I. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi
“Marketing” fani bo’yicha talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini aniqlash hamda o’zlashtirish darajalarini Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi:
Joriy nazorat – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat mazkur fan xususiyatidan kelib chiqqan holda ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda quyidagicha amalga oshiriladi.
Talabaning:
mavzu bo’yicha qo’yilgan og’zaki savollarga (interfaol shaklda) bergan javobi va faolligini baholash;
olayotgan bilimi, o’rganayotgan o’quv materiallari va vazifalarini bajarib borayotganligini qayd qilish maqsadida yuritayotgan kons’ektini tekshirish;
mavzular bo’yicha mantiqiy bog’langan uy vazifasi va to’shiriqlarning bajarilganligini tekshirish;
mustaqil fikrlashga hamda analitik qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladigan yozma esse va referatlarni himoya qildirish;
testlar olish;
muammoli vaziyat (keys-stadi), o’quv loyihalari yoxud amaliy to’shiriq (masalalar)larning yechimi va taqdimotini amalga oshirish.
Oraliq nazorat – universitet o’quv jarayoni jadvaliga binoan o’tkaziladigan, fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan, ya’ni fan o’quv dasturining tegishli bo’limi tugallangandan so’ng talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. “Marketing” fani bo’yicha oraliq nazorat 2010/2011 o’quv yili semestrining 10 – haftasida o’tkaziladi. Ushbu fan bo’yicha oraliq nazorat yozma shaklda bo’lib, talabalar bilimini baholash uchun tarqatiladigan variantda uchta nazariy savol va bitta amaliy masala (to’shiriq)dan iborat bo’ladi. (Savollar fanning xususiyatidan kelib chiqib qo’yiladi. Zaruriy xollarda test usulidan ham foydalanish mumkin).
Oraliq nazorat savollari har bir yangi o’quv yili boshida kafedra ‘rofessor-o’qituvchilari tomonidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan oraliq nazorat savollari oldindan talabalarga tarqatiladi. Xususan, “Marketing” fanidan oraliq nazorat savollari “Marketing” kafedrasining 2010 yil 28 avgustdagi 1-majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartibi buzilgan xollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |