Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Marketingni rejelashtirish uchun zarur bo’lgan hujjatlar



Download 4,75 Mb.
bet52/204
Sana05.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#743005
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   204
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Marketingni rejelashtirish uchun zarur bo’lgan hujjatlar.


  1. Marketing to’g’risidagi asosiy tushunchalar.

Marketing so’zining unlab ta’riflari mavjuddir. Keng ma’noda marketingga menejmentning falsafasi deb qarash ham umkin, unga muvofiq, iste’mlchilarning talablarini samrali qondirish orqali tashkilotning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.


Alohida korxona darajasida marketing – bu, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning manfaatlarini qondirish va mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga qaratilgan sistemadir. Ushbu vazifani quyidagi vositasida amalga oshiradi:

  1. Ishlab chiqarish mahsulotni assortimenti va hajmini rejalashtirish;

  2. Mahsulot narxini belgilash;

  3. Tanlangan bozorlar o’rtasida mahsulotlarni taqsimlash va ularni sotilishini rag’batlantirish.

Marketingning asosiy ideologlaridan biri Piter Druker so’ziga ko’ra, marketingning maqsadi - sotish hajmini ko’paytirish, iste’molchining shunday bilish va tushinish kerakki, tovar yoki xizmat haridorga shunchalik to’g’ri kelsinki, ularning o’zlarini o’zlari sotilsin.
Ushbu ta’riflarni to’la tushinib yetish uchun quyidagi tushunchalarni eslatib o’tish kerak: ehtiyoj, talab, mahsulot, qiymat, sifat, bitishuv va bozor. Marketingda bu tushunchalar o’ziga xos ma’noga egadir.
Inson hayoti uchun muxim bo’lmagan mahsulot, masalan, choy shamasini ushlab qoladigan elakchani sotish uchun samarali reklama zarur bo’lsa, insonning birlamchi ehtiyojlar: ovqatlanish, kiyim-kechak, issiq va xavfsizlik va x.k. kishi yashaydigan muxit, madaniyatga va insonn xarakteriga bog’liq bo’lgan ehtiyojning bir shaklidir. SHartli ravishda misol qiladigan bo’lsak, qorni ochganda o’zbek nonni, ukrain salani, kongolik esa banan yeyishni xoxlaydi.
Sotib olish imkoniyati bilan mustaxkamlangan xoxish talabga aylanadi. Ehtiyoj, xoxish va talabni o’rganish marketing strategiyasini yaratishning asosi hisoblanadi.
Marketing nuqtai nazaridan mahsulot – iste’molchining xoxishini qondiradigan va bozorda taklif qilinayotgan barcha ngarsalar kiradi. Mahsulotga moddiy ob’ektlar, xizmatlar, insonlar, tashkilotlar va g’oyalarni kiritish mumkin.
Inson o’z ehtiyojlarini ayriboshlash yo’li bilan qondirishga qaror qilganida marketing boshlanadi. Qiymatlar bilan ayriboshlash bitim deb ataladi.
Marketingning vazifalaridan biri – bitimlarni rag’batlantirish hisoblanadi, lekin hozirgi kunda bitimdan maksimal foyda olishda, barqaror asosda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o’rtasida sherikchilik faoliyatini yo’lga solishga harakat qilmoqda.
Marketing «bozor» tushunchasi bilan o’zviy alohida bo’ladi, bunda bozor so’zi ko’plab ma’noga ega. Atamaning birlamchi ma’nosi, sotuvchi va oluvchi tovarlarni ayriboshlaydigan joy hisoblanadi.
V. Dal lugatida – «bozor – bu shahar va kishloklarda, ochiq joylarda, ma’lum belgilangan kunlarda sotuvchi va iste’molchilarning ozik – ovqat va boshqa narsalarni sotish va sotib olish uchun yig’iladigan maydon» deb ta’rif berilgan.
Keyingi davrga kelib bozor talqini: bozor – konkret tovar yoki xizmatni sotuvchi (ta’minotchi ) va haridor(talabgor)larni bir joyga yiguvchi mexanizmdir.




  1. Download 4,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish