Elektron tijorat - elektron aloqa vositalari yordamida tovar va xizmatlarni sotish, reklama va marketing tizimi.
Eliminatsiya - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashlash; tovar ishlab chiqarishni to’xtatish; tovarni bozordan raqobatbardoshligi va talabni yo’qotganligi sababli olib chiqish. Mahsulotni yeliminatsiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo hajmi, bozordagi ulushi, hayotiylik davridagi o’rni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital aylanishi va boshqa ko’rsatkichlar qo’llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |