O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida sohalarda o’zgarishlar talab qilinadi. SHu jumladan Zamonaviy ofislarni boshqarishda ham tub isloxatlarni o’tkazish maqsadga muvofikdir. Respublikamizda qurilgan va qurilayotgan ko’plab qo’shmakorxonalar eski usuldagi boshqarishni o’ziga qabul qila olmaydi. CHunki boshqarish qonunlariga binoan boshqarish tizimining darajasi va ishlab chiqarish darajasi bir-biriga mutanosib kelishi kerak. SHuning uchun ham chet eldagi firma va kompaniyalarning ofislarni boshqarishdagi ilg’or tajribalarini o’rganish zarurati tug’ilgan. Maqsad talabalarda xuddi shunday ko’nikmalarni shakllantirishdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar quyiladi. Talaba:
«Zamonaviy ofislarni boshqarish» fanining moxiyati va vazifalari. Ish yuritish va ofislarni tashkiliy texnikasining rivojlanish evolyutsiyasidagi asosiy tendentsiyalar. Zamonaviy tashkilotlarda hujjatlarning aylanishi va hujjatlar oqimlari. Boshqarishni hujjatlar bilan ta’minlanish haqida tasavvurga ega bo’lishi;
Tashkilotlarda informatsion xavfsizlik muammolarini xal qilish. Texnik vositalardan foydalangan holda hujjatlar aylanishini tashkil etish. Texnik vositalardan foydalangan holda hujjatlar aylanishini tashkil etishni bilishi va ulardan foydalana opishi;
Mehnat shartnomalarini tuzish va unda axborot xavfsizlikni ta’minlashning yuridik asoslari. Zamonaviy tashkilotlarda xavfsizlikni ta’minlash (kontent sek’yuriti). Prezentatsiya (taqdimot o’tkazish) qilish san’atini amalga oshirishni amalga oshirish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
«Zamonaviy ofislarni boshqarish» kursi ma’ruzalarida berilgan nazariy bilimlarni mustaxkamlash uchun amaliy mashg’ulotlarda holatlarni tahlil qilish, testlar, mashqlarni yechish, autotreyning mashg’ulotlarini o’tkazish tavsiya etiladi. Ayrim mashq va holatlarni turli mavzularni mustaxkamlashda ishlatish mumkin. CHunki, har qanday holatga turli tomondan yondoshish va muxokamadan o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Muxokama qilish jarayonini tashkil qilishda talabalarga yakka tartibda yoki guruhlarga bo’lingan xolda o’z fikrlarini bildirish va uni himoya qilishlariga imkon yaratiladi.
Barcha turdagi o’quv mashg’ulotlarini olib borish jarayonida namunaviy o’quv dasturida keltirilgan adabiyotlar ro’yhatidan tashqari O’zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan yangi qonunlari, mamlakatimiz Prezidenti farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, turli qoidalar hamda yo’riqnomalardan va o’tiladigan modullarga tegishli adabiyotlardan, ilg’or korxonalar tajribalaridan ham foydalanish zarurdir. «Zamonaviy ofislarni boshqarish» fanini o’qitish jarayonida muammoli ma’ruzalar, vaziyatli masalalar usullari, ishbilarmonlik o’yinlaridan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |