XIII BOB. KORXONADA ISHLAB CHIQARISHNI TEZKOR
REJALASHTIRISH VA DISPETCHERLIK XIZMATI
Tayanch so’z va iboralar:
Tezkor
rejalashtirish,
xususiyatlari
vazifasi,
dispetcherlik
xizmati,
tarmoqlangan reja.
13.1.Tezkor (operativ) rejalashtirish xususiyatlari, vazifasi
.
Tezkor rejalashtirish ichki rejalashtirishning yakunlovchi bosqichi bo‘lib yillik
rivojlanish rejalarida ko‘zda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini
ta‘minlashga xizmat qiladi.
Joriy rejalashtirish belgilangan strategik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan
operativ boshqaruv qarorlari bilan uzviy bog‘langan.
Demak tezkor rejalashtirishga quyidagicha tarif berish mumkin. Tezkor
rejalashtirish deganda reja iqtisod xizmatlarining joriy faoliyatini amalga oshirish
(masalan ishlab chiqarish dasturini tuzish korxonaning kvartallik byudjetini
shakllantirish natijalarini nazorat va korrektirovka qilish tushiniladi)
Tezkor rejalarning ikki turi ajratiladi: kalendar va joriy.
Kalendar rejalarda yillik reja vazifalari ishlab chiqarish bo‘linmalari va
bajarish muddatlari bo‘yicha taqsimlanadi. Ularning yordamida sutkalik vazifalar
belgilanadi,
ishlarning
ijrochilar
tomonidan
bajarish
ketma
ketligi
muvofiqlashtiriladi.
Kalendar rejalarni ishlab chiqarish uchun boshlang‘ich ma‘lumot bo‘lib yillik
ishlab chiqarish xajmi, mehnat sig‘imi, tovarlarni bozoga yetkazish muddatlari
hisoblanadi.
Joriy rejalashtirish yoki dispecherlash ishlab chiqarish jarayonlarining borishini
tezkor nazorat qilish va tarkib solig‘ini, shuningdek mahsulot ishlab chiqarilgan va
turli resurslar sarfini hisobga olishni ko‘zda tutadi.
Qo‘llash soxasiga ko‘ra tezkor rejalashtirish sexlar aro va sex ichidagi rejalarga
bo‘linadi.
Sexlar aro rejalashtirish korxona sexlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish
va sotish rejasining bajarilishining nazorat qilish, asosiy va yordamchi sexlar,
funktsional xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Sex ichidagi rejalashtirsh tezkor (operativ) rejalarni ishlab chiqish,
uchastkalar, potok liniyalari va ish o‘rinlarning faoliyatini garafiklarini tuzishi
ko‘zda tutadi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda operativ rejalashtirishning turli tizimlari
qo‘llaniladi. Tezkor rejalashtirish tizimlari turlarini tanlash mahsulotga talab xajmi,
rejalashtirish xarajatlari va natijalari, ishlab chiqarish mashtabi va turi,
korxonaning tashkiliy tuzilmasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Ishlab
chiqarishda rejalashtirish tizimlaridan detalli, buyurtmali va komplekt tizimlar
keng tarqalgan.
Detalli tizim yuqori darajada tashkil etilgan va barqaror ishlab chiqarish
sharoiti uchun mo‘jallangan bo‘lib, ma‘lum unda har bir detal bo‘yicha belgilangan
reja davri uchun soat, smena, kun ishlab chiqarish faoliyati nazorat qilinadi.
Buyurtmali tizim asosan barqaror ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ushbu tizim
asosida potok tizimlari takti va ritmini aniq rejalashtirishni, texnologik, trasport,
sug‘urta zadellarini to‘g‘ri aniqlash yetadi. Shu sababdan ushbu tizimini
cheklangan doimiy nomeklaturadagi mahsulot ishlab chiqarishda qo‘llash
maqsadga muvofiq. Buyurtmali tizim yakka tartibli va kichik seriyali ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi. Ushbu xolatda rejalashtirish ob‘ekti bo‘lib, alohida
olingan buyurtma hisoblanadi. Rejalashtirishning buyurtmali tizimi ishlab
chiqarish sikli va o‘zish normativilarini hisoblashga asoslanadi.
Kompleks tizim seriyali ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Ushbu tizimda
kalendar vazifalar alohida turudagi detallar bo‘yicha emas, balki detal komplekti
yoki guruhi bo‘yicha belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |