Sanoat korxonalarining asosiy fondlari
45
(mlrd. so‘m)
2012
2013
2014
2015
32578,6
40500,3
48259,5
55206,5
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston sanoatining asosiy fondlari
juda tez sur’atlar bilan o‘smoqda. Bu o‘sish MDH davlatlarining o‘rtacha
o‘sish sur’atlaridan anchagina tez va sifatliroqdir.
Hukumatimiz tomonidan jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy
eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash masalariga alohida e’tibor
qaratilib me’yoriy hujjatlar qabul qilingan
46
. Ushbu me’yoriy hujjatga binoan
“Korxonalarda zamonaviy va jahon darajasida muvaffaqiyatli sinovdan
44
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.132.
45
Ўзбекистон саноати. Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Статистик
тўплам. Тошкент 2016. Б.45.
46
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 22.12.2016 й.даги “Саноат тармоқлари
корхоналарининг жисмоний ишдан чиққан ва маънавий эскирган машина-ускуналарини
жадал янгилаш, шунингдек, ишлаб чиқариш харажатларини камайтиришга оид қўшимча
чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-2692-сон Қарори
174
o‘tgan texnologiyalarni ildam sur’atlar bilan o‘zlashtirish, mamlakatimiz
korxonalari
tomonidan
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotlarning
raqobatdoshligini yanada oshirish, shu asosda sanoat tarmoqlarining barqaror
rivojlanishini va eksport salohiyatining o‘sishini ta’minlash, shuningdek,
energiya
samaradorligi
va
energiya
tejamkorligi
standartlarining
iqtisodiyotga faol tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida: ...sanoat tarmoqlari
korxonalari texnologik jihozlari va texnologiyalarining texnik auditini
o‘tkazish ...va texnik audit natijalarini o‘rganish asosida 2017 — 2020 yillar
davrida sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va
ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarini zamonaviy, jahon darajasida sinovdan
o‘tganlari bilan almashtir...”
47
ish nazarda tutilgandir.
Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish maqsadida ularni guruhlarga
ajratish kerak bo‘ladi.
Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish
vazifasining turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
1.
Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va arxitektura-
qurilish obyektlari. Binolarga sexlarni ishlab chiqarish korpuslari, depolar,
garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.
2.
Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishiga zarur va
mehnat buyumlarini o‘zgarishi bilan bog‘lanmagan birorta texnik vazifalarga
belgilangan muhandis-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar,
ko‘priklar va h.k.).
3.
Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalarni uzatuvchi
uskunalar.
4.
Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan:
- energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga
mo‘ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va
gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug‘ qozonlari, havo kompressorlari);
- ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga
bevosita ta’sir o‘tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va
boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar: o‘lchov va to‘g‘rilash asbob-
uskunalari, laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar
kiritiladi.
5.
Transport vositalari.
6.
Har xil asboblar.
7.
Ishlab chiqarish inventarlari.
8.
Xo‘jalik inventarlari.
9.
Boshqa asosiy fondlar.
47
O’sha yerda
175
10-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |