172
10-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING ASOSIY FONDLARI
VA ISHHAB ChIQARISH QUVVATLARI
Tayanch atamalar va iboralar
: asosiy ishlab chiqarish fondlari, aktiv
asosiy ishlab chiqarish fondlari, passiv asosiy ishlab chiqarish fondlari,
asosiy fondlar tuzilmasi, jismoniy eskirish, ma’naviy eskirish, amortizatsiya,
amortizatsiya ajratmalari, amortizatsiya fondi, fond qaytimi, fond sig‘imi,
ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti, intensiv foydalanish koeffitsiyenti,
ishlab chiqarish quvvati.
Reja:
10.1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va
tuzilishi
10.2. Asosiy fondlarni baholash
10.3. Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
10.4. Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
10.5. Ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan foydalanishni yaxshilash
yo‘llari
10.1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati,
tarkibi va tuzilishi
Mamlakatning
qudrati,
iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlanishi,
jamiyat
a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish shu
mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va
sifati bilan belgilanadi. Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari,
korxona (firma)lari qanchalik ko‘p resurslarga ega bo‘lsa, u shunchalik
qudratli va rivojlangan bo‘ladi. Agar u ana shu resurslardan to‘la-to‘kis,
oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga aylanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o‘rni
bor. Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish va mahsulot
ishlab chiqarish mumkin emas. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish
jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson
mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi
materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, elektr quvvati, ta’mirlash
uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi. Mehnat vositalariga mashina va
mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar,
kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi.
Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida
ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish
jarayonida qatnashish roliga ko‘ra asosiy va Aylanma fondlarga ajratiladi.
Mehnat qurollari asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni
tashkil etadi.
173
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq
davr bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda
ishtirok etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o‘z qiymatini
tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekin, o‘tkazib boradigan mehnat
vositalariga aytiladi
44
. Ular ish bajarishda, xizmat ko‘rsatishda va mahsulot
ishlab chiqarishda qatnashadilar. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish
uchun sharoit yaratadilar. Mehnat buyumlari va tayyor mahsulotlarni saqlash
va ularni bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa tashish kabi ishlarni bajarish uchun
xizmat qiladilar.
Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko‘ra ishlab chiqarishda
bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ishlab chiqarish jarayonida
qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi.
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy
boyliklar yaratishda ishtirok etishga qaratilgan bo‘lsa, ishlab chiqarishda
qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va
madaniy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.
Sanoatning asosiy fondlari mamlakat milliy boyligining muhim
qismini tashkil etib, bu ko‘rsatkich mustaqillik yillarida yildan yilga oshib
bormoqda. 1995-2015 yillar mobaynida sanoatning asosiy fondlari 576 marta
o‘sdi. O‘zbekiston Respublikasi sanoatining jami asosiy ishlab chiqarish
fondlari qiymatining dinamikasini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.
9- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |