8-rasm. Zamonaviy tijorat korxonaning strukturasi sxemasi.
Yuqoridagi sxemadan ko’rinib turibdiki, ikkita atama ushbu sxema asosida yotibdi. Bo’lar Front Office va Back Office:
Front Office tovarlarni sotish va mijozlar bilan bevosita bog’liq boshqa ishlar bilan shug’ullanadi.
Back Office (front ichkarisi-harbiy atamadan olingan) tashkilotning o’zini faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi.
Agar biz xom-ashyoni tovarga aylanishigacha bo’lgan jarayonni ma’lum tsikllarga bo’lib chiqadigan bo’lsak, aynan tovarni sotish eng murakkab tsikl hisoblanadi.
SHu bilan birga Back Office mahsulotlar ishlab chiqish, uni ishlab chiqarish, ta’minotchi va hamkorlar bilan ishlar olib boradi, qaysiki bu operatsiyalar va servisda mijozlar va buyurtmachilar bilan tuknash kelinmaydi. Mustaxkam Back Officesiz Front Office to’lakon va barqaror ishlay olmaydi. Ikkala tomonnni ham bir-biriga, turli tomonlardan, xodimlar malakasi, texnik qurollanganligi va ularning boshqa tomonlarining mutanosibligni ta’minlash makasadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |