Xulosa: - 1. Marketing inson ehtiyoji va talablarini ta’minlash va foyda olish maqsadida bozor bilan amalga oshadigan, tovarlar sotishni ta’minlash, ayirboshlashni tezlashtirishga qaratilgan faoliyatdir.
- 2. Marketing ishi maxsus marketing dasturlari orqali amalga oshiriladi, ularda xaridorlarni va raqobatchilarni o’rganish asosida tovarlar sifatini yaxshilash, tovar narxini o’zlashtirish reklama, o’tkazish, tovarlarni o’z vaqtida etkazib berish, xaridorlarga ma’qul tushadigan xizmat ko’rsatish kabi chora-tadbirlar kiradi.
- 3. Marketing faqat bozordagi talab-ehtiyojni qondirish vositasigina bo’lmay, balki ishlab chiqarish samarasining ham yuqori bo’lishiga qaratilgan. Shu sababli bozor iqtisodiyotini boshqarib turishda katta ahamiyatga ega.
- 4. Tovar-pul munosabatlari shunday bebaho xususiyatga egaki, u jamiyatni o’zini boshqarish mexanizmi bilan qurollantiradi
- 5. Korxona – bu butlovchi qurilma, uskuna, yordamchi qurilmalar, ta’minot predmetlari va ishbilarmonlar doirasining katta bozoridir.
- 6. Marketing tadqiqotlarining maqsad va mazmuni doimo va sistemali ravishda axborotlar to’plash, ularni tahlil qilish va natijalardan korxonani boshqarish jarayonida foydalanish tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |