O’quv fanining dolzarbliligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Milliy makroiqtisodiy ko’rsatikichlarni xalqaro me’yorlarga moslashtirish, moliyaviy korxona, xalqaro iqtisodiy aloqalarda ekport va import qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar to’g’risida ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lish maqsadida davlat statistika va hisobot tizimini umumuslubiy asoslarini qayta ko’rib chiqish borasida mamlakatimiz hukumati tomonidan bir qancha qarorlar va qonunlar qabul qilindi. Ularni oliy ta’limning iqtisodiy yo’nalishlari bo’yicha tahsil oluvchi talabalar ongiga singdirish hozirgi kunda eng dolzarb vazifalarlardan biri hisoblanadi. Bu borada statistika fanining o’rni va ahamiyati ham alohida e’tiborga loyiqdir.
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni kengaytirish bilan birvaqtda oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bugungi kunning muhim vazifalardan biri yuo’lib qolmoqda. Bu avvalambor oliy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha Davlat ta’lim standartlaridan ko’zlangan fanlarning mazmuni va o’quv dasturini xalqaro andozalarga moslashtirib, yanada takomillashtirishni hozirgi kunning dolzarb vazifasi etib qo’ymoqda.
Barcha bozor iqtisodiyoti rivojlangan va taraqqiy eta boshlagan mamlakatlarda, ularning universitetlari va oliy maktablarida yagona statistika kursi o’qitilib kelindi va hozirgi kunda ham o’qitilmoqda. Ko’p yillar davomida sinovlardan o’tgan mazkur boy tajribani hisobga olib, universitet va institutlarimizda ham ularning yo’nalishlaridan qat’iy nazar, yagona statistika kursini o’quv jarayonlarida ko’zlash maqsadga muvofiq bo’lar edi. SHu bilan birga oliy ta’limning iqtisodiy yo’nalishlari bo’yicha talabalarda statistik tafakkur bunyod etish sohasida yurtimizda to’plangan tajribalardan voz kechish ham noto’g’ri bo’ladi. bunda statistika nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy statistika va statistika sohalariga xos masalalar ham yagona statistika kursida fan nazariyasi va uslubiyati bilan uzviy bog’langan va izchil uyg’unlashgan holda yoritilishi lozim.
Ushbu fanda “Statistika” fanining predmeti, metodi, maqsadi va vazifalari ko’rib chiqilgan bo’lib, mamlakatimizda bozor munosabatlarining yuzaga kelishi va qaror topishi bilan uyg’unlashgan holda bozor iqtisodiyotining muhim tushunchalari, kategoriyalari, tasniflari, bozor hodisalari va jarayonlari o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlar, ularning rivojlanish qonuniyatlarini statistika uslubiyati yordamida o’rganish masalalari batafsil yoritilgan.
“Statistika” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, bakalavriat barcha ta’lim yo’nalishlarining 2-kursida o’qitilishi maqsadga muvofiq. Bu dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan umumkasbiy (iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy tahlil va audit) fanlari bilan birgalikda yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |