko‘ra strategiya korxona va uning tashqi muhitdagi asosiy
bazaviy jarayonlarni, iqtisodiy salohiyatini oshirish, imkoniyatlarni ko‘zda tutadi.
Uzoq muddatli rejada firmaning umumiy strategiyasi aks ettiriladi,
kelgusidagi modeli yoritiladi. Firmaning rivojlanish yagona strategiyasi sifatida
struktura, tizim, xodimlar, qobiliyatlar birligi, umumiy qadriyatlar kabi muhim
ijtimoiy iqtisodiy omillarning o‘zaro ta‘sir mexanizmini ifodalaydi.
Strategik rejalar asosiy 2 turga ajratiladi: hujumkor va himoyalanuvchi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Korxona strategyasi bu-?
2.
Strategyani shakillantirishdagi tamoyillar?
3.
Missiya va maqsadni farqli jihatlari?
4.
Strategyani qanday turlari ajratiladi?
5.
Iqtisodiy tizimlarni rivojlantirishning qanday kontseptsiyalari?
6.
Iqtisodiy o‘sish qanday shakillarda amalga oshiriladi?
7.
Diversifikatsiyalash nima?
8.
Korxonada strategik yechimlar nimalarda namoyon bo‘ladi?
9.
Strategiyani shakillantirish tamoyillarini ayting?
10.
Strategiyani ishlab chiqish bosqichlarini ayting?
Testlar:
1.Rejalashtirishning qanday umumiy klassik printsiplari mavjud?
a) z;aruriylik, komplekslilik, uzluksizlik, o'zgaruvchanlik, aniqlilik
b) tizimlik, birlik, uzluksizlik, o'zgaruvchanlik, aniqlilik;
c) zaruriylik, optimallik, birlik, uzluksizlik, o'zgaruvchanlik;
d) zaruriylik, yagonalik, uzluksizlik, o'zgaruvchanlik, aniqlik.
2.«Biznes- reja» nima?
a) tadbirkorlik faoliyatining barcha asosiy tomonlari ifodalanadigan xujjat;
b) raqobatchilar moliyaviy xolatini ifodalaydigan xujjat;
c) tovarlarni tarqatish taktikasini ifodalaydigan xujjat;
d) narxlar soxasidagi strategiyani belgilaydigan xujjat.
3. Biznes-rejaning bosh ichki maqsadi nima?
a) kelgusidagi hamkorlar va kreditorlarni ishning muvaffakiyatiga ishontirish;
b) tadbirkorlik faoliyatini boshqarish uchun asos bo'lishi;
c) moliyalashtirish strategiyasini aniqlash;
d) sotish bozorini baholash .
4.Rejalashtirishning qanday umumiy klassik printsiplari mavjud?
a) zaruriylik, yagonalik, uzluksizlik, o'zgaruvchanlik, aniqlik;
b) tizimlik, birlik, uzluksizlik, o'zgaruvchanlik, aniqlilik;
c) zaruriylik, optimallik, birlik, uzluksizlik, o'zgaruvchanlik;
d) zaruriylik, komplekslilik, uzluksizlik, o'zgaruvchanlik,aniqlilik.
5. Strategik rejalashtirishning umumiy klassik printsiplari kim tomonidan
shakllantirilgan?
a) A.Fayol;
b) R.Akoff;
c) A.Marshall;
d)D.Rikardo.
6.Mahsulot diversifikatsiyasi qaysi strategiyada qo'llaniladi?
a) hujumkor va himoyalanuvchi;
b) hujumkor;
c) himoyalanuvchi;
d) likvidatsiya va hujumkor
7. Xo‘jalik subektining uning maqsadlari, faoliyat sohasi, jamiyatdagi o‘rnining
qisqacha tavsifi-
a)
vazifa;
b)
missiya;
c)
maqsad;
d)
goya.
8.Korxonaning istiqboldagi istalgan ko‘zda tutilgan holatidir.
a)
vazifa;
b)
missiya;
c)
maqsad;
d)
goya.
9. .......... -korxona va uning tashqi muhitdagi asosiy bazaviy jarayonlarni,
iqtisodiy salohiyatini oshirish, imkoniyatlarni ko‘zda tutadi.
a)
missiya;
b)
strategiya;
c)
maqsad;
d)
taktika.
10. ............– insonning fikrlash faoliyati natijasi bo‘lib, tashqi stimullar va ichki
xohish, istak, extiyoj, qiziqish qadriyatlar, ideal va emotsiyalar majmui bilan
belgilanadi.
a)
vazifa;
b)
missiya;
c)
maqsad;
d)
goya.
Do'stlaringiz bilan baham: |